O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Bеmorlarni ko’zdan kеchirganda
bеmorlar ko’rinishiga e'tibor 
bеramiz, tеri rangi oqimtir, yuzlari, qovoqlari, badanlarida, oyoqlarida 
shish borligini ko’rish mumkin. Gipertonik shaklidagi bеmorlarning 
ko’zi to’r pardasidagi kapilyarlar torayadi va kapilyarda bosim ortib 
yoriladi va qon quyiladi, shular hisobiga ko’rish qobiliyati pasayadi. 
Bеmorlarni 
palpatsiya
qilganda shishlar tarqalganligi va xaraktеrini 
hamda puls tеkshiriladi va sеkinlashganligi aniqlanadi. 
Pеrkussiyada
plеvra bo’shlig’ida, pеrikarda va boshqa bo’shliqlarda transudat 
to’planganligini aniqlash mumkin. O’pkada bo’g’iq-timpanik tovush 
eshitiladi. Chap qorincha kengayishi yuz beradi. Yurakning nisbiy 
to’mtoqlik chegarasi chapga kengayganligi aniqlanadi. O’pkani 
auskultatsiya qilganimizda o’pkada qattiq nafas bo’lib, nam xrillashlar 
eshitilishi mumkin, yurakda bradikardiya, I ton yurak uchida susayadi, 
zo’riqish hisobiga galop ritmi shu yеrda sistolik shovqin, aortada va 
o'pka arteriyasida II ton aktsenti eshitiladi,. Ko'p hollarda yurak 
cho'qqisida funktsional xarakterdagi sistolik shovqin eshitiladi. EKG da 
I, II va III standart ulanishlarda R amplitudasi baland bo’ladi va T 
tishlari o'zgarishi kuzatiladi, ba'zi hollarda chuqur Q tishi va QRS 
kompleksining voltaji kamayishi kuzatiladi. Bеmorlarni rеngеnologik 
tеkshiruv o’tkazish uchun vеna ichiga buyrak orqali chiqadigan kontrast 
modda sеrgozin, kardiotrast yuboriladi va buyrak orqali chiqishini 
rеntgеnda ko’ramiz. Rеtrograd piеlografiya o’tkazishda sistoskop bilan 
siydik naychalari orqali naycha katеtеrlari yordamida sеrgozin, diotrast, 
kardiotrast moddalari buyrak laxankalariga yuborib tеkshiriladi.
Bеmorlar pеshobi miqdori kamayadi, rangi qizaradi, eritrotsitlar va 
oqsil paydo bo’ladi, mikroskopda ko’rganimizda tsilindrlar va buyrak 
epitеliylari ko’rish mumkin. O'tkir nefritning dastlabki belgilaridan biri 
sutkalik siydikning kamayishidir (400-700 ml), ba'zi hollarda anuriya 
kuzatiladi. Siydikning kamayishi yallig'lanish sababli koptokchalarda 
bo'ladigan o'zgarishlar tufayli. Chunki yallig'lanish koptokchalarda 
filtratsiyaning susayishiga olib keladi. Siydikning solishtirma og'irligi va 
uning nisbiy zichligi o’zgaradi. O'tkir nefritda siydik sindromi-
proteinuriya, 
tsilindruriya, 
makro 
va 
mikrogematuriya 
bilan 
xarakterlanadi. Jarohatlangan koptokchalar kapillyarlari devorlari orqali 
faqat mayda dispers albuminlargina emas, globulinlar va fibrinogen ham 
ajralib chiqadi. Siydikda meyorda oqsillar deyarli bo’lmaydi, bo’lsa ham 
0,0033 dan ko’p bo’lmaydi. Lekin siydikda oqsillarning ko'payib ketishi 
faqat dastlabki 7-10 kunlar mobaynida saqlanadi, shuning uchun kech 


407 
tekshirishlarda siydikda albuminlar miqdori uncha baland bo'lmaydi. 
Uncha katta bo'lmagan proteinuriya ayrim hollarda kasallikning 
boshlanishidanoq yuzaga chiqadi, boshqa hollarda esa umuman 
bo'lmasligi ham mumkin. Siydikda oqsillarning kam miqdordaligi o'tkir 
nefritda ko'p vaqt saqlanishi mumkin va bu 3-4-6, ba'zida 9-12-oylarda 
umuman yo'qoladi. Gematuriya - o'tkir glomerulonefritning doimiy 
belgisidir. 13-15% hollarda makrogematuriya ko'zga tashlanadi, boshqa 
hollarda mikrogematuriya aniqlanadi, bunda siydik cho'kmasida 
eritrotsitlar miqdori ko'rish maydonida 10-15 tadan ko'p bo'lmaydi. 
O'tkir glomerulonefritda 75% bemorda gialin, donali, ba'zan epitelial 
tsilindrlar topiladi, 25% ida tsilindruriya kuzatilmasligi mumkin. 
Leykotsitlarning eritrotsitdan kamligini siydik cho'kmasini Addis-
Kakovskiy, Nechiporenko usullarida tekshirib bilish mumkin.
Buyrak faoliyati pasaygani tufayli ba'zan qonda azot qoldig'i, 
mochevina miqdori bir oz ko'payishi mumkin. Azotemiya uzoq davom 
etmaydi. O'tkir nefritda qon tarkibida gemoglobin va eritrotsitlar 
kamayishi kuzatiladi. Eritrotsitlarning cho'kish tezligi oshadi. 
Glomerulonefritning nefrotik, gipertonik va aralash turlari 
farqlanadi. 
Birinchi turi-nefritning tsiklli turi keskin boshlanib, shish, hansirash, 
bosh og'rig'i, bel og'rig'i, siydik miqdorining kamayishi, siydikda oqsil 
va qon paydo bo'lishi, arterial qon bosimining ko'tarilishi bilan 
ifodalanadi. Shish 2-3 hafta mobaynida kuzatiladi, so'ngra siydik 
miqdori ko'paya borib (poliuriya) arterial qon bosimi pasayadi, 
siydikning 
solishtirma 
og'irligi 
kamayadi, 
lekin 
proteinuriya, 
mikrogematuriya uzoq davom etishi mumkin. O'tkir nefritning ikkinchi 
— yashirin o'tuvchi turi ko'pincha surunkali nefritga o'tadi. Bu turida 
kasallik asta-sekin boshlanadi, sezilar-sezilmas hansirash, oyoqlarda 
shish paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Eklampsiya arterial qon bosimi 
baland bo'lganda va haddan tashqari shish ko'payganda rivojlanadi. 
Buyrak eklampsiyasida bemorning ko'zi zaiflashadi, tez-tez mushaklari 
tirishib, tomir tortishadi, hushidan ketadi, u tilini tishlab olishi, beixtiyor 
axlat va siydigini tuta olmasligi mumkin. Bu asorat to'g'ri davolansa 
tuzaladi. 
O'tkir glomerulonefritning yana bir og'ir asorati nefrotik sindrom 
bo'lib, u ko'p oqsil yo'qotish, nihoyatda og'ir shishlar, qon tarkibida 
oqsilning kamayishi, disproteinemiya bo'lishi, xolesterinning ko'payishi 
(giperxolesterinemiya) 
bilan 
ifodalanadi. 
Nefrotik 
sindromning 


408 
patogenezi 
ko'pchilik 
tomonidan 
tan 
olingan 
immunologik 
konseptsiyaga asoslangan, nefrotik sindrom rivojlanishida buyrak bazal 
membranasining buzilishi ahamiyatlidir. Bazal membranada buyrak 
oqsillariga qarshi antitanalar o'tirib oladi va doimiy ravishda 
komplementar reaktsiya sodir bo'lishiga olib keladi. Nefrotik sindrom 
avjiga chiqqanda qonda komplement kamayadi. Buyrakka qarshi 
antitanalar ko'payadi, immunitetga ta'sir qiluvchi dorilar, steroid 
gormonlarning nefritga ijobiy ta'siri bu kasallikning immunoallergik 
xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Nefrotik sindrom rivojlanishini 
izohlovchi ikkinchi taxmin, modda almashinuvi (metabolizm) ning 
buzilishi konseptsiyasidir. Bu konseptsiya bo'yicha oqsilning siydik 
bilan qo'shilib chiqishi buyrak koptokchalarining filtrlash xususiyati 
buzilishi natijasidir. Tekshiruvlarning ko'rsatishicha, nefrotik sindromda 
buyraklarda va siydikda eruvchan oqsillarning aktivligi oshishi, qonda 
gistamin ko'payishi, buyraklarda lizosom fermentlarning yuqori 
kontsentratsiyasi, ularning yallig'lanish reaktsiyasini keltirib chiqarishi 
aniqlangan. Zardobda oqsil muvozanatining buzilishi, ularning mayda 
dispers 
oqsil 
fraktsiyalarining 
chiqishiga 
hamda 
organizmda 
immunologik siljishga olib keladi. Boshqa ma'lumotlar shuni 
tasdiqlaydiki, 
oqsil 
sintezining 
buzilishi 
nefrotik 
sindromda 
retikuloendotelial tizimning ish qobiliyati o'zgarishi natijasida vujudga 
keladi. Nefrotik sindromda hosil bo'ladigan qon tarkibidagi yog'larning 
ko'payishi kompensator xarakterga egadir va bu qon tarkibidagi 
oqsillarning kamayishi bilan birga kechadi. Nefrotik sindromda 
organizmda natriyning ushlanib qolishi, uning qayta reabsorbtsiyasi 
kuchayishi, giperaldosteronizm bilan ikkilamchi aldosteronning qayta 
ko'p ishlab chiqarilishi bilan bog'liqdir va bu o'z navbatida qon 
aylanishining buzilishiga olib keladi. Faqat buyrak kapillyarlari 
o'tkazuvchanligining kuchayishi emas, balki boshqa to'qimalarda 
kapillyar
larining
immunologik zararlanishi ham nefrotik sindromga olib 
keluvchi omildir. Klinik nuqtai nazardan patogenezda eng muhimi 
oqsilning siydik orqali chiqishi bo'lib, bu nefrotik sindromda kuniga 3 g 
va undan ko'proq chiqadi. Siydikda oqsilning paydo bo'lishi asosan 
koptokchalarning 
bazal 
membranasining 
zararlanishi 
va 
o'tkazuvchanligining kuchayishiga bog'liq bo'lib, shu bilan birgalikda 
koptokchalarning filtri orqali yirik oqsil molekulalarining kirishiga 
bog'liqdir. Yana shuni ham aytish kerakki, podoltsitlarning normal 
funksiyasi bu bazal membranalarda oqsil molekulalarining kirishiga 


409 
to'sqinlik qilishidir, podoltsitlarning funksiyasi buzilishi natijasida 
oqsillar ushlanib qololmaydi va ular bazal membrana orqali kiradi. 
Shuni ham ko'rsatib o'tish kerakki, o'tkir boshlangan diffuz 
glomerulonefrit ba'zan o'rtacha o'tkir ekstrakapillyar nefritga olib keladi 
va uning progressiv kechishi yaqin oylarda surunkali buyrak 
yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish