Inflatsiya riski
1. Riskning funksiyalari tog‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) rag‘batlantiruvchi va himoyalovchi;
B) rag‘batlantiruvchi va alternativlik;
C) himoyalovchi va qarama-qarshilik;
D) qarama-qarshilik va rag‘batlantiruvchi.
2. Barchamizga ma’lumki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizdagi ko‘plab eksportga ixtisoslashgan korxonalar va xorijiy davlatlardagi aksariyat firma hamda kompaniyalar faoliyatida iqtisodiy riskning yuzaga kelishi kuzatildi. Bu yuzaga kelishiga ko‘ra qaysi risk turiga mansub
A) moliyaviy risk;
B) tashqi risk;
C) ichki risk;
D) valuta riski.
3. Riskning xususiyatlar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) himoyalash, noaniqlik, alternativlik;
B) noaniqlik, rag‘batlantiruvchilik, qarama-qarshilik;
C) noaniqlik, baholash, alternativlik;
D) qarama-qarshilik, alternativlik, noaniqlik.
4. Kredit riski, foiz riski, bozor riski qanday risk turiga mansub?
A) moliyaviy risk;
B) tadbirkorlik riski;
C) sof risk;
D) loyiha riski.
5. Risklar yuzaga kelish sohasiga ko‘ra tasniflanishi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.
A) moliyaviy va tijorat risklar;
B) sof va spekulativ risklar;
C) tashqi va ichki risklar;
D) subyektiv va obyektiv risklar.
6.Riskining klassik nazariyasi asoschilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.
A) A.Smit, D.Rikardo;
B) J.Sey, A.Smit;
C) J.Mill, I.Senior;
D) A.Marshal, A.Pigu.
7. Moliyaviy risklarning qismi sifatida tashkilotlarning iqtisodiy faoliyati ko‘lamida yuzaga keluvchi risklar …….. deb ataladi.
A) bozor risklari;
B) inflatsion risklar;
C) likvidlilik riski;
D) investitsion riski.
8. Bozor riskini aniqlash jarayonini o‘z ichiga oluvchi vazifalar ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
A) muammolarning qo‘yilishi, kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash, bozor bahosiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, bozor riski haqida belgilangan shaklda hisobot tuzish;
B) muammolarning qo‘yilishi, kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash, bozor riski haqida belgilangan shaklda hisobot tuzish;
C) muammolarning qo‘yilishi, kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash, bozor bahosiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;
D) muammolarning qo‘yilishi, kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash.
9. Bozor risklarni baholash nechta turga bo‘linadi?
A) 3 ta; B) 4 ta; C) 2 ta; D) 5 ta.
10. Bozor risklarni baholashning risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy chora- tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi turi ……. tahlili deb ataladi.
A) miqdoriy;
B) statistik;
C) sifat;
D) moliyaviy.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |