O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti “moliya” kafedrasi


Yil  Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm)



Download 79,92 Kb.
bet4/5
Sana19.05.2022
Hajmi79,92 Kb.
#604776
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekistonda yirik sanoat guruhlari moliyaviy faoliyatini sug\'urtalash amaliyotini rivojlantirish masalalari.

Yil 

Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm)

Sof foydada dividendning ulushi
(BHMS bo'yicha)

2020



2019

5,8

84,97%

2018

1,34

33%

2017

1,97

56,01%



Ko'rsatkichlar (ming so'm)

O'tgan yilga nisbatan o'zgarish

2020

2019 (MHXS)

2018 (MHXS)

2017 (MHXS)

Sug'urta mukofoti

40%


125017092

89081358

61111134

Qayta sug'urtalashdan mukofot

-56%


9093634

20442419

11620995

Qayta sug'urtalashdan tashqari sug'urta mukofoti

69%


115923458

68638939

49490139

Foydalanilmagan sug'urta mukofotlari zaxirasining o'zgarishi, qayta sug'urtalovchining ulushini ayirilgan holda

547%


22823012

3526364

4352200

To'langan mukofotlar

29%


93100446

72165303

45137939

To'langan zararlar, jami

-10%


11450063

12776926

9259280

Qayta sug'urtalashga o'tkazilgan xatarlar bo'yicha talablar

-25%


5042183

6741091

8440908

Sug'urta da'volari zaxirasining o'zgarishi, qayta sug'urta o'tkazmalarini ayirilgan holatda

98%


6131657

3100250

6102166

Olingan sof zararlar

37%


12539537

9136085

6920538

Komission daromadlar

104%


37814475

18577186

22556514

Sotib olish xarajatlari

44%


46686763

32391962

12566962

Sug'urta faoliyat natijalari

46%


71688621

49214442

48206953

Banklardagi omonat va depozitdan daromad

112%


3698494

1741731

1886440

Dividendlardan daromadlar

-12%


13169788

14946505

3945285

Boshqa faoliyatdan zarar

-71%


387155

1330120

152867

Investitsion faoliyat natijalari

7%


16481127

15358116

5678858

Chet valyutasi bilan operatsiyalardan daromadlar

2040%


2115081

98815

1999016

Ma'muriy va operatsion xarajatlar

36%


81517846

59828842

36880957

Boshqa daromadlar

54%


2922632

1897138

868557

Kutilayotgan kredit zaralari uchun zaxirani tiklashdan yo'qotishlar

-57%


237096

548878

1076968

Boshqa faoliyatdan natijalar

31%


76717229

58381767

35090352

Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda

85%


11452519

6190791

18795459

Foyda solig'i

-2%


872317

885641

2078576

Sof foyda

99%


10 580 202

5 305 150

16 716 883


3. Yirik sanoat guruhlari moliyaviy faoliyatini sug'urtalash amaliyotini rivojlantirish masalalari
Sug‘urta huquqi sug‘urta haqidagi barcha qonunlar, huquqiy va me’yoriy hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan. Bunda sug‘urtaning eng muhim huquqiy masalalari, sug‘urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug‘urtalash, hamkorlik sug‘urtasi, qayta sug‘urtalash, bu sug‘urtalashni amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi va boshqalar fuqarolik kodeksi doirasida tushintirib berilgan.
Mamlakatimizda sug‘urta to‘g‘risidagi qonun 1993-yil 6-mayda qabul qilindi. Ushbu qonun 5 bob 33 moddadan iborat bo‘lib, bu qonunda respublika iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni, sug‘urta bozorini shakllantirish masalalari, sug‘urtani tashkil etish va huquqiy asoslari bayon qilingan. Shu hisobda fuqaro va yuridik shaxslarning sug‘urta tashkilotlari bilan munosabatlari, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy masalasi, sug‘urta bo‘yicha davlat nazorati va boshqalar bayon qilinadi.
Qonunning 1-bobida sug‘urta ta’rifi beriladi, sug‘urta obyektlari, shakllari, tariflari, to‘lovlari, qayta sug‘urta lash va birgalikda sug‘urta lash masalalari bayon kilinadi. 2-bob asosan sug‘urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning huquqlqri va uni rasmiylashtirish xamda to‘xtatish masalalariga bag‘ishlangan. 3-bobda sug‘urta lanuvchilarning moliyaviy barkarorligini ta’minlash masalalari yoritilgan. 4-bob sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatishga, 5-bob esa yakunlovchi masalalarga bag‘ishlangan.
Sug‘urta haqidagi qonunda qator yangi tushunchalar, masala, qayta va birgalikda sug‘urtalash, sug‘urta brokeri, sug‘urta ruxsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.
2002-yilda yangi tahrirdagi «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi, sug‘urta kompaniyalarining mustaqil faoliyat yuritishiga keng sharoitlar yaratib berildi. 2002-yilgacha 30 ta sug‘urta kompaniyalari tashkil etilib, sug‘urta bozori shakllandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan eng yirik sug‘urta kompaniyalari quyidagilar:
1. «O‘zagrosug‘urta» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi;
2. «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi;
3. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi.
O‘zagrosug‘urta davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida, yuridik shaxs sifatida tashkil qilinib, o‘zining mustaqil balansi, hisob va valyuta hisobraqamlariga ega. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qishloq xo‘jaligi sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulk va mahsulotlarini sug‘urta yo‘li bilan himoya etish, banklardan olingan kreditlarni qaytarishga sug‘urta kafolatlarini taqdim etish, yuridik va jismoniy shaxslarga har tomonlama sug‘urta xizmatini ko‘rsatishdan iboratdir.
«O‘zagrosug‘urta» tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urtaning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo‘jalik korxonalari va qishloq aholisini majburiy sug‘urta qilish; ya’ni:
a) tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish;
b) fyuchers shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni qaytarilishini sug‘urta qilish;
d) qishloq fuqarosiga tegishli mol-mulkni sug‘urta qilish;
e) garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish;
f) transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish.
2. Qishloq xo‘jalik korxonalarini ixtiyoriy sug‘urta qilishi ya’ni:
a) ekinlar hosilini sug‘urta qilish;
b) ekinlarni qayta ekishni va oldin chiqqan ekinlarni butlashni sug‘urta qilish;
d) chorva mollarini sug‘urta qilish;
e) asosiy vositalarni sug‘urta qilish;
f) tabiiy pichanzorlarni, yaylovzorlarni va tut bargini sug‘urta qilish;
g) pillani sug‘urta qilish;
h) bog‘lar va uzumzorlar hosilini do‘l urishdan sug‘urta qilish;
i) korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklarning mol-mulkini sug‘urta qilish;
j) qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo‘natiladigan yuklarni sug‘urta qilish.
Kompaniyaning nizom fondi ta’sislik badallari hisobidan tashkil topadi. Naqd pulsiz shakllardagi oddiy va egasi yozilmagan aksiyalar chiqaradigan bu kompaniya cheklanmagan miqdorlarda sug‘urta fondlari tashkil qilish huquqiga ega. Nizom fondining 25 % ni zahira fondlari daromad hisobidan tashkil qilinadi. Kompaniya o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlar ham tashkil qiladi.
Shahar korxonalari va qishloq korxonalari aholisining iqtisodiyoti hamda turmush sharoiti bir xil bo‘lmaganidek, ulardagi sug‘urta obyektlari, hatto sug‘urta hodisalari ham bir-biridan farq qiladi. Shu boisdan sug‘urta ishlarini tashkil qilishda ularning xususiyatlarini e’tiborga olish talab qilinadi, chunki sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalarining mol-mulki, mehnat sharoiti bir xil emas. Ana shularni nazarda tutib Respublika Vazirlar Mahkamasi shahar hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatini ko‘rsatish maqsadida «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil qilindi. Uning asosiy vazifalari:
a) shaharlarda aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini sug‘urta qilish;
b) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug‘urta qilish;
d) yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug‘urta qilishni amalga oshirish;
e) qonunda ko‘zda tutilgan sug‘urtaning majburiy turlarini amalga oshirish;
f) qo‘shimcha sug‘urtalash va qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish, sug‘urtaviy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
g) mahalliy sharoitlarni hisobga olib, sug‘urtaning yangi turlarini joriy etish;
h) korxonalar javobgarligini va mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilish. Shaharlarda joylashgan davlat, xususiylashtirilgan, qo‘shma, kichik va xususiy korxonalar va tashkilotlarni javobgarligi va mol-mulkini sug‘urta qilish.
i) sug‘urtaning qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida nazarda tutilgan majburiy turlarini sug‘urta qilish. Bu fuqaro mol-mulki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi, yo‘lovchilar sug‘urtasi, temir yo‘l transporti, parvozlarda ishtirok etuvchi xodimlar, oddiy askarlar va boshqalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarni va harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslarni sug‘urta qilish demakdir.
Mamlakatimizda O‘zbekinvest milliy sug‘urta kompaniyasi 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan bo‘lib, 1997-yilda esa O‘zbekinvest eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga aylantirildi. Unga eksport sug‘urtasi bo‘yicha hukumatning rasmiy sug‘urta agentligi maqomi berildi. Ushbu kompaniyaning Ustav sarmoyasi 60 mln. AQSh dollari miqdorida shakllantirilgan bo‘lib, shundan 50 mln. AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, 10 mln. AQSh dollari Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga tegishlidir. Kompaniyaning asosiy vazifasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar jalb qilinishini va eksport imkonoyatlari o‘sishini sug‘urta obyektlariga siyosiy va tijorat xavf-xatarlaridan ishonchli sug‘urta himoyasini taqdim etish yo‘li bilan rag‘batlantirishdan iborat.
Har bir sug‘urta xilining xususiyatini ko‘zda tutib, sug‘urta faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda guruhlashtiriladi:
hududlar bo‘yicha (mamlakatning ichki doirasi va tashqi sug‘urta munosabatlari e’tiborga olinadi);
davlat va xususiy sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha;
- tarmoqlar bo‘yicha;
xavf-xatar xillari bo‘yicha;
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha.
Hududlar buyicha sug‘urta lashda mamlakatning ichki doirasida va tashki iqtisodiy munosabatlarida olib boriladigan ishlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar bilan sug‘urta sohasida xamkorlik kilishibunda fakat eksport-import muammolarigina emas, balki investitsiyalar, diplomatiya xodimlarini xam sug‘urta lash ko‘zda tutiladi, bunday sug‘urta lash davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shu munosabat bilan dastlab sug‘urta tashkilotlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- faqat xorijiy mamlakatlar investorlari (O‘zbekinvest) va tashqi iqtisodiy munosabatlarga xizmat qiluvchi sug‘urta tashkilotlari;
- faqat mamlakat doirasida huquqiy va jismoniy shaxslarga xizmat qiluvchi xususiy sug‘urta tashkilotlari;
- davlat hissadorlik sug‘urta tashkilotlari.
Xulosa
Tadbirkorlik faoliyati uning ishtirokchilari mulkiga xavf soluvchi xatarlar, qaltisliklar, tavakkalchilik bilan bog‘liqdir. Tavakkalchilik deganda yuz berishi mumkin bo‘lgan va buning natijasida moddiy zarar yetkazuvchi noxush holatlar nazarda tutiladi. Tavakkalchilikni pasaytirish, ya’ni yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida yirik kompaniyalar o‘zida maxsus bo‘limlar tashkil etadi. Ushbu bo‘limlarda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqiladi.
Korxonalar faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar quyidagi ikki turga bo‘linadi:
a) korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ichki xavf-xatarlar;
b) korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni tashqi xavf-xatarlar.
Korxona faoliyatiga bog‘liq xavf-xatarlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
- avariyalar, yong‘inlar;
- tashkiliy-texnologik (rejalarning belgilangan vaqtda bajarilmasligi, sifat bo‘yicha talablarning bajarilmasligi);
- ish tashlashlar, g‘alayonlar;
- korxonadagi talon-tarojlik va o‘g‘irliklar.
Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan xavf-xatarlar esa o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
- bozor konyunkturasi bilan bog‘liq xavf-xatarlar (valyuta tavakkalchiligi, baho o‘zgarishi tavakkalchiligi, talab pasayishi tavakkalchiligi, raqobat kuchayishi tavakkalchiligi);
- xorijiy hamkor faoliyati bilan bog‘liq xavf-xatarlar (to‘lovning vaqtida bajarilmasligi, hamkorning bankrotlik holatiga tushishi, tovarning vaqtida yetkazib berilmasligi va boshqa majburiyatlarning bajarilmasligi);
- siyosiy xavf-xatarlar;
- harbiy xavf-xatarlar;
- davlat hokimiyati organlariga bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlar;
- uchinchi tomon bilan bog‘liq xavf-xatarlar;
- tabiiy ofatlar xavf-xatari.
Yuqoridagi xavf-xatarlar natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
a) sug‘urtalash;
b) xedjirlash, ya’ni birjalardagi fyuchers shartnomalaridan va opsionlardan foydalanish;
d) hisob-kitoblarning xavf-xatarni kamaytiruvchi eng ma’qul usulini qo‘llash;
e) bozor konyunkturasini chuqur tahlil qilish va shu asosda harakat dasturini belgilash.
Ushbu usullar ichida sug‘urtalash muhim ahamiyatga ega.
Sugurtalash – jismoniy va huquqiy shaxslarning muayyan hodisalar (sug‘urta holatlari) yuz bergan paytdagi mulkiy manfaatlarini ular to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta mukofotlari)dan shakllantirilgan pul jamg‘armalari hisobidan muhofazalash borasidagi munosabatlarni anglatadi. Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qilinuvchi o‘rtasidagi munosabatlar maxsus shartnoma bilan tartibga solinadi. Jahon tajribasida u polis degan nom olgan. Polis – sug‘urta shartnomasining tuzilishini tasdiqlab, sug‘urta qiluvchining sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta holati yuz bergan taqdirda shartnoma sharti bilan belgilangan pul qiymatini (sug‘urta tovoni) to‘lash majburiyatini ifodalagan hujjatdir.
Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, sug‘urta faoliyatining ilk ko‘rinishlari Rim imperiyasi davrida paydo bo‘lgan. Harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar o‘z hayotlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni bartaraf etish maqsadida turli jamiyatlar tashkil etishib, unga a’zo bo‘lib kirganlarning badallari evaziga fond tashkil etilgan. Jamiyat a’zosining boshiga og‘ir kun tushganda jamiyat tomonidan moliyaviy ko‘mak berilgan. Sug‘urta Yevropada «savdogarlar gildiyasi» ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Savdo asosan dengiz orqali olib borilgan bo‘lib, savdogarlar dengizda to‘fonlarga uchrashi, qaroqchilar hujumiga uchrashi mumkin. Ushbu xavf-xatarni kamaytirish uchun savdogarlar fond tashkil etishgan. 1648-yilda Yevropada (London, Parij) birinchi sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi va sug‘urta to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Sug‘urtalashning uch turi mavjud: mol-mulk, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtalari.
Moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya’ni ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin xarajatni qoplash shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda ochiq ifodalanadi.


Download 79,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish