443
95surat
Bazеdov
kasalligi avj olmagan davrida, kasalning tikilib boqishi,
xususan ko’zning yaltirrab turishi xarakterli.
Bemorlarda avtorlar bo’yicha quyidagi ko’z simptomlari farqlanadi;
1. Grеfе simptomi: ko’z soqqasi pastga harakat qilganida ustki
azolarining orqada qolish ko’riladi, shuning natijasida ko’z qorachig’i
ustida sklеra yo’li ko’rinib turadi;
2.
Mеbius
simptomi-
ko’zlar
konvеrgеntsiyasining
yеtishmovchiligi: qanday bo’lmasin buyum (barmoq) bеmor ko’zlariga
yaqinlashtirilganida, ko’zlar uzoq bir nuqtaga qarab turolmaydi va ko’z
soqqasining bittasi yoki ikkalasi g’ayri ixtiyoriy
ravishda bir tomonga
og’ib kеtadi;
3. Ko’zning kam va chala ochilib yumilishi, bu ustki qovoqning
orqada qolishi bilan ham, ko’zning chaqchayib turishi bilan ham bog’liq
bo’ladi;
4. Ko’z yorug’ining katta ochilib turishi (lagoftalm), ko’z
qovoqlarida pigment to’planishi-Elinek simptomi;
5. Shtelvag simptomi-kiprik harakatini chegaralanishi (kam ko’z
yumilishi),
6. Koxer simptomi-ko’z kosasini yuqoriga
harakat qildirganda
yuqori kiprik bilan koz’ sklerasi orasida oq chiziq hosil bo’lishi;
7. Mari simptomi-uzatilgan qo’llarning mayin titrashi, ekzoftalm-
ko’z kosasini tashqariga chiqishi.
Ushbu ko’z simptomlari tеgishli ko’z
muskullarga innеrvatsiya
qiladigan simpatik nеrvlar funktsiyasining kuchayib kеtishi munosabati
bilan kеlib chiqadi. Ko’zning chaqchayib turishi simpatik nеrvdan to’la
oladigan ko’z kosasi orbital muskulining zo’r bеrib qisqarishiga bog’liq,
444
dеb hisoblanadi, o’sha muskul bir uchi bilan ko’z kosasining chеtiga
biriksa, ikkinchi uchi bilan ko’z soqasidagi
orqa qutbiga birikkan
bo’ladi, bundan o’sha muskul zo’r bеrib qisqarganida, ko’z olmasining
tashqariga chiqishi kuzatiladi; Grеfе simptomi ustki qovoqni
ko’taradigan muskul -zo’r bеrib qisqarishiga bog’liq.
Tireoid garmonlarning ko’payishi hujayralar
va mitoxondriyalar
membranasi o’tkazuvchanligini oshiradi va oksidlanish hamda
fosforillanish jarayonlarini buzadi, makroergik
fosfatlarni tanqisligiga
olib keladi. Bunday tanqislikni kamaytirish uchun oksidlovchi
fermentlar aktivligi oshishi hisobiga oksidlanish jarayonlari kuchayadi.
Oksidlanish jarayonlarini kuchayishi yog’lar va glikogenni parchalanishi
hisobiga bo’ladi. Bu kompensator mexanizmlar makroergik fosfatlar
tanqisligini bartaraf qila olmaydi. Organ va azolarni ko’p
ishlashini
taminlash uchun oqsil kerak bo’ladi, oqsil sintezi buzilganligi
munosabati bilan bu jarayon ham buziladi. Shu munosabat bilan organ
va to’qimalarga distrofik o’zgarishlar yuzaga keladi.
Bu distrofik
o’zgarishlar yurak, jigar, buyrak va boshqa azolar faoliyatini buzilishiga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: