O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Tashxisi.
O'tkir diffuz glomerulonefritga tashxis qo'yish unchalik 
qiyinchilik tug'dirmaydi. Chunki kasallik yoshlarda uchraydi va yaqqol 
ko'zga tashlanadigan klinik belgilardan boshlanadi. O'tkir nefrit bilan 
surunkali nefrit qaytalanishi orasida taqqoslash tashxisi o'tkazish 
qiyinchilik tug'diradi. Bunda kasallikning boshlanishi, infeksiya bilan 
bog'liqlik (t
onzillit
, angina, rinit va h.k.dan boshlab o'tkir nefrit 
holatigacha (1-2 hafta o'tadi) hisobga olinadi. Surunkali glome-
rulonefritga qon bosimining yuqori bo'lishi, yurakning chap qorinchasi 
gipertrofiyasi, ko'z tubining yaqqol shikastlanishi xosdir. Siydikdagi 
o'zgarishlar har xil bo'lishi mumkin, lekin surunkali nefrit uchun siydik 
nisbiy zichligi va filtrlash vazifasi pasayishi xosdir (gipoizostenuriya), 
o'tkir nefrit uchun yurak faoliyatining yetishmasligi (hansirash, shishlar, 
yurak astmasi, bradikardiya), kasallikning o'tkir kelib chiqishi (makro va 
mikrogematuriya) xos. O'tkir nefritning yashirin turi va pielonefritning 
differentsiatsiyasi qiyinchilik tug'diradi. Bunda siydik cho'kmasida 
eritrotsitlarning 
leykotsitlardan 
ustunligi, 
oqsillarning 
kamligi, 
anamnestik ko'rsatmalar yo'qligi, rentgenologik, ultratovush, skanirlash, 
radioizotop, biopsiya tekshirishlari yordam beradi. O'tkir nefrit bilan 
buyrak sili va boshqa buyrak kasalliklari orasida solishtirma tashxis 
o'tkazish lozim. 
Davolash.
O'tkir glomerulonefritni davolashda birinchi vazifa 
ma'lum muddat davomida issiq va quruq xonada o'rinda yotish uchun 
sharoit yaratishdir. O'tkir glomerulonefrit bilan bemorlar maxsus 
(bo’lim) kasalxonada davolanishlari lozim. Davolash davrida maxsus 7 
chi parhez taomlar beriladi, suyuqlik, osh tuzi cheklanadi. Vitaminlar 
(ayniqsa, vitamin C, kaltsiy tuziga boy ovqat (tvorog, suzma, qatiq, sut, 
sharbatlar, qand va olma) beriladi. Dorilar bilan davolash ayniqsa, 
muhimdir. Bunda kasallikning sabablari va patogenetik omillarga ta'sir 
qilish uchun buyrakka ziyon etkazmaydigan antibiotiklar (penitsillin 2-4 
mln, ampitsillin 2-4 mln. kuniga) beriladi. Mikrobga qarshi dorilar 
(antibiotiklar) o'tkir nefrit biror asosiy infeksiya bilan birga kelganda 
uzoq davom etadigan septik endokarditda (yurak ichki pardasining 


410 
yallig'lanishi), 
xronik 
tonzillitda 
qo'laniladi. 
Nefritning 
o'tkir 
ko'rinishlari pasaygandan 2-3 kun keyin, desensibilizatsiya terapiyasida 
vitamin C katta dozada ishlatilishi kerak. 
O'tkir nefrit kasalligida steroid gormonlar - prednizolon
triamtsinolon, deksametazon katta foyda beradi. Prednizolon bilan 
davolash kasallik boshlangan davrda emas, balki keyinroq, qon bosimi 
tushganda buyuriladi. Bundan tashqari, nefrotik formasida yoki uzoqqa 
cho'zilgan o'tkir nefritda hamda siydik sindromida, siydikda gematuriya 
bo'lganda kortikosteroidlar qo'llaniladi. Prednizolonni kuniga 20 mg dan 
olish kerak va bu dozani 60 mg gacha oshirish mumkin. 
Kortikosteroidlar shishlar paydo bo'lganda va siydik sindromida yaxshi 
natija beradi. Bu preparatlar o'tkir nefritning surunkali shakliga 
aylanishiga yo'l qo'ymaydi. 
Qon bosimi oshganda, shishlar paydo bo'lganda kortikosteroidlar 
bilan birga qon bosimini tushiradigan adelfan, rezerpin va siydik 
haydaydigan dorilarni birga qo'llash kerak (gipotiazid, furosemid).
O'tkir glomerulonefritning asorati bo'lgan eklampsiyada qon 
chiqariladi, magniy sulfat (10 ml 25%), uxlatuvchi va narkotik dorilar 
beriladi. Ganglioblokatorlar -geksoniydan 10-20 mg, 2,5%-l ml mushak 
orasiga yuboriladi.

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish