O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini moliyalashtirish tajribalari



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

15.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini moliyalashtirish tajribalari 
Jahon amaliyotida mamlakatdagi sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirish-
ning quyidagi modellari shakllangan: Birinchi model – xususiy tibbiy sug‗urtaga 
asoslangan bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari asosan aholining shaxsiy 
mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy xizmatlarga bo‗lgan talabni 
qondirishning asosiy vositasi bozor hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamlari, yolg‗iz qariyalar, turli kasalliklarning tarqalishiga qarshi profilaktika 
tadbirlari esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu model AQSHda ustuvor 
darajada amal qiladi. Ikkinchi model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy 
sug‗urtasi mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish bo‗lib, bunda sug‗urta badallari 
majburiy soliqlar shaklida yig‗iladi, ushbu yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat 
boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya, Kanada, 
Italiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda amal qiladi. Uchinchi model 
aholiniijtimoiy jihatdan himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga, 
bozor munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani keng joriy qilish hamda 
sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator 
mamlakatlarning milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy 
qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik darajasidan qat‘iy nazar, tibbiy 
xizmat olishlarini kafolatlaydi. Bu modelning asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil 
qiladi. 
Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish 
xarajatlari turli manbalardan amalga oshiriladi: 
– davlat byudjeti; 
– majburiy tibbiy sug‗urta; 
– xususiy tibbiy sug‗urta; 

114
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi ―Davlat tibbiyot muassasalari va sog‗liqni saqlashni 


boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4007-son 
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2018-yil 12-noyabr, 45-son, 876-modda. 


253 
–tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik to‗lovlar. 
Jahon mamlakatlari sog‗liqni saqlash tizimida moliyalashtirishning yuqorida 
sanab o‗tilgan manbalarining sof holda faqat bittasidan foydalanmaydi. Milliy 
tibbiyot tizimlarini moliyalashtirishda barcha davlatlar sanab o‗tilgan manbalardan 
aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, 
Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan. 
Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada byudjetdan moliyalashtirish 
tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror 
shakllangan. 
Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo‗stligi 
davlatlarida 
byudjetdan 
moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Qirg‗iziston, Rossiya, 
Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy 
sug‗urta joriy etilgan. 
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari (S. Hakansson, V. 
Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen, H. 
Zollner) tomonidan turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan 
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan: 
“Universallashgan model”
(Buyuk Britaniya, Irlandiya, qismanDaniya) – 
milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy qismi umumiy soliqlar evaziga moliya-
lashtiriladi. Tibbiyot xizmatlari asosan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida 
amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan kontrakt asosida yollanadi. 
“Kontinental model”
(Germaniya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya, 
Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan 
ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari evaziga moliyalashtiriladi. 
Ularning ulushi jami sog‗liqni saqlash xarajatlarining ¾ qismiga teng.
“Janubiy model” 
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman Italiya) – sog‗liqni 
saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish haqi fondi va bandlikka ko‗maklashish 
fondiga to‗g‗ri keladi. Tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga qarashli bo‗lgan, ham 
xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
“Skandinaviyamodeli”
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‗liqni saqlash 
xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (markaziy va mahalliy 
byudjetlar darajasida). Bunda tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish haqiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga qarashli, 
ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‗rsatiladi.
“Xususiy model”
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi xarajatlari asosan 
fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi. 
tibbiyot xizmatlarini taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri keladi.
“Iqtisodiyoti o„tish sharoitidagi davlatlar modeli”
(Sharqiy Yevropa, 
MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) -ushbu davlatlarda sog‗liqni saqlash 
sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi, 
shuningdek, qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur 
davlatlarda sog‗liqni 
saqlash sohasipullik xizmat ko‗rsatish institutlariga 
o‗tkazilmoqda. 
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, aholi salomatligini 
saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va 


254 
vositalari shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan iqtisodiy resurs-
larning miqdori va sifati hamda sog‗liqni saqlash tizimida ulardan foydalanish 
samaradorligi mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy, siyosiy, 
ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash tizimining uzoq 
muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun ko‗plab rivojlangan davlatlar-
ning tibbiyot sohasiga iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni safarbar etish 
modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalarni 
yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida tibbiyot sohasida ijtimoiy adolat va iqtisodiy 
samaradorlik o‗rtasida muvozanatning ta‘minlanishiga erishish zarur. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish