251
15.4-jadval
Tibbiyot muassasasining moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„armasi
mablag„larini sarflash yo„nalishlari
Tibbiyot
muassasal
ari
guruhlari
Moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„armasining mablag„larini sarflash
yo„nalishlari
moddiy
rag„batlantiris
hga
moddiy-texnikabazasinimustahkamlash,
muassasanimodernizatsiyaqilishvata‟mirlash,
vaqtinchamehnatgaqobiliyatsizliknafaqalarinivakreditorlikqarzl
arnito„lashga
I guruh
25%
75%
II guruh
35%
65%
III guruh
40%
60%
IV guruh
50%
50%
Tibbiyot xodimlarining ishga vijdonan munosabati va ko‗rsatayotgan tibbiy
yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar xodimlarning
lavozimiga va tibbiyot muassasalari guruhiga qarab
tegishli xodimning tarif
stavkasidan 5 dan 20 foizgacha miqdorda quyidagi doiralarda belgilanadi:
15.5-jadval
Tibbiyot muassasasining moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„armasi
mablag„lari hisobidan tibbiyot xodimlariningtarif stavkalariga oylik ustamalar
miqdorlari
Lavozimlar
I guruh
II guruh
III guruh
IV guruh
Kichik tibbiyot xodimlari
5-15 %
5-15 %
5-15 %
10-20 %
O‗rta tibbiyot va
farmasevtika xodimlari
10-15 %
10-15 %
10-15 %
10-20 %
Vrach xodimlar va
provizorlar
10-15 %
10-15 %
10-20 %
10-20 %
So‗nggi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‗rsatiladigan
tibbiy xizmatlar
sifatini tubdan oshirishga, sog‗liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini
mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar
salohiyatini yaxshilashga
qaratilgan sog‗liqni saqlashni isloh qilish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Sog‗liqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va
sifatli tashkil etish uchun
umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot
hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati
xodimlarining lavozim maoshlari oshirildi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy
tibbiyot markazlarida mehnatni rag‗batlantirishning bozor usullari belgilandi.
Tibbiyot xodimlari mehnatini baholashning hamda ular oladigan ish haqi va
mukofotning bajariladigan ishning murakkabligi va ko‗rsatiladigan
tibbiy xizmat
sifatiga aniq va bevosita bog‗liqligini ta‘minlashning ilg‗or mexanizmlari joriy etildi.
252
Shu bilan birga, mamlakat sog‗liqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‗tarish zarur bo‗lgan sharoitda tibbiyot
sohasini boshqarishning
innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‗batlantirishni
davom ettirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar va
rag‗batlantiruvchi omillar yaratish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi
114
.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida sog‗liqni saqlash tizimini isloh
qilish bo‗yicha 2025-yilgacha mo‗ljallangan rivojlantirish
konsepsiyasi ishlab
chiqilmoqda. Jumladan, sog‗liqni saqlashning boshqarish va moliyalashtirish tizimini
tubdan takomillashtirish, tibbiy sug‗urtani joriy qilish, davlat-xususiy sherikchilik va
tibbiy turizmni rivojlantirish, tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning
malakasini oshirish
va tibbiyot fanini rivojlantirish kabi ustuvor yo‗nalishlarga e‘tibor qaratiladi. Bundan
tashqari, birlamchi tibbiy yordamni kuchaytirish, aholi sog‗ligini mustahkamlash va
farovonligini oshirish yo‗lida barcha davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: