Tokning turi va chastotasi.Ishlab chiqarish chastotasidagi (50 Gts) o’zgaruvchan tok kishining asab sistemasiga kuchli ta`sir ko’rsatadi va mushaklarni qisqartiradi. Shuning uchun kishi tokli qismlarga tegib ketsa (tok kuchi 0,02 А) mustaqil ulardan ajralib chiqolmaydi. Chastotaning ortishi bilan tokning xavfli ta`siri kamayib boradi. Lekin bu pasayish 1000 Gts gacha davom etadi. Chastotasi 50 Gts va 500 Gts bo’lgan tok bir xil xavflidir.
Tokning yo’li. Bunda elektr tokining kishi tanasidan o’tish yo’li tushuniladi. Bu jarohatlanihsda muhim rol o’ynaydi. Organizmda tokning o’tish yo’li quyidagicha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |