Denov tumanidagi 67-conli sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati amaliyotchi – psixologi E. Toshmurodovning



Download 13,57 Mb.
bet1/5
Sana27.04.2017
Hajmi13,57 Mb.
#7704
  1   2   3   4   5

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 67-sonli sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati silga moyil bo`lgan o`quvchilarni davlat ta`lim satandartlari asosida fanlar bo`yicha umumiy o`rta ma`lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta`lim berish bilan birga sog`lomlashtirish ishlarini qo`shib olib boruvchi ta`lim muassasasidir


Denov tumanidagi 67-conli sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati

amaliyotchi – psixologi E.Toshmurodovning

2014-2015 o‘quv yilida bajargan ishlari






2015 yil kasbga yo‘naltirish bo‘yicha III so‘rovnoma o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z tanlagan kasblariga yo‘llanmalar berildi. 9-sinf o‘quvchilari Denov tumanidagi kollej va Akademik litseylariga kasblar festivaliga borishdilar. Suxbatlar va uchrashuvlar o‘tkazildi. 2012-2014 yillarda “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovida faxrli 2 o‘rinni oldi. 2015 yil fevral oyida tumanda “Yilning eng yaxshi psixologi” ko‘rik – tanloviga qatnashib, unda ham faxrli 2-o‘rinni oldi. Menga bunga maktabimizdagi psixolog xizmatning namunali yo‘lga qo‘yilganligi yordam berdi.






O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109 sonli “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ xuquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi ” qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda psixolog xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

Bizning maktabda ham psixolog xizmat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2013 yildan beri men psixolog bo‘lib ishlamoqdaman. Maktabda birinchi ishni 6-7 yoshli bolalarni 1-sinfga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni korreksiyalashdan boshladim. 1-sinflar uchun moslashuv trening dasturini ishlab chiqdim. Bunda “Salom bu men”, “Jilmaying”, “Biz sehrgarlarmiz”, “Sayohat” trening mashg‘ulotlarini o‘tdim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf psixologik portretini ishlab chiqdim. Bunda 1. SHaxsiy xarakteristika 2.Ijtimoiy ko‘nikma. 3. Hissiy irodaviy tayyorgarlik 4. Bolaning nerv psixik mavqei jaroyonlarini o‘rgandim.

1-4 sinf o‘quvchilarida intelektual rivojlanish darajasini aniqlash testini o‘tkazdim. “Raven”, “Ayzenk” testlarni o‘tkazdim.

7-14 yoshdagi o‘quvchilarning bilim qobilyatini aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazdim va trening mashg‘ulotlar o‘tdim.

1-4 sinf o‘quvchilarini nutqini rivojlanishi uchun korreksiyaladim. “Qizchaning sayohati”, “So‘zni to‘ldir”, “Harflar” trening mashg‘ulotlar o‘tkazdim.

1-sinflarda havqotirlanish korreksiyalash usullarini ishlatdim. “Oyna”, “Iltimos”, diqqat tanqisligi va giperaktiv sindromini korreksiyaladim.

1-9 sinf o‘quvchilarining psixologik pedagogik tashxis daftarini yuritish bo‘yicha sinf rahbarlariga tavsiyalar berdim.




5-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida dars intizomiga salbiy munosabatdagi o‘quvchilarni diognostika qildim. Bunda kuzatish, suhbat o‘tkazish usullaridan foydalandim. Trening mashg‘ulotlarda “O‘quv faoliyatini baholash”, “O‘qishga qiziqish”, “Temperamentni o‘rganish”, “Kaktus” metodikasidan foydalandim. Bu korreksiyadan keyin 5-9 sinflar o‘rtasida “Xavfli guruhga” kiradiga bolalarning ruhiy holatidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va jinoyatga moyili bor o‘quvchilar bilan alohida mexanizm ishlab chiqdim. Bunda “O‘rgimchak to‘ri”, “Sog‘lom avlod”, “Tanishuv”, “Kunga boqar”, “YAxshi so‘z jon ozig‘i” metodikalaridan foydalandim.

1-9 sinflar o‘rtasida kasbga yo‘naltirishga mo‘ljallangan tashhis metodikalari bilan ishladim.

9-sinflar uchun sentyabr oyida “Qiziqishlar anketasi”, oktyabrda “Kasb tanlash mativini aniqlash”, noyabrda “Kasb tiplarini aniqlash”, dekabrda “Kasbiy moyillik” so‘rovnomalarini o‘tkazdim. O‘quvchilarning qaysi kasbga qiziqishini aniqladim. O‘quvchilar o‘rtasida iqtidorli bolalarni diognostika qildim. SHu so‘rovnomalar orqali yanvarda 1 so‘rovnoma, fevralda 2 so‘rovnoma, mart-aprelda 3 so‘rovnoma o‘tkazildi. Sentyabrdan may oyigacha o‘quvchilarni kasb tanlashga yordam berish uchun kasb oyligini o‘tkazdim. Oktyabr-ta’lim, noyabr-gumanitar fanlar, dekabr- ijtimoiy fanlar, yanvar-muxandislik ishlov berish, fevral-qishloq va suv xo‘jaligi, mart-sog‘liqni saqlash ijtiomiy ta’minot, aprel – xizmatlar oyligi o‘tkazildi. Mart-aprel oylarida otalar, onalar va mahalla bilan birgalikda majlislar o‘tkazildim.

7-9 sinflarda o‘qiyotgan qizlar uchun “Qiz bolaning kasbi uning baxti” mavzusida davra suhbatlar o‘tkazildim.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Ehtiyot bo‘ling stres”, “Giyohvandlik umr vabosi”, “Kelajakda siz tanlagan kasb”, “Temperamentingizni bilasizmi?” mavzusida psixo korreksion semenar va tadbirlar o‘tkazdim. SHu bilan birga o‘quvchi-o‘qituvchi, farzand-ota-ona, o‘qituvchi-ota-onalar o‘rtasida nizoli va muammoli vaziyatlarni echimini topish maqsadida “Ishonch qutisi”ni tashkil etdim. Ishonch qutisiga tushgan savollarga psixolog muammolar echiminiga yordam beradi.

Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 10 oktyabrdagi 147-sonli buyrug‘i o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, bizning maktabda ham bunga tadbirlar ishlab chiqilgan.

O‘quvchilar o‘rtasida “Kim bo‘lsam ekan?”, “Ilg‘or kasb egalari” bilan uchrashuvlar va tumanimizdagi Akademik litseylarga va kollelarga ekskursiyalar o‘tkazaman.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishlarini kengaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ – 424 qaror ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.







AL va KXK nomi

line 66line 67line 68line 69line 70line 1


Kasb nomi (yunalishlar)

1

Termiz akademik litseyi

Aniq fanlar (iqtisod)

Aniq fanlar (texnika)

Tabiiy fanlar

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ijtimoiy gumanitar fanlar

2

Termiz 2-sonli akademik litseyi

Aniq fanlar (iqtisod)

Aniq fanlar (texnika)

Tabiiy fanlar

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ijtimoiy gumanitar fanlar

3

Denov akademik litseyi

Aniq fanlar (iqtisod)

Aniq fanlar (texnika)

Tabiiy fanlar

Xorijiy filologiya (arab tili)

Ijtimoiy gumanitar fanlar

4

Jarqo‘rg‘on akademik litseyi

Aniq fanlar (iqtisod)

Aniq fanlar (texnika)

Tabiiy fanlar

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ijtimoiy gumanitar fanlar

5

Sariosiyo akademik litseyi

Aniq fanlar (iqtisod)

Aniq fanlar (texnika)

Tabiiy fanlar

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

Ijtimoiy gumanitar fanlar

1

Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobilь transporti) texnigi

Temir yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mexanik

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirish texnigi

Elevator, un-yorma va omuxta em ishlab chiqarish texnologik uskunalarini sozlash mexanigi

Non, makaron va kandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi

Daryo floti kemalarini ishlatish texnik (mexanik)gi

Buxgalter

2

Termiz iqtisodiyot kolleji

Moliyachi

Bank ishi mutaxassisi

Buxgalter


3

Termiz tibbiyot kolleji

Tibbiy profilaktika ishi felьdsheri

Davolash ishi felьdsheri

Tibbiyot hamshirasi

4

Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

Kommutatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnigi

Axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimlarini ishlatish bo‘yicha texnik

Teleradioapparaturalarni ta’mirlovchi usta

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Poezd va stansiya radioaloqasi qurilmalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromexanigi

Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobilь transporti) texnigi

Kinolog

5

Termiz ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji

Moliyachi

Buxgalter

Bank ishi mutaxassisi

Xo‘jalik masalalari bo‘yicha huquqshunos

6

Termiz san’at kolleji

Xalq cholg‘ulari ijrochisi

Fortepiano ijrochisi

An’anaviy vokal artisti

Havaskorlik xor jamoasi dirijyori

Puflama va zarbli cholg‘ular ijrochisi

Akademik vokal artisti

An’anaviy cholg‘ular ijrochisi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi

Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori

7

Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimlarini ishlatish bo‘yicha texnik

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi

Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang‘ich ta’lim muassasalari tarbiyachisi

Uzatish tizimlarini ishlatish va montaj qilish texnigi

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mutaxassis

Pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha mutaxassis

8

Termiz bank kolleji

Bank ishi mutaxassisi

Moliyachi

Buxgalter

9

Termiz olimpiya zaxiralari kolleji

Sport turlari bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchi

10

Angor maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

Teleradioapparaturalarni ta’mirlovchi usta

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi

Non, makaron va kandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Buxgalter

11

Angor Tallimaron qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji

qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi

Agronom

Veterinar

Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi

Fermer xo‘jaligi mutaxassisi

Sug‘oriladigan erlar meliorativ tizimlari texnigi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

12

Angor pedagogika kolleji

Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi

Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo‘yicha murabbiy

Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang‘ich ta’lim muassasalari tarbiyachisi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi

Naqqoshlik bo‘yicha usta-rassom

13

Angor qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kolleji

qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi

Veterinar

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi

Tovarshunos

14

Angor iqtisodiyot kolleji

Buxgalter

Bank ishi mutaxassisi

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Moliyachi

Arxivshunos va ish yurituvchi

15

Angor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Umumqurilish ishlari ustasi

Turar joy va jamoat binolaridan foydalanish va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga oluvchi

Qurilish-pardozlash ishlari ustasi

YOg‘ochga ishlov berish va mebelь ishlab chiqarish texnik-texnologi

Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-texnolog (turlari bo‘yicha)

16

Angor politexnika kasb-hunar kolleji



Avtomobillarni bo‘yash va kuzov ishlari bo‘yicha texnik-mexanigi

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Elektr jihozlari va tarmoqlarini montaj qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-elektrik

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Buxgalter

17

Boysun qurilish-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-texnolog (turlari bo‘yicha)

Ko‘tarma transport va yo‘l qurilish mashina va mexanizmlarini ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha texnik-mexanik

Elektr jihozlari va tarmoqlarini montaj qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-elektrik

Moliyachi

Bank ishi mutaxassisi

18

Boysun qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kolleji

Fermer xo‘jaligi mutaxassisi

qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

O‘rmon xo‘jaligi texnigi

Veterinar

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Buxgalter

18/A

Boysun qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kolleji filiali (Duaba)

Fermer xo‘jaligi mutaxassisi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

19

Boysun maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

Teleradioapparaturalarni ta’mirlovchi usta

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi

To‘qimachilik ishlab chiqarish texnik-texnologi

19/A

Boysun maishiy xizmat kasb-hunar kolleji filiali (Gazak)

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Teleradioapparaturalarni ta’mirlovchi usta

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

20

Boysun agrosanoat kasb-hunar kolleji

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirish texnigi

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Non, makaron va kandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish texnik-texnologi

Temir yo‘l sohasida mijozlarga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik

Kommutatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnigi

Axborot –resurs markazi kutubxonachisi

Buxgalter

21

Boysun transport va aloqa kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha mexanik

Kompьyuter va kompьyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

Pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha mutaxassis

Buxgalter

21/A

Boysun transport va aloqa kasb-hunar kolleji filiali (Machay)

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi

Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

22

Denov Xazarbog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji

Fermer xo‘jaligi mutaxassisi

qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi

Agronom

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish