O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Huquqni himoya qiluvchi, sud va adliya organlarini moliyalashtirish



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
Huquqni himoya qiluvchi, sud va adliya organlarini moliyalashtirish 
 
19.4-rasm. Boshqaruv xarajatlari tarkibining guruhlanishi 
Boshqarish xarajatlarida O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura 
organlarini saqlash xarajatlari ancha salmoqqa ega bo‗lib, bu xarajatlar Moliya Vazirligi 
boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirish deportamentida byudjet hisobining 209-bo‗limida 
alohida xarajat moddalari bo‗yicha xarajatlar ko‗rsatilgan bo‗lib, shunga asosan 
moliyalashtiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura, huquqni himoya qilish 
organlarini saqlash xarajatlari, mazkur sohadagi quyidagi tarmoq tarkibiy tuzilishlari 
bo‗yicha amalga oshiriladi: 

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi; 

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Xo‗jalik Sudi; 

Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Sudi; 


292 

viloyat, tuman va shahar sudlari; 

davlat notarial idoralari; 

respublika prokuratura organlari. 
Mazkur soha boshqaruvi organlari xarajatlari to‗lig‗icha respublika byudjeti 
tomonidan moliyalashtiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi organlari, Respub-
lika Prezidenti Apparati va O‗zbekiston Respublikasi KonstitutsiyaviySudi boshqaruvi 
organlarini saqlash xarajatlari asosiy respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, 
qisman qismi mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi va respublika byudjeti 
xarajat qismida alohida bobdaaks ettirilib boriladi. 
Boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchunchi tarkibiy qismda Respublikamiz 
boshqaruv organlari asosiy qismi o‗z aksini topadi. Bunda Respublika Vazirlar 
Mahkamasi barcha Vazirliklar, Davlat qo‗mitalari, Respublika Saylov uchastkasi, 
Respublika Vazirlar Mahkamasi avtoxo‗jaligi, Respublika Prezidenti Devoni, Oliy Majlis, 
Vazirlar Mahkamasi ma‘muriy binolaridan foydalanish boshqaruvi xarajatlari, 
shuningdek, Respublika byudjetdan moliyalashtiriladigan Qo‗mita va Markazlar hamda 
boshqa shu kabi davlat boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari tashkil qiladi, bu 
xarajatlar Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. 
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta‘minoti 
respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Davlat notarial idoralari vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial 
harakatlarni amalga oshirish yo‗li bilan himoya qilishni ta‘minlashdan iboratdir.Davlat 
notarial idoralari O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan mablag‗ bilan 
ta‘minlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‗ullanuvchi notariusning notarial harakatlarni amalga 
oshirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‗rsatganlik uchun olgan pul 
mablag‗lari, O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa 
moliyaviy tushumlari uning faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash manbai hisoblanadi.
Notarial idoralar o‗zlarining byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalariga ham 
ega. Notarial harakatlar sodir etilganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan 
davlat bojining 15 % i miqdoridagi ajratma to‗g‗ridan - to‗g‗ri byudjetdan mablag‗ bilan 
ta‘minlash o‗rniga davlat notarial idoralari faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash manbai 
etib belgilangan. Bunda undiriladigan davlat bojlari:70 % i – mahalliy byudjetlarga;15 % i 
– Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasini shakllantirishga; 15 % i – 
mablag‗larni Qoraqalpog‗iston Respublikasi Adliya Vazirligi viloyatlar va Toshkent 
shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga to‗plash yo‗li bilan davlat 
notarial idoralari faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlashga taqsimlanadi. 
Sudlar va adliya organlarining moddiy-texnika ta‘minotini yaxshilash, ular faoliyati 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadidaO‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 18 - martdagiSudlar va adliya organlarini rivojlantirish 
jamg‗armasini tashkil etish to‗g‗risidagi qaroriga muvofiq yagona Sudlar va adliya 
organlarini rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi.
Jamg‗arma daromadlari: 


293 
- davlat byudjetiga umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan 
ishlar bo‗yicha jarimalar va davlat bojlari to‗lashdan tushayotgan summalarning 20 % i; 
- davlat byudjetiga xo‗jalik sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan ishlar bo‗yicha 
davlat bojlari va jarima sanktsiyalarini to‗lashdan tushayotgan summalarning 15 % i; 
adliya organlari, shu jumladan (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) 
organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 20 %, davlat notariuslari 
tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 15 % ;
- adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlar, advokatlik byurolari, 
firmalar, hay‘atlar, xususiy notarial idoralarni ro‗yxatdan o‗tkazganlik, notarial va 
advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan 
o‗tkazganlik uchun undiriladigan mablag‗lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan o‗z 
vakolatlari doirasida undiriladigan jarimalar;
- ijro ishi bo‗yicha byudjetga undirilgan summadan 30 % miqdoridagi ajratmalar, 
soliqlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‗armalarga majburiy to‗lovlar 
bo‗yicha muddatida to‗lanmagan qarzlar undirilishi bunga kiritilmaydi;
- davlat daromadiga o‗tkazilgan mol - mulkni sotishdan tushadigan mablag‗larning 
10 % i va boshqa daromadlar.
Jamg‗armaning mablag‗lari birinchi galda umumiy yurisdiktsiya sudlari binolarini 
qurish va ta‘mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy - 
texnika vositalari bilan ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Shuningdek, qo‗shimcha: 
1) xo‗jalik sudlari va adliya organlari, shu jumladan notariat, FHDYo va sud 
ijrochilarini moddiy-texnik ta‘minlashga; 
2) sudlar va adliya organlari xodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan 
vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qo‗shimcha haq to‗lash, ularning malakasini 
oshirish, kadrlarni o‗qitishga;
3) sudlar va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga; 
4) sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga 
yo‗naltiriladi. 
Ichki ishlar vazirligi va uning quyi organlari, bo‗linmalari, muassasalari va 
tashkilotlari respublika va mahalliy byudjetlar mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati xavfsizligi 
xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta ro‗yxatdan o‗tkazganlik 
uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy byudjetlarga, qolgan 15 foizi 
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati xavfsizligi 
xizmatining hisob raqamiga o‗tkaziladi. O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi-
ning markaziy apparati va ichki ishlar organlarini saqlashga ajratiladigan mablag‗lar 
miqdori O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirlik markaziy apparatining tarkibi, shtatlari, xodimlarining moddiy - texnik va 
ijtimoiy - maishiy ta‘minoti, shuningdek, ichki ishlar organlarining tarkibi va shtatlari 
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ularning soni va ularni saqlashga 
ajratilgan mablag‗lar doirasida belgilanadi.
Adliya organlari va muassasalarini moddiy - texnik ta‘minlash, shuningdek, adliya 
tizimining xodimlari mehnatiga haq to‗lash Vazirlikka ajratiladigan mablag‗ doirasida 


294 
davlat byudjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‗p yillik xizmati 
uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat.Sudyalarning hayoti va sog‗lig‗i davlatning 
maxsus muhofazasida bo‗ladi hamda respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan davlat 
tomonidan majburiy tartibda sug‗urta qilinadi. 
Quyidagi ko‗rilgan zararni qoplash bo‗yicha to‗lovlar respublika byudjeti 
mablag‗lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda 
belgilangan tartibda undirib olinadi: 
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir 
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib qolsa, 
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilganidasudyaning yigirma besh oylik ish 
haqi miqdorida; 
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan 
shug‗ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy 
yo‗qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast 
yetkazilganidasudyaning besh oylik ish haqi miqdorida; 
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir 
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib qolganida 
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‗urtasi 
bo‗yicha olingan to‗lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya 
o‗rtasidagi farq har oyda to‗lab boriladi; 
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki 
uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‗lsa (vafot etsa), uning 
qaramog‗ida bo‗lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a‘zolariga sudya ish haqining ularning 
hissasiga to‗g‗ri keladigan qismi va boquvchisini yo‗qotganligi munosabati bilan ularga 
tayinlangan pensiya o‗rtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sug‗urtasi bo‗yicha olingan 
to‗lovlarni hisobga olmagan holda to‗lanadi; 
sudyaning o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol - 
mulkni yo‗q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila 
a‘zolariga to‗laligicha qoplanadi. 
Sudlarni moliyalash, ularning moddiy - texnika va o‗zga xil ta‘minoti, binolarini 
qo‗riqlash va saqlab turish respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‗lar hisobidan 
amalga oshiriladi. Ajratilgan mablag‗lar: Qoraqalpog‗iston Respublikasi oliy sudlari
viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari 
uchunO‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomo-
nidan, harbiy sudlar uchunO‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan; 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
xo‗jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari uchuntegishincha O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi tomonidan taqsimlanadi. 
Xo‗jalik sudlari faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Oliy xo‗jalik sudi tomonidan 
tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta‘minlanadi. 
Konstitutsiyaviy sudning ishi respublika byudjeti mablag‗lari hisobiga 
moliyalashtiriladi. 


295 
Konstitutsiyaviy sud sudyasining ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, 
ko‗p yillik xizmati uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat bo‗ladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish