O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi



Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana15.06.2022
Hajmi362,3 Kb.
#673240
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Курс иши НАЪМУНА



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI 
“Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanidan 
 
KURS ISHI 
Mavzu: Foyda solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash muddatlari 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: 
ST-90 guruh talabasi
Orifxonov Sh. 
Ilmiy rahbar: 
PhD. K.Urazaliev. 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2020



 
 
 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
Kirish 
1.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va uning soliq tizimidagi 
o’rni. 
2.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari, soliq ob’ekti va 
soliq bazasi. 
3.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari va soliqdan 
beriladigan imtiyozlar tarkibi. 
4.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblash va byudjetga 
to’lash muddatlari. 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 



Kirish 
 
2019 yil 14 dekabrda qabul qilingan va 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan 
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi ungacha qabul qilingan barcha me’yoriy-
huquqiy xujjatlarni o’zida mujassamlashtirdi. Oxirgi yillarda olib borilgan 
islohotlar, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirishning keng miqyosda olib borilishi 
Soliq kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishni taqozo etdi. 2020 yilda 
o’zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
sarmoyalar va kreditlar bo’lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni 
qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo’lib-bo’lib to’lash, infratuzilma 
yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy 
etilmoqda. Shuningdek, foyda solig’ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar 
xarid qilish, yangi ob’ektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo’yicha 
chegirmalar kengaytirildi.
1
Yuridik shaxslar to’laydigan soliqlarga ta’rif berish uchun ularni muayyan 
xarakterli belgilari bo’yicha guruhlash lozim bo’ladi. Soliqlarni guruhlash 
bizningcha, ularning iqtisodiyotga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini 
o’rganishning ilmiy va amaliy uslubi bo’lib hisoblanadi.
Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Xalqimizning fidokorona 
mehnati bilan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da 
salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida 
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana 
shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 
barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. 
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 
milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik 
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq 
so‘zi. 2020 yil 24 yanvar. 



reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. Energetika, neft-gaz, geologiya, 
transport, yo’l qurilishi, qishloq va suv xo’jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti 
hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 
12 ta yetakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish 
dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o’tgan yili iqtisodiy o’sish 5,6 foizni 
tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga 
ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga 
ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
2
Mamlakatimizda amalda bo’lgan soliq tizimi imkoniyatlaridan to’laqonli 
foydalanish, ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni kamaytirib borish bugungi 
kunning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq-
byudjet siyosatining ahamiyatini ko’rsatib berish lozim. Bundan tashqari boshqa 
bir tomondan soliqqa tortiluvchi ob’ektlarning mustahkam moliyaviy ahvoli bilan 
juda ko’p narsa, birinchi navbatda, butun iqtisodiyotimizning barqarorligi va ana 
shu korxonalarda ishlayotgan odamlar va ularning oilalari daromadi hamda 
farovonligi uzluksiz bog’liqligi bizning nazarimizdan chetda qolmasligi kerak. Shu 
maqsadda yuridik shaxslarni soliqqa tortish uslubiyotlarini o’rganish va ularni 
takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim 
masalalardan hisoblanadi. 
 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq 
so‘zi. 2020 yil 24 yanvar. 




Download 362,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish