O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti “moliya” kafedrasi


O'zbekistonda yirik sanoat guruhlari moliyaviy faoliyatini sug'urtalash(“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ misolida)



Download 79,92 Kb.
bet3/5
Sana19.05.2022
Hajmi79,92 Kb.
#604776
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekistonda yirik sanoat guruhlari moliyaviy faoliyatini sug\'urtalash amaliyotini rivojlantirish masalalari.

2. O'zbekistonda yirik sanoat guruhlari moliyaviy faoliyatini sug'urtalash(“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ misolida)
Moliya bozorining muhim tarkibiy qismi bo'lgan sug'urta faoliyati har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida katta ahamiyatga ega. Bizning iqtisodiyotimizda ushbu sohaning o'rni qanday?
Bugungi kunda respublikamizda 30 ta sug'urta kompaniyasi mavjud bo'lib, ularning 24 tasi umumiy sug'urta, 6 tasi hayot sug'urtasiga ixtisoslashgan. Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, sug'urta kompaniyalarining jami aktivlari 2,5 trln. so'mni tashkil etib, umumiy ustav kapitali miqdori 534 mlrd. so'mdan iborat. Tahlillar esa sug'urta xizmatlari sifatini yaxshilash, ko'lamini oshirish, turlarini ko'paytirish orqali sohani tubdan isloh qilishni, sohada bir qator muammolar to'planib qolganini ko'rsatmoqda.
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi tomonidan “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonunning Moliya vazirligidagi ijrosini o'rganish natijalari ham buni yaqqol isbotlagan.
Chunonchi, qonun talablari asosida vazirlik tomonidan olib borilayotgan ishlar, ko'rilayotgan choralarga qaramasdan, bu sohada yechimini kutayotgan masalalar hali ko'p. Jumladan, sug'urta bozorining hozirgi holati amalga oshirilayotgan islohotlar talabiga mos kelmay, aholi va tadbirkorlarning mazkur xizmatga bo'lgan ehtiyojlari qondirilmasdan qolmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri vazirlik huzuridagi sug'urta nazorati inspeksiyasi xodimlari soni chegaralanganligi bo'lib, ular asosan statistik ma'lumotlarni yuritishmoqda, xolos. Sug'urta faoliyati haqidagi ma'lumotlar hududlarga yetarli darajada yetkazilmayotgani oqibatida aholining hammasida ham sug'urtaga bo'lgan ishonch va u haqda tushuncha to'liq shakllanmagan. Bu esa sohaning YIMdagi ulushi o'sishiga, kompaniyalar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan sug'urtalash jarayonida mijozlarning haq-huquqlari to'liq va to'g'ri tushuntirilmayapti. Natijada sug'urta holatlari sodir bo'lganidan so'ng kelishmovchiliklar kelib chiqib, ular sud idoralarida ko'rilishiga to'g'ri kelmoqda. Sug'urtalash jarayonida ish yuritish tizimining aksariyat hollarda davlat tilida olib borilmasligi ham sug'urta shartnomalarini tuzish va uning ijrosini ta'minlashda muammolarni keltirib chiqarmoqda. O'z navbatida, sug'urta hodisasi sodir bo'lganda to'lovlarni to'liq amalga oshirmaslik holatlari qayta sug'urtalash imkoniyatlariga to'sqinlik qilish bilan birga, sug'urta tizimiga bo'lgan ishonchning pasayishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, sug'urta mukofotlari bilan sug'urta to'lovlari o'rtasidagi tafovut yuqori darajada saqlanib qolyapti. Natijada mamlakatimizda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'urta mukofotlari o'rtacha 48,8 ming so'mni (6,0 AQSH dol.) yoki uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Tahlillarga qaraganda, sug'urta mukofotlarining YIMdagi ulushi G'arbiy Yevropada 8,4, Osiyoda 6,1, Rossiyada 1,3, Qozog'istonda 0,85 foizdir.
Shu bilan birga, sug'urta bozorini rivojlantirish, iste'molchilarning sug'urtaga ishonchini oshirish, xorijiy tajribalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlarini joriy qilish, eng maqbul va jozibador sug'urta xizmatlarini yaratish, sug'urta sohasiga qimmatli qog'ozlar emissiyasi orqali investitsiyalar jalb qilish, xalqaro standartlar va tamoyillar asosida korrupsiya va sug'urta firibgarligiga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalarga yetarli e'tibor berilmayapti.
Bundan 15 yil oldin qabul qilingan “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonun bugungi kun talablariga to'liq javob bermaydi. Jumladan, majburiy sug'urtalashning alohida turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan bo'lib, qonun bilan tartibga solinmagan. Bundan tashqari, mamlakat sug'urta bozoriga yirik xalqaro sug'urta va qayta sug'urtalovchi kompaniyalarning jalb qilinmayotgani, shuningdek, xalqaro sug'urta nazoratchilari uyushmasining hamda moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobining xalqaro norma, standartlari va tamoyillari to'liq joriy etilmayotgani mahalliy sug'urta kompaniyalariga xalqaro reyting baholarini olishda to'siq bo'lmoqda.
Tizimdagi shu kabi boshqa muammolarni bartaraf etish uchun bir qator takliflar o'rtaga tashlandi. Sug'urta bozorini tartibga solish tizimini institusional mustahkamlash, sug'urta bozori barqarorligi va ishonchliligini ta'minlash, soha uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vakolatli organ maqomi, mas'uliyati va imkoniyatlarini kuchaytirish, sug'urtalash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish, sug'urta polislarini elektron shaklda ro'yxatdan o'tkazish, raqamli texnologiyalar asosida onlayn sug'urta turlarini rivojlantirish shular jumlasidandir.
Mazkur bozorning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida sug'urta kompaniyalarini moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga bosqichma-bosqich o'tkazilishini ta'minlash, bunda KPMG, PwC, Deloitte va boshqa yetakchi auditorlik kompaniyalarining auditorlik xulosalari, nufuzli xalqaro reyting agentliklarining reyting baholarini olishga erishish, korporativ boshqaruv, sug'urta tavakkalchiliklarini baholash va qaltisliklarni boshqarish tizimini doimo takomillashtirish, mijozlar, ya'ni iste'molchilarga sug'urta mahsulotlari va xizmatlarining narxlari to'g'risida to'liq, erkin, sifatli va taqqoslama ma'lumotlarni taqdim etib borish dolzarb vazifalar qatoridan o'rin olgan.
Asosiy masalalardan biri esa amaldagi qonunchilikni takomillashtirishdan iborat bo'lib turibdi.
“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 1997-yil 14-martda tashkil etilgan, hamda o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-oktabrdagi PQ-3317-sonli
"Kafolat sug'urta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi Qarori asosida amalga oshiradi.
“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ―1 so’mni va umumiy soni ― 35 299 535 950 tani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik
aksiyadori “UzAssets” AJ bo’lib, uning “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 41.5% tashkil etadi. 
Kompaniyaning yirik aksiyadorlariga quyidagilar kiradi: “UzAssets Investitsiya Kompaniyasi” AJ, “Genesis Innovation” AJ, “TIF Milliy banki” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,
“Olmaliq kon-metallurgiya” AJ, “Aloqabank” ATB, “Asaka” DATB.
Kompaniya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradi hamda ushbu litsenziya orqali umumiy sug’urta sohasida majburiy
va ixtiyoriy shakllarda sug’urtalashning 120 dan ortiq turlarini birlashtiruvchi barcha 17 ta klasslar bo’yicha sug’urta xizmatlarini taqdim etadi.
Kompaniyaning sug'urta portfelining ishonchli himoyasini ta'minlash maqsadida, yetakchi mahalliy va xorijiy qayta sug'urtalash kompaniyalariga risklarni taqsimlash orqali, Kompaniya risklarni
qayta sug'urtalash va diversifikatsiya qilish ustida ish olib bormoqda.
Hozirgi kunda kompaniya Abu Dhabi National Insurance Company, Oman Insurance Company, Insurance House, Polish REDirect Insurance, London Market Plc, САО ВСК (Россия), АО
"Нефтяная страховая компания" (Казахстан), Barents Reinsurance SA, Ace Insurance Pvt. Ltd kabi mahalliy va xorijiy qayta sug’urtalash kompaniyalar bilan qayta sug’urtalash hamkorlik
shartnomalari mavjud.
“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Mahalliy reyting agentligi “SAIPRO” tomonidan “UZ A++” moliyaviy barqaror hamda xalqaro “Fitch ratings” agentligi tomonidan
moliyaviy holati "В+" bahodan “BB-” bahogacha barqaror deb e’tirof etilgan. 
2021 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra kompaniya 15 ta filiallar, 60 ta bo’limlar va 156 ta sug’urta markazlarini o’z ichiga oladi. Kompaniyada 600 ga yaqin doimiy ishchi-xodimlar va
3400 dan ortiq sug’urta agentlari o’z faoliyatini Respublikaning barcha mintaqalarida amalga oshirib kelmoqda.
“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ o’z ichiga “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ sho’ba kompaniyalarini oladi. Kompaniya nomi O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib
borayotgan sug’urta kompaniyalari brend nomiga nisbatan keng tarqalgan bo’lib, uning brendi mashhur.
Kompaniya “International Underwriting Association of London” assotsiyatsiyasi a’zosi hisoblanadi. ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo’yicha sifat menejmenti tizimi joriy etilgan bo’lib,
“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ muntazam har yili MHXS bo’yicha audit ishlarini olib boradi.
Kelgusi 5 yil ichida sug'urta mukofotlari daromadlarini yillik o'sish kamida 35 foizga oshirish bilan ta'minlash rejalashtirilgan.
Korxona tarmoqdagi flagmanlardan biri hisoblanib, bir qator yuqori afzalliklarga ega:
-Respublika bo’yicha faoliyat yuritayotgan sug’urta filiallari va bo’limlari soni ko’pligi bo’yicha yetakchilik qiladi;
-Brend nomining sug’urta bozorida keng tanilgan ekanligi va sug’urta bozorida katta tajribaga (24 yil) ega ekanligi;
-Kompaniyaning aktivlari qiymati yuqoriligi;
-Sho’ba korxonalarinin mavjudligi: “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ;
-Korporativ boshqaruv standartlari bo’yich yuqori darajadagi faoliyat yo’lga qo’yilganligi;
Korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari MHXS bo'yicha olib boriladi. Har yili xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirib boriladi.




Download 79,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish