Tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllarini hisobi va ularni amaliy holatini tahlili
O’zbekiston Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar:
memorial order bilan hisob-kitoblar;
to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
to’lov talabnomasi bilan hisob-kitoblar;
inkasso bo’yicha hisob-kitoblar;
akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar;
Qo’rsatilgan shakllar bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
memorial order;
to’lov topshiriqnomasi;
to’lov talabnomasi;
inkasso topshiriqnomasi;
akkreditivga ariza;
To’lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o’z hisobraqamidan mol sotuvchining hisobraqamiga to’lovni amalga oshirish to’g’risida bankka bergan topshirig’i hisoblanadi. Topshiriqnomalar orqali sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob – kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan holda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno).Quyida ATIB Ipoteka bankning ikkita filialii o’rtasida to’lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
1-rasm. To’lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni
amalga oshirish tartibi4
Rasmdan ko’rinib turibdiki, tovar sotuvchi va sotib oluvchilar o’rtasida to’lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlar aylanish tartibi juda oddiy bo’lib, uning ishtirokchilariga qator qulaylik va engilliklar tug’diradi.
To’lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda dastlab sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida shartnoma tuzilib, unda to’lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to’lov summasining 15 foizini to’lagandan so’ng, tovarlarni jo’natadi yoki xizmatlarni ko’rsatadi (2), sotib oluvchi shartnomada kelishilgan summani mol sotuvchining hisobraqamiga o’tkazish maqsadida to’lov topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalter xodimi to’lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o’tkazgandan so’ng mablag’ni elektron to’lov tizimi orqali respublika bankiga jo’natadi (4), respublika aktsiyadorlik tijorat Agrobankida elektron to’lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o’tkazilgandan so’ng sotuvchining bankiga jo’natiladi (5), elektron to’lov topshiriqnoma Agrbankning Oqtosh bo’limida dasturiy nazoratdan, mablag’ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga xabar qilinadi (6).
To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi.
To’lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to’lovlar amalga oshiriladi:
-tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
-notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar;
-Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank ssudalari va unga qo’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish;
-Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari.
To’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar .To’lov talabnoma xo’jalik sub’ektlari o’rtasida to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O’zbekiston tijorat banklari o’rtasida to’lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo’llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning asosiy sabablaridan biri to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko’p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.
To’lov talabnoma – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish haqidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir.Talabnoma asosan aktseptli va aktseptsiz bo’lishi mumkin.
Aktseptli to’lov talabnomalarda bank avval to’lovchining mablag’ni to’lash haqidagi roziligini oladi, so’ngra to’lovni amalga oshiradi. Aktseptsizda esa avval to’lov amalga oshirilib, so’ngra mijozga to’lov hujjatlarini beradi.
Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o’tishi to’lov talabnomalar bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar engillashtirdi.
Ta’kidlaganimizdek, aktseptli to’lov talabnomalar sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so’ng, bank dastlab to’lovni amalga oshirish yuzasidan to’lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati o’rnatiladi:
–bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun–talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni;
–boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni;
–to’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 kungacha.
Aktseptlash tartibida to’lanadigan aktseptli to’lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr davomida to’lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.
To’lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo’limiga aktseptlashni qisman yoki to’liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo’natishda, xizmatlar ko’rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan).
Talabnomani aktseptlashdan qisman bosh tortganda, to’lovchi tomonidan aktseptlangan summa bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Agar to’lovchining hisobvarag’ida mablag’lar bo’lmaganda aktseptli to’lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi.
Bunda bank to’lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad qilinganligi to’g’risida mahsulot etkazib beruvchining (mablag’ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi. Bank 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda to’lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o’tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa.
Bank to’lovchilardan mablag’larni oluvchilar foydasiga muddati o’tkazib yuborilgan to’lovlar bo’yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.Agar ushbu holat bank va mijoz o’rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha sharotnomada belgilab qo’yilgan bo’lsa.
Quyidagi shartli chizmada aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo’limi mijozlarining aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |