10-Mavzu: YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni xuquqiy himoya qilish masalalari. (2 soat ) Reja: Yoshlar siyosatiga oid qabul qilingan huquqiy me’yoriy hujjatlar
YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy himoya qilish masalalari.
O‘RTMT: Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ish shakllari.
Ishdan maqsad: Yoshlar siyosatiga oid qabul qilingan huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishish.
Masalaning qo’yilishi: YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy himoya qilish masalalarini o’rganish
«Skarabey» texnologiyasi «Skarabey» interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
boshida-o’quv faoliyatini rag`batlantirish sifatida («aqliy hujum»);
mavzuni o’rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin. Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
«men»ligini ifodalashga imkon beradi;
o’z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg`otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:Assotsiatsiya - mantiqiy bog`liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g`oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir. Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.
BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasi dunyoda eng ko’p davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan BMT bitimi bo’lib, u butun jahondagi bolalarning hayotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida qaror qabul qildi.
Yig’ilish ishtirokchilari BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi tavsiyalarini tadbiq etish borasida O’zbekiston hukumati tomonidan ko’rsatilayotgan siyosiy irodani va izchillilkni alohida ta’kidlab o’tdilar. Shu bilan birga ular bola huquqlari monitoringi hamda bolalarning o’zi hamda ularning nomidan taqdim etilayotgan shikoyatlar bilan ishlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish zarurligiga urg’u berdilar.
Boshqa masalalar bilan bir qatorda, kengash a’zolari ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan besh yillik harakat rejasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qildilar.
“Hukumat ot
a-ona qaramog’isiz qolgan bolalar uchun oiladagidek muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha rejalar ishlab chiqayotganligi quvonarli holatdir. Oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish uchun ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning de-institutsializatsiyasi hamda ular uchun oila ko’rinishidagi muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha harakat rejasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun bolalarni katta muassasalarga joylash amaliyotini o’zgartirishga, uning o’rniga bolalarni o’z oilalaridan ajratishning oldini olishga qaratilgan mahalliy hamjamiyat tashabbuslariga e’tibor qartish lozim,” – dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.
Uyga vazifa: Yoshlar siyosatiga oid qabul qilingan huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishish
YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy himoya qilish masalalari mazmun mohiyati bilan tanishish
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.Quronov. Milliy tarbiya. Toshkent. Manaviyat. 2007
2. Hasanboyeva O., Djamilova N. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi. – T.: 2008.
Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. – T.: Fan va texnologiya, 2010 y.