O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

o‘z-o‘ziga xizmat
deb yuritiladi. O‘z-o‘ziga xizmatning eng 
oddiy ko‘rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan 
foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarini ozoda, 
o‘quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo‘lida 
muayyan harakatlarni bajarish va hokazo kabilar sanaladi. 
O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ularni 
mehnatda mashq qildirishga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri – bu o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularda muayyan 
kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko‘nikma hamda malakalar bilan qurollantirish 
bo‘lib, shaxs kamolotini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘quvchilar tomonidan 
kasb yoki hunar yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Kasb yoki 
hunar yo‘nalishlaridan birini tanlashda o‘quvchining xohishi, qiziqish va ehtiyojini 
inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga tajribali o‘qituvchilar, ishlab 
chiqarish ustalari, ota-onalar tomonidan berilgan maslahatlar ham o‘quvchilar 
tomonidan kasbiy faoliyat yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishini ta’minlaydi. Ayni 
vaqtda Respublikada “Tashxis markazlari” faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 
o‘quvchilarning xarakteri, muayyan kasb yoki hunar asosini egallashga bo‘lgan 
qobiliyatga egaliklari, qiziqish va ehtiyojlari har tomonlama o‘rganilib, ularga 
mutaxassislar tomonidan kasbiy konsultatsiya (maslahat)lar berib boriladi. Ayni 
o‘rinda shuni ham ko‘rsatib o‘tish lozim, bugungi kunda ta’lim muassasalarida kasbiy 
konsultatsiya (maslahat)ning quyidagi turlaridan samarali foydalanib kelinmoqda: 
individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy. 
Ishlab chiqarish mehnati
ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muayyan 
yo‘nalishlar bo‘yicha hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat 
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda to‘garaklar negizida ishlab chiqarish 

G’оziеvа L. O’smir o’quvchilаrdа mаfkurаviy-g’оyaviy immunitеtni shаkllаntirish / O’quv-mеtоdik 
qo’llаnmа. – T.: T.N.Qоri Niyoziy nоmidаgi O’zPFITI, 2010. – 39-bеt 


150 
mehnati tashkil etiladi. Masalan, hunarmandchilikning turli ko‘rinishlari – 
duradgorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, qashtachilik, do‘ppido‘zlik, 
kulolchilik, yumshoq o‘yinchoqlar va dekorativ buyumlar yasash hamda boshqalar. 
To‘garaklarda o‘quvchilar tomonidan yasalgan buyumlar – mehnat mahsulotlarini 
shartnomaga ko‘ra yoki ko‘rgazmalar tashkil etish orqali ulgurji savdoni tashkil 
etishdan topilgan moddiy mablag‘ to‘garak faoliyatini yanada takomillashtirish, 
tg‘garak a’zolari uchun qulayliklar yaratish, xom-ashyo sotib olish kabilarga 
sarflanadi.
SHu bilan birga ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish 
mehnati o‘quvchilarning hissiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ham xizmat qiladi. 
Ularda o‘z-o‘zga bo‘lgan ishonch, o‘z mehnati mahsulidan zavq olish, narsa va 
buyumlarni estetik baholash qobiliyati shakllanadi. Jamoa hamda jamiyatda o‘z 
o‘rinlariga 
ega 
ekanliklarini 
anglaydilar, 
malakalari 
oshayotganligidan 
g‘ururlanadilar. 
Mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani 
qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib 
ishlash kabi ijobiy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, 
axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zining va o‘zgalarning 
qadrini biladi. 
O‘zbek xalqi bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga 
qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. O‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan 
namuna bo‘lganlar. O‘zR birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Har bir 
insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga 
shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga 
bog‘liq ekanligini, ya’ni, bu narsa ularning sobitqadam, g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis 
fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab etishlari kerak. 
Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir”. Bu 
vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z 
mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga 
to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlari kerak. 
Estetik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, 
axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Nafosat tarbiyasi
 
axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, 
ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim 
muassasalarida musiqa va tasviriy san’at darslari, adabiyot kabi fanlarning o‘qitilishi 
estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish vositasi hisoblanadi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish