O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi fakulteti “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “Bank hisobi, tahlil va audit” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Naqd pulsiz hisob-kitoblar alohida shakllarining xususiyatlari
va ularni hisobga olish tartibi
Tayyorladi: 3-kurs BI-52-2 guruh
talabasi G’iyosov Nurbek
Ilmiy rahbar: ________________
Toshkent-2022 yil Reja: Kirish Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog’liq operasiyalarni nazariy asoslari.
Memorial va to’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar hisobi.
To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar hisobi.
Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi.
Xulosa Adabiyotlar ro’yxati
Kirish Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bu mamlakatimiz iqtisodiyotida naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan olib boriladigan operatsiyalarni olib borish, ularni banklarda olib boriladigan hisob-kitob ishlarini takomillashtirish va mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitoblar salmog‘ini oshirishga qaratilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, shu jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan asosiy bo`g`in hisoblangan bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda, ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining kengayib borishi orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb talablaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari xizmatlariga bo’lgan talab ortib bormoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan to`lovlarni amalga oshirishni takomillashtirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ko`plab bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun hukumat iqtisodiyotdagi xizmatlarning har bir bo`g`iniga e`tibor qaratib, aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtirish va takomillashtirish ishlarini olib boradi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat orqali iqtisodiyotning har bir bo`g`iniga muhim e`tibor qaratilmoqda. Hisob kitob ishlarini amalga oshirish iqtisodiyotning eng dolzarb masalalaridan biridir. Yurtimizda naqd pulli va naqd pulsiz hisob kitoblar orqali ko`plab amaliyotlar amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi ushbu ko`rsatkichlarda katta ko`lamni tashkil qiladi. Yurtimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun ko`plab sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.