339
portani berkilishi yoki siqilishi va unda bosimning oshishi, bilan
xarakterlanadi.
Etiologiya va patogenezi.
Portal tomirlarda qon aylanishi buzilishi
3 guruhga bo’linadi: jigar ichi (sinusoidal), jigar osti (postsinusoidal),
jigar usti (presinusoidal). Darvoza venasida qon aylanishining buzilishi
qiyinlashuvi virusli yoki
alkogolli jigar tsirrozida, shuningdek Vilson-
Kanavalov kasalida kuzatiladigan jigar tsirrozida, bo’lakchalararo
yuzasida biriktiruvchi to’qima o’sganda kuzatiladi. Jigar osti guruhda
darvoza venasi oklyuziyasi: devor yallig’lanishi, trombozda, o’sma bilan
to’silganda, kattalashgan limfa tugunlarida (limfagranulematoz va
leykozlarda), kamroq
hollarda esa shistozomoz, sarkoidozda kuzatiladi.
Jigar osti guruhda jigar venalari oklyuziyada, Badda-Kiari sindromi
kiradi.
Klinik ko’rinishi
Portal gipertenziya klinikasida-klinik triada kuzatiladi:
1. Kollateral venoz qon aylanishining yuzaga kelishi;
2. Astsit
3. Taloqning kattalashuvi.
Bu triada simptomlar darvoza venasida
bosim ortishi natijasida
anastomozlar rivojlanishi hisobiga bo’ladi. 1. gemoroidal vena chigallari
sohasida (pastki ichak tutqichi venasi va gemoroidal venalar orasi
anastamozi qon pastki kovak venaga tushishi qiyinlashadi) buni hisobiga
gemoroidal venalar kengayadi. 2. qizilo’ngach- meda venasi chigali
sohasi (chap meda venasidan qizilo’ngach chigali va yarimtoq venadan
yuqori kovak venaga. Buni hisobiga qizilo’ngach pasti venalari varikoz
kengayishi kuzatiladi. 3. qorin bo’shlig’i venalari bilan anastamoz
qiluvchi kindik atrofi
venalari va qorin devori, diafragma venasi, bular
qonni yuqori va pastki kovak venaga olib kelishi kerak. Buni buzilishi
hisobiga kindik atrofi venalari (Meduza boshi simptomi)
va boshqa
qorin devori venalari kengayishi, tomir yulduzchalar kabi o’zgarishlar
yuzaga keladi. Astsitning yuzaga kelish sababini quyidagicha
tushuntirish mumkin; 1-qorin bo’shlig’idagi venalarda bosim ortishi
hisobiga qonni zardobi qorin bo’shlig’iga chiqadi. 2-qonning onkotik
bosimi pasayadi, chunki jigarda albuminlar sintezi pasayadi. Buyrak usti
bezini aldosteronni ko’p ishlab chiqarilishi
va jigarni antidiuretik
garmonni inaktivatsiya jarayonini pasayishi hisobiga suv va natriy ko’p
miqdorda saqlanishini astsit rivojlanishiga roli katta. Bemorlarni
ko’zdan kechirganda bemorlar ozg’in, teri va teri osti yog’ qatlami sust
340
rivojlanganligi, qorinning kattalashganligini, qorin devori venalari
kengayganligini,
tomir yulduzchalarni, meduza boshi simptomini,
kindikni bo’rtib chiqqanligini, burundan, milklardan qon ketish izlari va
boshqa o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. Bemorlar yotganlarida
qorinlari ikala yonga kengayadi. Palpatsiyada qorinda chayqalish
(fluktuatsiya) simptomi musbat bo’ladi, taloq kattalashganligini aniqlash
mumkin. Perkussiyada jigar va taloq o’lchamlari
haqida malumot olish
mumkin.
Davolash.
Xirurgik davo choralari ko’riladi va qonni ivish
xususiyatlarini yaxshilash maqsadga muofiq. Simptomatik davo.
Do'stlaringiz bilan baham: