65
3.2.
Ijtimoiy soha korxonalarida axborot tizimlariga
asoslangan
marketing faoliyatini takomillashtirish yo‘llari
Biz yuqoridagi bo‘limlarda ijtimoiy soha
korxonalarida marketing
faoliyatining bugungi kundagi holatini va uning faoliyat yuritish ko‘rinishlarini,
qolaversa xizmat ko‘rsatish sohasida marketing faoliyatini tashkil eish va
boshqarishni takomillashtirish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdik.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki bugungi kunda marketing
faoliyatini tashkil etish va boshqarishning samarali va zamonaviy yo‘llaridan biri
axborot tizimlariga asoslangan marketing faoliyatini tashkil etishdir. Rivojlangan
davlatlarning qudratli tashkilotlari amaliyotidan ma’lumki,
ular bugungi kunda
o‘zlarining marketing faoliyatiga internet tarmog‘ini keng joriy etish bilan yuqori
samaradorlikka erishib kelishmoqda. Shu nauqtai nazardan tadqiqot ob’ekti
ijtimoiy sohaning marketing faoliyatini tashkil etishda bu kabi vositalardan
foydalanish o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga shubha yo‘q. Jahon
amaliyotidan ma’lumki 2016 yilning o‘zidayoq internet tarmog‘i reklama tarqatish
bo‘yicha gazeta va jurnallar, hamda televideniyadan keyin uchinchi o‘rinni
egallagandi. Mana shu vaqtga kelib internet orqali
reklama qilish segmentining
umumiy hajmi 61 milliard dollarni tashkil etib, 2010 yilgi ma’lumotlargi
qaraganda ikki marta oshgandi. Axborotlashgan jamiyat sari ildam qadam
bosilayotgan bugungi kunni hisobga oladigan bo‘lsak internet marketing
segmentining rivojlanish darajasi kun sayin tezlashib bormoqda.
Shu sababdan
marketing faoliyatini internet tarmog‘i orqali olib borish o‘z samaradorligini va
ahamiyatini yanada oshirishi mumkin.
Internet marketing-talab tarkibini va mijozlar talabi ko‘rinishlarini hisobga
olgan holda tashkilot saytining dizaynini yaratish, ma’lumotlarni qayta
ishlash va
saytga doimiy ravishda zamonaviy o‘zgarishlarni va yangiliklarni kiritib borishdir.
Internet marketingning asosiy maqsadi-zamonaviy biznesning asosiy
qurollaridan bo‘lmish marketing faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
66
Odatda marketingning ushbu turini vazifasi bo‘lib bir kunda yoki aniq
belgilangan bir vaqtda tashkilot saytiga tashrif buyuuruvchilar sonini oshirish
hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa mijozlarni taklif qilinayotgan
xizmatlarga kengroq jalb qilish hisoblanadi.
Internet orqali marketing faoliyatini amalga oshirishning
bir nechta turlari
majud. Ilgari elektron pochta internet tarmog‘i orqali marketing faoliyatini olib
borishning yagona vositasi edi. O’sha vaqtdan bugungi kungacha internet
marketing shunday davrni bosib o‘tdiki natijada internet tarmog‘i orqali marketing
faoliyatini tadbiq qilish san’at darajasiga chiqib ulgurdi. Natijada bugungi kunda
internet orqali muvaffaqiyatli marketing faoliyatini
olib borish uchun quyidagi
turlar kelib chiqdi:
1. Elektron pochta. Ushbu tizim ilgaridan foydalanilayotgan bo‘lsada bugungi
kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Lekin hozirgi vaqtda chalg‘ituvchi
reklamalar va boshqa cheklovlar tufayli ko‘pchilik foydalanuvchilar bu tizimdan
foydalanishdan bosh tortishmoqda.
2. Ko‘p tarmoqli jo‘natmalar. Buning ma’nosi bir turdagi reklama yoki
ma’lumotni bir yo‘la ko‘pchilik mijozlarga jo‘natish deganidir. Hozirda bu tizim
samaradorlik jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan tizimlardan biridir.
Agar bu tizim
foydali ma’lumotlar va manbalar bilan boyitilgan bo‘lsa tashkilot saytiga tashrif
buyuruvchilar sonini yanada oshirish imkoniyati oshadi.
3. Bloglar tashkil qilish. Bu yo‘l hozirgi vaqtda eng samarali va ommaviy yo‘l
hisoblanadi. Buning ma’nosi tashkilot o‘zi taklif qilayotgan xizmat yoki mahsulot
haqidagi ma’lumotni joriy qiladi va saytga tashrif buyuurvchilar ularni o‘zaro
muhokama qilishlari va boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rishlari mumkin.
Shu yo‘l bilan xizmat va mahsulot xususidagi ma’lumotlar oson va arzon yo‘l bilan
ko‘pchilik foydalanuvchilarga yetkazib beriladi. Xizmatlar xususidagi ma’lumotlar
tarqalish yo‘nalishini quyidagi rasm orqali ifodalashimiz mumkin. Ushbu
ma’lumotlar tarkibida tashkilot xizmatning xususiyati,
uning qulaylik va
67
avzalliklari, va mazkur xizmatdan foydalanishda nimaga aynan mazkur xizmat
ko‘rsatuvchini tanlash lozimligi haqidagi jozibador ma’lumotlar kirititilishi lozim.
Mazkur yo‘nalishda bugun ko‘plab tashkilotlar o‘z faoliyatlarini olib
borishmoqda. Masalan ijtimoiy tarmoqlar misolida olib qaraydigan bo‘lsak,
mazkur tarmoqlarda ko‘plab tashkilotlar o‘zlarining sahifalariga ega hamda ular
doimiy
ravishda turli reklamalar, o‘yinlar, savol-javob tarzidagi suhbatlar
uyushtirib turishadi. Bu usulning yana bir qulayligi u hudud nuqtai nazaridan
mutlaqo cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: