412
Glomerulonefritning so'ngi bosqichida buyrak bujmayadi, o'lchamlari
kichrayadi. Miya qismi donachalar bilan qoplanib, po'stloq qismi
yupqalashadi. Koptokchalar bo'shab, o'rnida biriktiruvchi to'qima paydo
bo'lishi buyrakni ikkilamchi bujmayishiga olib keladi.
Klinikasi.
Surunkali glomerulonefritning klinik manzarasi uning
turlariga bog'liq bo'lib, 1. Siydikdagi o'zgarishlar:
proteinuriya,
gematuriya, tsilindruriyadan iborat. 2. Qon bosimi ko'tarilishi natijasida
paydo bo'lgan o'zgarishlar. 3. Badanda shish paydo bo'lishi kabi
o'zgarishlar bilan kechadi.
Surunkali glomerulonefritning quyidagi klinik turlari farq qilinadi:
1.
Yashirin kechuvchi (latent) glomerulonefrit- ko'p uchraydigan
turi bo’lib, siydikda bir oz o'zgarishlar borligi bilan ifodalanadi. Bu turda
qon bosimi oshmaydi, shish ham sezilarli darajada bilinmaydi. Yashirin
davr 30-40 yil kechib, keyin yuzaga chiqishi mumkin. Bemorlar uzoq
yillar davomida ish qobiliyatlarini yo'qotmaydilar, xastaliklarini
sezmaydilar. Ko'pincha surunkali glomerulonefritning
yashirin turi
dispanserizatsiya vaqtida siydikdagi o'zgarishlar (solishtirma og'irligi
pasayganligi, qizil qon tanachalari ko'proq ajralayotgani, tunda
siydikning ko'proq ajralishi), qon bosimining bir oz oshganligi,
EChTning tezlashgani, qonda oqsil moddasi kamaygani,
xolesterin
ko'payganligi asosida aniqlanadi. Ko’pchilik holatlarda buyrak
yetishmovchiligi rivojlanganda aniqlanadi. Buyrak yetishmovchiligi esa
qonda qoldiq azot, mochevinaning miqdori oshishi bilan yuzaga chiqadi.
2.
Surunkali glomerulonefritning nefrotik ko'rinishi. Siydik orqali
katta miqdorda oqsil ajraiishi kunda 3-5 g dan ko'proq, qonda oqsil
miqdori (gipoproteinemiya) kamayadi, ayniqsa, albumin, globulin
koeffitsientining kamayishi (disproteinemiya),
xolesterin miqdorining
ko'payishi (giperxolesterinemiya-600-800 mg %) bilan ifodalanadi.
Bemorlarning badanida gipoproteinemik shishlar paydo bo'ladi. Bunday
shishlarning yurak va boshqa shishlardan farqi, ertalablari yuz-ko'z
qovoqlaridan boshlanib va asta-sekin butun tanaga tarqaladi. Ular
doimiy xususiyatga ega bo'ladi, hatto ichki a'zolarga, yurak, o'pka va
qorin bo'shliqlarga tarqaladi. Teri, shilliq pardalar quriydi, mushaklar
atrofiyalanadi, natijada teri bujmayadi. Siydik orqali oqsil chiqishi bilan
birga, qon tarkibida triglitserin va erkin xolesterin ko'payadi. Surunkali
glomerulonefritning nefrotik ko'rinishi nefrotik sindrom va buyrak
yallig'lanishi belgilari (siydikda qon bo'lishi,
buyrak filtrlash
413
xususiyatining pasayishi) bilan birga namoyon bo'ladi. Qon bosimi
xastalikning so'ngi davrida ko’tariladi.
3.
Surunkali glomerulonefritning gipertonik shakli ko'pincha
yashirin kechuvchi glomerulonefritga xosdir. Qon bosimi buyrakda
yukstaglomerulyar apparatda ishemiya bo’lib, renin sintezi ko'payadi, bu
o’z navbatida qon bosimi ko'tarilishiga olib keladi. Buyrak faoliyati
pasaygach, sistolik va diastolik bosim muntazzam oshib boradi, asta-
sekin yurak faoliyati ham buziladi, yurak cho'qqi
turtkisi kuchayadi,
cho'qqi sohasida I ton susayib, aorta proektsiyasida sistolik shovqin
paydo bo'ladi va II ton aktsenti eshitiladi, uch ritmli ton yani ot dupuri
tovushlari eshitiladi, so'ngra yurak faoliyati yetishmovchiligi qo'shiladi,
yurak astmasi xuruji va o'pka shishi paydo bo’lishi mumkin. Surunkali
glomerulonefritda qon bosimini oshishi,
yurakning ishemik kasalligi,
stenokardiya rivojlanadi. Bemorda miokard infarkti, bosh miyaga qon
quyilishi hollari ro'y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: