3
Reja:
Kirish
1.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
va uning soliq tizimidagi
o’rni.
2.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari, soliq ob’ekti va
soliq bazasi.
3.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari va soliqdan
beriladigan imtiyozlar tarkibi.
4.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblash va byudjetga
to’lash muddatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
4
Kirish
2019 yil 14 dekabrda qabul qilingan va 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi ungacha qabul qilingan barcha me’yoriy-
huquqiy xujjatlarni o’zida mujassamlashtirdi. Oxirgi
yillarda olib borilgan
islohotlar, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirishning keng miqyosda olib borilishi
Soliq kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishni taqozo etdi. 2020 yilda
o’zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
sarmoyalar va kreditlar bo’lishini alohida qayd etmoqchiman.
Investorlarni
qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo’lib-bo’lib to’lash, infratuzilma
yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy
etilmoqda. Shuningdek, foyda solig’ini hisoblashda
yangi texnologik uskunalar
xarid qilish, yangi ob’ektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo’yicha
chegirmalar kengaytirildi.
1
Yuridik shaxslar to’laydigan soliqlarga ta’rif berish uchun ularni muayyan
xarakterli belgilari bo’yicha guruhlash lozim bo’ladi. Soliqlarni guruhlash
bizningcha, ularning iqtisodiyotga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini
o’rganishning ilmiy va amaliy uslubi bo’lib hisoblanadi.
Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Xalqimizning fidokorona
mehnati bilan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi
ijobiy natijalar qatorida
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana
shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7
barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1
milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq
so‘zi. 2020 yil 24 yanvar.
5
reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. Energetika, neft-gaz, geologiya,
transport, yo’l qurilishi, qishloq va suv xo’jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti
hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning
12 ta yetakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni
kuchaytirish
dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o’tgan yili iqtisodiy o’sish 5,6 foizni
tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga
ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga
ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
2
Mamlakatimizda amalda bo’lgan soliq tizimi imkoniyatlaridan to’laqonli
foydalanish, ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni kamaytirib borish bugungi
kunning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq-
byudjet siyosatining ahamiyatini ko’rsatib berish lozim.
Bundan tashqari boshqa
bir tomondan soliqqa tortiluvchi ob’ektlarning mustahkam moliyaviy ahvoli bilan
juda ko’p narsa, birinchi navbatda, butun iqtisodiyotimizning barqarorligi va ana
shu korxonalarda ishlayotgan odamlar va ularning
oilalari daromadi hamda
farovonligi uzluksiz bog’liqligi bizning nazarimizdan chetda qolmasligi kerak. Shu
maqsadda yuridik shaxslarni soliqqa tortish uslubiyotlarini o’rganish va ularni
takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim
masalalardan hisoblanadi.
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq
so‘zi. 2020 yil 24 yanvar.