O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Tarbiya shakllari va ularning mazmuni



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

 
3. Tarbiya shakllari va ularning mazmuni
O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib 
shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-
axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy, jinsiy tarbiyani 
tashkil etishga nisbatan yangicha yondashish, ularni samarali tashkil etish yo‘llarini 
ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim 
vazifalardir. 
Axloqiy tarbiya
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Ахloqiy tarbiya –
o’quvchilar ongi, hauoti, тurmush tarziga 
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur 
bo’lgan tartib, оdob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor 
qoidalari, mezonlarini singdirish jarayoni 
6-rasm. Tarbiya jarayoning qonuniyatlari 
Qonuniyatlar 
Таrbiyaning ijtimoiy muhitning 
obektiv va subektiv omillariga 
bog’liqligi, таrbiya shaxsning 
rivojlanishi bilan birligi va o’zaro 
aloqadorligi 
Faoliyat va munosabatni e’tirof 
etishshazsning ijtimoiy 
ahamiyatli fazilatlarini 
shakllantirishnegizi va asosiy 
manbai ekanligi 
Таrbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro 
munosabatlari hamda faol faoliyati o’rtasidagi 
bog’lanishning mavjudligi 


144 
Ushbu tarbiya asosini ijtimoiy axloqiy me’yorlar hamda shaxsni ulardan 
xabardor etish tashkil qiladi.
Qur’oni Karim va Hadisi SHariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, 
hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar 
mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. SHarq mutafakkirlari Muhammad al-
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, 
Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy SHeroziy 
Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi 
qarashlari bugungi kunda ham o‘z ifodasini topgan.
Axloq axloqiy tarbiyaning asosiy kategoriyasi sanaladi.
O‘zRning Prezidenti I.A.Karimov aytganiidek: “Kattalarni hurmat qilish, oila va 
farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat’iy nazar 
odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi – 
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z 
Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga 
nisbatan alohida hurmat-ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir”.
Amir Temur “axloqi xusniya” – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli 
sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda 
ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki etti o‘lchab, bir 
kesgan. 
Imom Ismoil al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, 
rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga 
bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir”, degan 
edi. Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida etakchi bo‘g‘in, insoniy 
sifatlarni 
yaratuvchi, 
shakllantiruvchi, 
mukammalikka 
erishtiruvchi 
vosita 
hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka 
chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. YAxshi xulqlarning yaxshiligi, 
yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg‘on kitobdir. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish