O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

17.2.
 
O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‟minot tizimining moliyaviy 
manbalari 
 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy ta‘minot 
o‗zining shakllari va turlari xilma-xil bo‗lishi bilan birga, moliyalashtirish 
manbalarining ham bir nechta ekanligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy ta‘minot 
maqsadlaridagi xizmat va to‗lovlar uchun moliyaviy resurslar turli ijtimoiy 
yo‗nalishdagi jamg‗armalarda mujassamlanadi va davlat boshqaruvining turli 
idoralari orqali tasarruf etiladi. Ijtimoiy ta‘minot xizmatlari va to‗lovlari quyidagi 
manbalardan amalga oshiriladi: 
17.2-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari va to„lovlarini moliyalashtirish 
manbalari 
 
-
davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar); 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi; 
-
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi; 
-
O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy 
sug‗urta byudjeti mablag‗lari. 
Davlat byudjetidan an‘anaviy ravishda ijtimoiy ta‘minotning quyidagi shakllari 
va turlari moliyalashtiriladi: 
a) respublika byudjetidan:
-
respublika tasarrufidagi bolalar uylarini saqlab turish xarajatlari;
-
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriy-
lari uchun pansionat va sanatoriylar, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini 
saqlab turish, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar 
xarajatlari; 


268 
-
bolalikdan nogironlarga va bola tug‗ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun 
hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‗lash uchun 
vakolatli organga mablag‗lar ajratish xarajatlari; 
-
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‗tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan 
imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‗lash xarajatlari va b. 
b) mahalliy byudjetlardan:
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi bolalar uylari, davlat bolalar shaharcha-
larini saqlab turish xarajatlari; 
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-
uylari, pansionat va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari, boshqa 
muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza 
qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
-
uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xarajatlari; 
-
shahar yo‗lovchilar transporti tashuvchilarining yo‗lovchilarni va bagajni 
cheklangan tariflar bo‗yicha tashish, shuningdek, alohida toifadagi fuqarolarni 
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq zararlarning o‗rnini qoplash 
xarajatlari va b. 
Ma‘lumki, ijtimoiy ta‘minotning markazida pensiya ta‘minoti turadi. Ko‗pchi-
lik davlatlarda pensiya ta‘minotini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadida markaz-
lashgan tartibda maxsus fondlar – Pensiya fondlari tuziladi. Ularning asosiy maqsadi 
shu mamlakat pensiya qonunchiligi bilan belgilangan pensiyalar va boshqa ijtimoiy 
to‗lovlarni moliyalashtirishdan iborat.
Bugungi 
kunda 
byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‗armasidan quyi-
dagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 
to‗lanadi, shuningdek, fuqarolarning 
ijtimoiy ta‘minoti bilan bog‗liq bo‗lgan 
boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi: 
-
ishlayotgan 
pensionerlarga 
davlat pensiyalarini to‗lash; 
-
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‗lash; 
-
davlat pensiya ta‘minoti huquqiga ega bo‗lmagan qariyalar va mehnatga 
qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar berish; 
-
dafn marosimlari uchun nafaqalar; 
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar. 
Fuqarolar ijtimoiy ta‘minotining ayrim shakllari va turlari 
Bandlikka ko„mak-
lashish davlat jamg„armasi
tomonidan moliyalashtiriladi, ular jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
-
ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari
-
ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy 
Bizning mamlakatimizda ijtimoiy 
ta‘minot vazifalarini davlat byudjeti 
bilan birga, byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‗armasi bajaradi. 


269 
ravishda ko‗chib o‗tish munosabati bilan kompensatsiyalar to‗lash hamda ishsizlarga 
moddiy yordam berish;
-
ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi 
munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‗armasi xarajatlarining o‗rnini qoplash; 
-
nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan boshqa toifalari 
mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‗rinlari va ishlab chiqarishlarni 
tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; 
-
ish bilan band bo‗lmagan aholiga yordam ko‗rsatish, shu jumladan, ishga 
joylashtirishga ko‗maklashish va maslahat xizmatlari ko‗rsatish bilan bog‗liq 
xarajatlar; 
-
aholi bandligi bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha xalqaro hamkorlik hamda 
xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish; 
-
chet elga ishga yuborilgan O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga 
joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta‘minlash 
bilan bog‗liq xarajatlar va b. 
O„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug„urta 
byudjeti
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 
-
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan, 
O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga xodimlar va ularning oila 
a‘zolarini sog‗lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‗lovdan yo‗naltirilgan ajratmalar 
hisobiga; 
-
belgilangan tartibda xodimlarga davolanish va dam olish uchun berilgan 
yo‗llanmalar uchun ulardan olingan mablag‗lar hisobiga; 
-
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‗lar hisobiga.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablag‗lari tegishli kasaba 
uyushmalari organlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan byudjet va smetalarida 
belgilangan maqsadlarga muvofiq xodimlar va ularning oila a‘zolarini sog‗lom-
lashtirish uchun quyidagilarga sarflanadi: 
-
sanatoriy-kurortlarda davolanish, pansionat va dam olish uylariga yo‗llan-
malar olishga; 
-
korxonalar va o‗quv muassasalaridagi sanatoriy-profilaktoriylarda, sanato-
riy-profilaktoriylarning ijtimoiy sug‗urta uchun tasdiqlangan smetasiga muvofiq, 
xodimlar yoki talabalarni sog‗lomlashtirish xarajatlarini qisman qoplashga (xodimlar-
ning mehnatiga haq to‗lash, davolanuvchilarning ovqatlanishi, davolanishi, ularga 
madaniy xizmat ko‗rsatishga); 
-
bolalarni sog‗lomlashtirish oromgohlarida bolalarning ta‘minotida, bolalarni 
sog‗lomlashtirish oromgohlarining tasdiqlangan smetalariga muvofiq, hissali ishtirok 
etishga (xodimlarning mehnatiga haq to‗lash, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, 
ularga madaniy xizmat ko‗rsatishga); 
-
kasaba uyushmalari huzuridagi bolalar va o‗smirlar sport maktablari 
(BO‗SM) xodimlarining mehnatiga haq to‗lash va moliyaviy imkoniyatlari darajasida 
sport anjomlarini xarid qilish, o‗quv-sport tadbirlarini o‗tkazish uchun qisman 
mablag‗ ajratishga; 


270 
-
o‗z sport bazalari bo‗lmagan taqdirda, hududiy birlashmalar tomonidan 
tasdiqlangan BO‗SMning smetasiga muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga 
olishga; 
-
ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha tashkiliy-ma‘muriy xarajatlarni moliyalashtirish-
ga, kadrlarni tayyorlash, o‗qitish, sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etuvchi 
shifokorlar va boshqa kadrlarning ta‘minotiga; 
-
O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tasdiqlangan 
smetasi, qurilish va rekonstruktsiya qilinadigan obyektlarning manzilli ro‗yxatiga 
muvofiq kasaba uyushmalari sog‗lomlashtirish muassasalari va BO‗SM sport 
inshootlarini rekonstruktsiya qilinishiga; 
-
ijtimoiy sug‗urta mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladigan xodimlar va 
ularning oila a‘zolarini sog‗lomlashtirish bilan bog‗liq boshqa tadbirlarga. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish