O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti kurs ishi mavzu: ipo operatsiyalarini tashkil etish, oʻtkazish va samaradorligini oshirish masalalari Iqtisodiyot fakulteti Guruh: ikm-60



Download 0,54 Mb.
bet4/8
Sana01.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#624376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abbos

2-jadval
Xalqaro fond birjalarida listing uchun dastlabki va har yillik toʻlovlar.5



Fond birjasi nomi

Listing uchun dastlabki toʻlovalar

Har yillik badallar

1

NASDAQ

70 000 – 250 000 AQSH dollari

20 000 – 50 000 AQSH dollari

2

Gongkong fond birjasi

150 000 – 650 000 Gongkong dollari

145 000 – 1 188 000 Gongkong dollari

3

London fond birjasi

6,4 mln. dan – 369,7 mln. funt sterlingacha

4 200 – 41 400 funt sterling

4

Nyu York fond birjasi

75 mln. AQSH dollarigacha 0,0048 koef.; 75-300 mln. AQSH dollari 0,00375koef.; 300 mln. AQSH dollaridan 0,0019 koef.

Bozor kapitalizatsiyasining 0,00093 koef., minimum 38 000 AQSH dollari

5

Moskva fond birjasi

105 000 – 265 000 rubl

15 000 rubl

Yuqoridagi jadval malumotlaridan korinib turibdiki, xalqaro
fond birjalarida aksiyalarni joylashtirish boyicha xarajatlar nisbatan
yuqori. Lekin shuni ham alohida takidlashimiz lozimki, IPOni tashkil
etish va otkazish yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qilsada, shunga
mos ravishda yuqori miqdordagi kapitalni ham jalb qilish imkonini
beradi.
Umuman takidlash mumkinki, IPObu kompaniyaning strategik
rivojlanishining bir bosqichi hisoblanadi, chunki bunda kompaniya informatsion
shaffof va yirik investorlar uchun yetarlicha tushunarli boʻladi. Kompaniya
aksiyalarining birinchi ochiq savdoga chiqishi (IPO) jarayoniga tayyorgarlikning
koʻp vaqt olishiga qaramasdan, natijada kompaniya rivojlanishining yangi, sifat
bosqichiga oʻtiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining qimmatli qogʻozlarini respublika
hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 avgustdagi 239-son qarori bilan
tasdiqlanganqimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi
toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Unga koʻra rezidentning qimmatli qogʻozlari, agar Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida ushbu turdagi (toifadagi, tipdagi) chiqarilgan
qimmatli qogʻozlar umumiy sonining 25 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda
joylashtirilishi va muomalada boʻlishi mumkin.
Rezidentning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashtirilishi va ularning muomalada boʻlishi, agar Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa,
tegishli mamlakatning xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi
qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Rezidentning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida ular joylashtirilishiga va muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyiladigan
mamlakat qonunchiligiga muvofiq xorijiy depozitariy tomonidan chiqariladigan
depozitar tilxatlar shaklida joylashtiriladi va muomalada boʻladi.
Rezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
joylashtirilgan qimmatli qogʻozlariga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markaziy depozitariy tomonidan
tasdiqlanadi.
Rezidentningrespublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega
boʻlgan, davlat ulushi bor boʻlgan xoʻjalik jamiyatining qimmatli qogʻozlarini
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning
muomalada boʻlishi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalarida aksiyalar
davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi
tomonidan oldindan koʻrib chiqiladi.
Rezidentning qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashtirishda ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar faqat
ularni joylashtirishdan emitentning respublika tijorat bankidagi hisob-kitob
raqamiga mablagʻlar tushganligi emitent tomonidan Markaziy depozitariyga
tegishli bildirishnoma yuborish yoʻli bilan tasdiqlangandan keyin ularni
ifodalaydigan depozitar tilxatlar egalariga oʻtadi.
Markaziy depozitariy xorijiy depozitariy bilan tuzilgan tegishli shartnoma
asosida depozitar tilxatlar egalariga rezidentning taqdim etiladigan qimmatli
qogʻozlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Xorijiy depozitariy emitent-rezidentning qimmatli qogʻozlari egalari
reestrida qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi sifatida hisobga olinadi.
IPO natijasida kompaniyalarning koʻplab rahbarlari va mulkdorlari
milliarderlarga aylanadilar. Soʻnggi yillar davomida bir nechta kompaniyalar
tomonidan oʻtkazilgan IPO operatsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi va
natijada ular oʻz faoliyatlari uchun katta miqdordagi mablagʻlar jalb qila oldilar.
Quyida butun fond bozori tarixidagi eng yuqori oʻntalikka kirgan aksiyalarni
birlamchi ochiq joylashtirish operatsiyalari haqidagi ma’lumotni keltiramiz:
3-jadval.
Jahon tarixidagi sodir boʻlgan eng katta 12 ta IPO kompaniyalar va tushgan summasi.6



Kompaniya nomi

Jalb qilingan kapital miqdori

Faoliyat sohasi

1

Ant Financial


34,5 mlrd. AQSH dollari

Fintex kompaniya

2

Saudia Aramco


29,4 mlrd. AQSH dollari

Neft kompaniya

3

Alibaba Group Holding Limited


25 mlrd. AQSH dollari

Onlayn tijorat (Internet savdo)

4

Soft Bank


23,5 mlrd. AQSH dollari

Bank sohasi

5

Agricultural Bank of China Ltd.


22,1 mlrd. AQSH dollari

Bank sohasi

6

Industrial and Commercial Bank of China


21,9 mlrd. AQSH dollari

Bank sohasi

7

AIA Group Limited


20,5 mlrd. AQSH dollari

Sugʻurta kompaniyasi

8

General Motors Company


20,1 mlrd. AQSH dollari

Avtomobil sohasi

9

NTT DOCOMO, Inc.


18,4 mlrd. AQSH dollari

Telekommunikatsiya

10

Visa Inc.


17,9 mlrd. AQSH dollari

Fintex kompaniya

11

Enel


17,4 mlrd. AQSH dollari

Elektroenergetika sanoat kompaniyasi

12

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish