O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti kurs ishi mavzu: ipo operatsiyalarini tashkil etish, oʻtkazish va samaradorligini oshirish masalalari Iqtisodiyot fakulteti Guruh: ikm-60
Abbos
12.Facebook Facebook aksiyalari atrofidagi shov-shuv IPO oʻtkazgunga qadar bir necha oy davomida koʻplab investorlar diqqat-e’tiborida turadi. Shunday taassurot yuzaga keldiki, goʻyoki dunyodagi har bir investor ijtimoiy tarmoqning bir qismiga egalik qilishni hohlardi. Bu jarayon 2012-yilda IPO oʻtkazish belgilangan kunda texnik muammo yuzaga kelib savdolar yarim soatga kechikkanligi bilan ham tarixga kiradi. Operatsiya esa Facebook kompaniyasiga Oculus va WhatsApp kompaniyalarini oʻziga qoʻshib olish uchun yoʻnaltirilgan 16 milliard AQSH dollarini jalb qilish imkonini berdi. 11.Enel S.p.A Enel italyan elektroenergetika kompaniyasi dunyodagi eng yirik energetika kompaniyalaridan biri sanaladi. Oʻz qarzlaridan chiqish uchun kompaniya IPO oʻtkazishga qaror qiladi. Aksiyalar bahosining sezilarli oʻsishi yuz bermasada aksiyalarni ochiq joylashtirish kompaniyaga 16,5 milliard AQSH dollari keltiradi. Keyinchalik bu operatsiya investorlar uchun umidsizlikka sabab boʻladi va 2007-yilda kompaniya aksiyalari birjadan muomaladan chiqariladi. 10.Visa Inc. 2008-yil kuz oylarida jahon moliyaviy inqirozi ayni avj olgan bir paytda Visa kompaniyasi IPO oʻtkazish boʻyicha jiddiy tayyorgarlik koʻrish bilan birga uni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Natijada 2008-yil oxirida kompaniya 17,9 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ jalb qilishga erishadi. Barcha investorlar bu kompaniya butun dunyo boʻyicha 1,5 milliarddan ortiq kredit kartalariga xizmat qilishini bilardi. Birinchi yilning oʻzidayoq birjadagi Visa aksiyalari bahosi 219 foizga oʻsishi kuzatiladi. 9.NTT DOCOMO NTT DOCOMO, Tokioda joylashgan telekommunikatsion soha ishtirokchisi, 1998-yil 22-oktyabrda 18,4 milliard dollardan ozroq mablag to'plagan holda ommaviy bozorga chiqdi. NTT Goldman Sachs Asia anderrayterligida oʻtkaziladi va ilgari NYSE ro'yxatiga kiritilgan edi. 2018-yil 13-aprelda NTT o'zlarining Amerika depozitar aktsiyalarini (ADS) Nyu-York fond birjasidan rasman o'chirib tashladi. 8.General Motors General Motors (NYSE: GM) debyuti bir yil oldin bankrotlik to'g'risidagi ariza bilan chiqqandan so'ng, 2010-yil 16-noyabrda bo'lib o'tdi. AQShda joylashgan ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchisi o'zining birinchi ommaviy savdolarida 20,1 milliard dollar yig'di. Bu AQShda joylashgan har qanday kompaniya uchun eng yirik IPO. General Motors Chevrolet, Buick, GMC va Cadillac avtomobillariga egalik qiladi. 7.AIA Group Ltd. Gonkongda joylashgan investitsiya va sug'urta kompaniyasi bo'lgan AIA (OTC: AAIGF) 2010-yil 21-oktyabrda jamoatchilikka taklif qilindi. U 20,5 milliard dollardan ko'proq mablag yig'di va umume'tirof etilgan eng yirik mustaqil, ommaviy ro'yxatga olingan hayot sug'urtasi guruhiga aylandi. 6.Industrial and Commercial Bank of China ICBC banki yoki Xitoyning sanoat va tijorat banki (Shanxay fond birjasi va Gonkong fond birjasida ro'yxatga olingan) 2006-yil 20-oktyabrda ommaga chiqib, jami IPO qiymati 19,1 milliard dollarni tashkil etdi. 2007-yil 19-yanvarda ICBC kompaniyaning IPO ni 21,9 milliard dollarga ko'tarishiga imkon beradigan umumiy tanlov opsiyasidan foydalanib, dunyoda oltinchi yirik IPOga aylandi. 5.Agricultural Bank of China AgBank China Ltd deb ham tanilgan qishloq xo'jaligi bankidir, bu barcha davrlarning beshinchi eng yirik IPO si hisoblanadi. AgBank 2010 yil 7-iyulda ommaga chiqib, 19,2 mlrd. Dollar yig'di. Alibaba singari, AgBank ham IPO hajmini 22,1 mlrd dollarga oshirdi. AgBank Xitoyning "Katta to'rtligi" banklarining a'zosidir. 4.SoftBank Corp. SoftBank Corp shunchaki Yaponiyada eng katta IPO o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatdi. SoftBank Group Corp telekommunikatsiya korporotsiyasi qo'shimcha aktsiyalarni sotgandan so'ng 23,5 milliard dollar yig'di va rekord darajadagi 25 milliard dollarlik 2014 Alibaba IPO ga yaqinlashdi va bu hozirgi kunga qadar toʻrtinchi o'rinni egalladi. Qimmatli qog'ozlar oʻsha patda ko'rsatilgandek, har biri 1500 iyenaga (13 dollar) baholanadi. 3.Alibaba Group Holding Ltd. Xitoyda joylashgan ko'p tarmoqli elektron tijorat kompaniyasi Alibaba Group Holding Limited (NYSE: BABA) 2014 yil 18 sentyabrda ulkan 21,8 milliard dollarni tashkil qiladigan umumiy qiymati 25 milliard dollarga yetgan IPO oʻtkazadi. Texnologik kompaniyalar an'anaviy ravishda NASDAQ ro'yxatiga kiritilgan bo'lsalar-da, Alibaba o'zining debyuti uchun Nyu-York fond birjasini (NYSE) tanladi va IPO ni Credit Suisse underrayterligi ostida oʻtkazilib yoziladi. 2.Saudia Aramco Oʻtgan yilning oxirida yaʻni dekabr oyida Saudiyaning neft qirol kompaniyasi oʻzining IPO sini oʻtkazdi, hamda umumiy hisobda 29,4 milliard A.Q.Sh dollarini jalb qila olib, eng koʻp mablagʻ jalb qilgan korporatsiya sifatida tarixga kiradi. Saudiya Arabistoni rasmiylari buni muvaffaqiyatli chiqish deb eʻtirof qilishdi. Lekin bu koʻzlangan 100 millarddan ancha kam summa edi. Va IPO boʻyicha eng katta mablagʻ yigʻish rekordi Saudiya kompaniyasiga uzoqqa bormadi va u roʻyxatimizdagi birinchi oʻrindagi kompaniya tomonidan zabt etildi. 1.Ant Group Shu yilning soʻngi oylarida Shanxay va Gong Kong fond birjasida boʻlib oʻtgan IPO natijasida eng koʻp mablagʻ jalb qilish rekordi yangilandi. Alibaba ning bir qismi sifatida hamda Jek Ma tomonidan boshqarilayotgan moliyaviy texnologiyalar korporatsiyasi oʻtgan ommoaviy savdolarda 34,5 milliard AQSH dollari yigʻishga erishdi, hamda bozor kapitalizatsiyasini 313 milliard dollarga yetkazdi. Korporatsiyaning asosiy mahsuloti bu AliPay toʻlov tizimi hisoblanadi. Shu tariqa roʻyxatdagi gigant IPO larni koʻpi aynan Xitoyga tegishli ekanini koʻrishimiz mumkin. Kompaniyalarning aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha listing uchun to‘lovlardan tashqari fond birjalari tomonidan belgilab qo‘yilgan alohida talablar ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. Masalan, Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalarini listingdan o‘tkazish uchun oxirgi moliya yili bo‘yicha soliqlar to‘lngunga qadar daromad 2,7 million AQSH dollaridan, oxirgi ikki yil davomidagi foyda 3 million AQSH dollaridan, moddiy aktivlarning sof qiymati 18,0 million AQSH dollaridan, aksiyalar kurs qiymati 19 million AQSH dollaridan, oxirgi olti oy davomida emitent aksiyalari savdolarining o‘rtacha oylik hajmi 100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi, shuningdek 100 ta va undan ortiq aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni kamida ikki mingtani tashkil etishi shart. London fond birjasi tomonidan esa kompaniyalar tijorat, moliyaviy va boshqaruvga oid axborotlarining ochiqligi bilan birga bozor kapitalizatsiyasi 700 ming funt sterlingdan kam bo‘lmasligi, muomalaga chiqarilgan aksiyalar erkin muomalada bo‘lishi, kamida 25 foiz aksiyalar kompaniya direktorlari hisoblanmagan aksiyadorlarga tegishli bo‘lishi, birorta ham aksiyador 30 foizdan ortiq ovozga ega bo‘lmasligi talab etiladi. Demak, har bir fond birjasida oʻziga xos majburiyatlari va badal summalari mavjud boʻlib, bu mamlakatning yaʻni fond bozorning qonunlari va talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Biz yuqorida aksiyalarni ommaviy tarzda joylashtirish yaʻni, IPO oʻtkazishni bosqichlarini va uni dunyo amaliyotidagi har xil misollari bilan tanishdik. Keyingi rejada esa, xuddi shu amaliyotning yurtimizda qay tarzda amalga oshirilishi bilan tanishib chiqamiz. Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |