3
M U N D A R I J A
KIRISH
...................................................................................
4
I-BOB TASHQI
IQTISODIY
FAOLIYATDA
XALQARO
MARKETING
STRATEGIYASIDAN
FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
8
1.1.
Tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing va uni o‘rganish
bosqichlari.
8
1.2.
Xalqaro xizmatlar marketingi modellari va ularda qo‘llaniladigan
marketing strategiyalari.
20
1.3.
Ijtimoiy soha korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion marketingdan samarali foydalanish yollari
31
1-bob bo‘yicha xulosa
37
II-BOB TASHQI
IQTISODIY
FAOLIYATDA
XALQARO
MARKETING
STRATEGIYASINI
KO’LLASHNING
HOZIRGI HOLATI.
38
2.1.
Ijtimoiy soha tashqi iqtisodiy faoliyatida
innovatsion marketing
strategiyasini ishlab chiqishda xorij tajribasidan samarali
foydalanish
38
2.2.
O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda marketing
faoliyatining tahlili
48
2-bob bo‘yicha xulosa
56
III-
BOB
IJTIMOIY SOHA KORXONALARI TASHQI IQTISODIY
FAOLIYATIDA
XALQARO
MARKETING
STRATEGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
58
3.1.
Ijtimoiy soha korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini
boshqarishni takomillashtirishda marketing tadqiqotlarining roli
58
3.2.
Ijtimoiy soha korxonalarida axborot tizimlariga asoslangan
marketing faoliyatini takomillashtirish yo‘llari
65
3-bob bo‘yicha xulosa
72
Xulosa va takliflar
74
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
77
Ilovalar
4
Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Zamonaviy marketing iste’molchilarning
extiyojlarini aniqlash, shakllantirishdan
boshlab tovarni yaratish, sinash, uning tarkibi, sifati, xajmini beigilash, bozorga kiritish,
sotish narx, raqobatchilar kabi keng ma’nodagi tovarlar bilan bog‘liq barcha , ayrim
shaxslardan tortib yirik transmilliy kompniyalar, xolding, konsern kabilar faoliyatini o‘z
ichiga oladi.
Mavzu ijtimoiy soha korxonalari tashqi iqtisodiy
faoliyatida xalqaro
marketing strategiyasidan foydalanish deb nomlanishi ham, aynan, tashqi iqtisodiy
faoliyatida marketing tizimlarini takomillashtirish bilan bolik.
XXI asrga kelib dunyoning deyarli barcha chekkalarida
xususiy mulk atamasi
kuloch yozib, rivojlana boshladi. O’z-o‘zidan xususiy mulk raqobatni, raqobat esa
marketingni keltirib chiqardi. To‘gri amalga oshirilgan marketing o‘z egasi foyda olib
keldi. Marketing strategiyasidan foydalanish esa harajatni kamaytirib, foydani oshirdi.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishda marketing strategiyasidan foydalanish vakt va harajarni
kamaytirib, sifat va foydani oshiradi.
Iqtisodsiyotimizni rivojlantirish
va kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishda marketing strategiyasidan foydalanish o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Shunga asoslanib, ijtimoiy soha korxonalari tashqi
iqtisodiy faoliyatida
xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish korxonalar muammolari yetarlicha
tadqiq etilmaganligi mazkur mavzuni tanlashni taqozo etdi va tadqiqot
dolzarbligini belgilab berdi.