O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


-rasm. Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob –kitoblarni amalga oshirish tartibi5



Download 76,92 Kb.
bet4/7
Sana24.06.2022
Hajmi76,92 Kb.
#698103
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nurbekdocx

2-rasm. Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob –kitoblarni amalga oshirish tartibi5

  1. Tovar sotuvchi korxona bilan tovar sotib oluvchi korxona o’rtasida xo’jalik shartnomasi tuziladi.

  2. Tovar sotuvchi korxona tovar sotib oluvchi korxonaga tovar jo’natadi.

  3. Tovar sotuvchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi Ipotekabankning Mirobod filialiga to’lov talabnomasi va tovar-trasport hujjatlarini taqdim qiladi.

  4. Ipotekabankning Mirobod filiali Yunusobod filialiga pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo’natadi.

  5. Ipotekabankning Yunusobod filiali kelib tushgan to’lov talabnomasini akseptlash uchun tovar sotib oluvchi korxonaga beradi.

  6. Korxona Ipotekabankning Yunusobod filialiga akseptlangan talabnomani taqdim etadi.

  7. Ipotekabankning Yunusobod filiali talabnomada ko’rsatilgan summani to’lovchi korxona hisobvarag’idan chegirib, talabnoma bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.

  8. Ipotekabankning Yunusobod filiali Hisob Markaziga to’langan elektron to’lov talabnomasini modem orqali jo’natadi.

  9. Hisob Markazi elektron to’lov tizimi orqali to’langan talabnomani Ipotekabankning Mirobod filialiga o’tkazadi.

  10. Ipotekabankning Mirobod filiali talabnoma summasini mahsulot sotuvchi korxonaning hisobvarag’iga o’tkazadi.

  11. To’lovning kelib tushganligini xabar qilish uchun komputerda chiqarilgan elektron to’lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvarag’dan ko’chirma bilan birgalikda mahsulot sotuvchi korxonaga topshiradi.

To’lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi balansdan tashqari provodka bajariladi:
Debet 90962 “To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Kredit 96319 “To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr. hisobvaraq”
To’lov talabnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Debet 20210 - “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’i”
Kredit 10103“ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i”
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo’yicha bajarilgan ushbu buxgalteriya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi to’lov talabnomasining o’zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
Debet 96319 “To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr. hisobvaraq”
Kredit 90962 “To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ bo’lmaganda to’lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi. Talabnoma 2 kartotekaga joylashtirilganda balansdan tashqari ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Debet 90963 “Muddatda to’lanmagan hisob-kitob hujjatlar”
Kredit 96321 “Muddatda to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr hisobvaraq”
Aktseptsiz to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to’lovchining roziligisiz uning hisobvarag’idagi mablag’ni oluvchining hisobiga o’tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

  1. Issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To’lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o’lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko’rsatilgan bo’lishi lozim;

  2. Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi;

  3. Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo’yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo’yiladi.

Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo’yiladi va ular keyingi ish kuni to’lanadi yoki to’lovchining hisobraqamida mablag’ bo’lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi.
Umuman olganda, to’lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag’ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo’shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois bo’lsa kerak, hisob – kitoblarningmazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo’llaniladi.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar, hisob – kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to’lovchining) topshirig’iga ko’ra mablag’larni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish uchun mablag’ ma’lum muddatga deponentlanadi.
Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo’linadi. Qoplangan akkreditivda sotib oluvchi shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni mijozning bankida ochilgan 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar buyicha depozitlari” hisobvarag’ida deponentlanadi.
Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko’rsatilgan summani o’zining hisobvarag’idan alohida hisobvaraqga deponentlamaydi, balki mijozning banki uning hisobvarag’ida mablag’ bo’lmagan taqdirda to’lov kafolatini oladi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan yoki chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi mavjud bo’lmagan holda, akkreditiv chaqirib olinadigan hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag’larni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda, o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish bank – emitent zimmasiga mablag’larni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To’lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgartirish yoki bekor qilinishi to’g’risidagi barcha ko’rsatmalarni mablag’lar oluvchiga, faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mablag’larni oluvchining banki (ijrochi bank)ni, u esa–mablag’ oluvchini, xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari o’zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo’lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha to’lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday xolda, chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv bo’ladi.
Tasdiqlangan akkreditiv bo’lganda, ijrochi bank, bank – emitentning akkreditiv shartlariga muvofiq, to’lovni amalga oshirish majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga qo’shimcha ravishda majburiyatlar oladi.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona jo’natgan tovar vako’rsatgan xizmatlari uchun to’lov kafolatlanadi.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar tartibini ikkita bank bo’limi misolida quyidagi chizmada ko’rib chiqamiz.
Barcha hisob – kitoblarda bo’lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv bo’yicha mablag’ oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga ariza beruvchi o’rtasida shartnoma tuziladi (1), sotib oluvchi shartnomada ko’rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash uchun akkreditivga arizani bankka taqdim etadi (2), bank emmitent o’z navbatida akkreditiga arizada ko’rsatilgan summani sotuvchining hisobiga o’tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka jo’natadi (3), bosh bankda Yunusobod filiali vakillik hisobidagi mablag’ Mirobod filiali vakillik hisobvarag’iga o’tkaziladi va bu haqda elektron akkretivga arizani bank filialiga jo’natadi (4), sotuvchining banki shartnomada ko’rsatilgan akkreditiv summa uning hisobiga deponentlanganini xabar qiladi (5) Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi.
Debet 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” (yoki 16103)
Kredit 22602 -“Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari”
Sotuvchi o’z navbatida tegishli tovarlarni sotib oluvchiga jo’natadi yoki xizmatlarni ko’rsatadi (6), sotuvchi tovarlarni jo’natganligi yoki xizmatlar ko’rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o’z navbatida deponentlangan summaning uning hisobiga o’tkazadi.
Debet 22602“Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari”
Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar”
Mablag’ oluvchining bankida akkreditivning amal qilish muddati tugaganda, akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan tartibda mablag’ oluvchi uni bekor qilish haqidagi ariza berganda, to’liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi.
Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar ,bizga ma’lumki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi hisobvaraqlaridan mablag’larni faqatgina ularning topshirig’i (to’lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va pul cheki) va roziligi (to’lov talabnomasi, kredit bo’yicha muddatli majburiyatlar, shartnomalarda kelishilgan bo’lsa, memorial order) bilangina o’tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilgan.
Bozor munosabatlarida xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ko’pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo’llaniladigan shunday to’lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to’lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo’limi uning hisobvarag’idan mablag’ni hujjatda ko’rsatilgan manzilga o’tkazib berishi lozim. Ushbu to’lov hujjati inkasso topshiriqnomasidir. Inkasso topshiriqnomasi bank bo’limiga undirib oluvchi tomonidan 0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi.
Inkasso topshiriqnomasi–bankka mijoz (to’lovchi)ning hisobvarag’idan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi talabini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi mumkin:

    • o’z vaqtida to’lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqdan tashqari to’lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari;

    • byudjetdan tashqari fondlar – o’z vaqtida to’lanmagan to’lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko’zda tutilgan bo’lsa;

    • bojxona organlari – o’z vaqtida to’lanmagan bojxona to’lovlarini undirishda;

    • sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo’yicha;

    • moliyalashtirishga ortiqcha o’tkazilgan mablag’larni qaytarishda, yuqori moliya organlari quyi byudjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o’tgan kreditlarni qaytarishda va boshqa holatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan inkasso topshiriqnomalari qabul qilinadi;

    • qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar.

To’lovchining hisobvarag’ida mablag’ bo’lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – kartotekada to’lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o’rnatilgan tartibda to’lanadi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirilmaganligi iqtisodiy jarayonlarning ijobiy tashkil etilganligi va xo’jalik sub’ektlarining soliqlar bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblarda bajariladigan buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to’lov to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarning joylashuviga bog’liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo’limi xizmat ko’rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet “To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag’i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag’i.



Download 76,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish