O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 0,83 Mb.
bet8/10
Sana28.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#715129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-97 Xasanov Abdullajon

Elektron tarzdagi shartnoma









































































































































































































































































































Elektron Hisob Faktura



Elektron tarzda imzolangan hujjatlar uchun QR asos bo`ladi ya`ni muhr shart emas. Elektron hujjatlar 10 kalendar kuni ichida imzolanmasa yoki, rad etilmasa, avtomatik imzolangan bo`ladi.

  1. Soliq va yig`imlar, sug`urta va maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish, unda qo`llaniladigan dastlabki hujjatlar bilan tanishish va ularni to`ldirishni o`rganish

Korxona hisob siyosatiga binoan aylanmadan soliqto`lovchi kichik korxona bo`lib, quydagi soliqlar to`lovchisi hisoblanadi:



    • Jismoniy shaxslar daromad solig`i va ijtimoiy soliq

    • Yuridik shaxs suvsolig`i

    • Aylanmadan olinadigan soliq

    • Buxgalteriya balansi

    • Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot.

O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining yangi tahririga asosan

    • Jismoniy shaxslar daromad solig`i va ijtimoiy soliq hisoboti, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar har oy topshiriladi;

    • Aylanmadan olinadigan soliq hisobot daavri choragidan keyingi chorakning birinchi oyning 15-sanasiga qadar har chorak topshiriladi;

    • Suv solig`i hisobot yili uchun, hisobot yilidan keyingi yilning 25-fevralga qadar yilda birmarta;

    • buxgalteriya balansi va yillik yakuniy moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot yil yakunlari bo`yicha hisobot yilidan keyingi yilning 17 fevraliga qadar yilda bir marotaba topshiriladi.




Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti shakli (Yarim yillik, 2021)


Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti shakli (Yarim yillik, 2021)

Jismoniy shaxslar daromad solig`i va ijtimoiy soliq hisoboti

  1. KREDIT VA QARZLARNI HISOBGA OLISH, UNDA QO`LLANILADIGAN DASTLABKI HUJJATLAR BILAN TANISHISHVA ULARNI TO`LDIRISHNI O`RGANISH

Amaliyot o`tagan korxonam o`z faoliyatini 100% xususiy kapitali o`zining mulklaridan shakllangan bo`lib, bankdan hech qanday kredit olishmagan. Ammo korxonadagi amaliyot rahbarim menga kredit olishda kerak bo`ladigan hujjatlar va kredit olish tartibi to`g`risida o`z bilganlarini o`rgatdi.
(“Kapitalbank” misolida) Kredit olish asosan 5 qadamdan iborat bo`lib, ular quyidagilar:
1-Maslahat. Joylashuviga qarab korxona uchun qulay Bank filiali tanlanadi va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib olinadi. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi kreditni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxat bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo'yicha maslahatlar va barcha savollarga javob beradi.
2-Hujjatlarni to'plash va kredit uchun arizani rasmiylashtirish.
Zarur hujjatlarning to'liq paketi to'planadi. Uchrashuvda Bank mutaxassisi bilan kreditni olish uchun keredit arizasi to'ldiriladi va unga zarur hujjatlarning to'liq paketi beriladi. Bank mutaxassisi kredit arizasini ro'yxatga oladi va kredit arizasi ro'yxatdan o'tkazilganini, taqdim etilgan paket esa belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi ma'lumotnomani beradi.
3-Bank tomonidan belgilangan tartibda kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish. Bankka Aylanma kapital uchun kredit arizasining barcha zarur hujjatlar paketi ilova qilingan holda kelib tushgan kundan boshlab Bank tomonidan kredit arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror sanasi o'rtasidagi muddat O'zR qonunchiligida belgilangan muddatdan oshmaydi. Kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish muddati Siz taqdim etan hujjatlar to'plamining to'liqligiga bog'liq. Bank mutaxassisiga ta'minot sifatida taklif etilayotgan korxona va mulkni ko'rsatiladi.
4-Kredit shartnomasini tuzish va ta'minotni rasmiylashtirish. Bank ijobiy qaror chiqargan holatda kredit shartnomasini imzolaydi va belgilangan tartibda kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtiradi.
5-Kreditni olish. Kredit alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan korxonaning to'lovlarini naqdsiz pul bilan o'tkazish orqali beriladi.



  1. CHORAKLIK VA YILLIK HISOBOTLARNI TUZISH

Hisobotlar memorial order shaklidan foydalanilgan holda provodkalarni guruhlarga bo`lib, hisobot shakllantirilishga asoslangan.
Provodkalar quyidagicha guruhlanar ekan:
1-Provodka. Kassa hisoboti

Hisobot ortidan kirim va chiqim kassa orderi, kitobi, kvitansiya va boshqa hujjatlar ilova qilinib tikiladi


2-Provodka. Bank hisoboti

Avval memorial order, song bank vipiskasi va jurnal order shakli ilova qilib tikiladi.




3-Provodka. Mehnatga haq to`lash hisoboti

Avval memorial order shakli, so`ng esa reestr hamda jurnal order shakli ilova qilib tikiladi.





Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish