62
ishlab chiqishi lozim. Mazkur kompleks
dastur tovarning xususiyati, korxona
faoliyatining tavsifi, eksport tovarlari ishlab chiqarish miqyosi va boshqa omillarga
bog‘liq bo‘ladi.
TIFda bozorlarni marketing tadqiq etish quyidagi asosiy bosqichlardan
iborat bo‘ladi:
Mazkur bosqichda tovar (xizmat)ga bo‘lgan talabni, iste’molchilarning harid
qobiliyati
darajasini, haridorlar fe’l-atvorini hamda tovarga bo‘lgan talabning
o‘zgarish istiqbollarini (faqat tovarning o‘sish sur’ati emas, uning hayotiylik
siklidan ham kelib chiqqan holda) aniqlash kabi bir qator vazifalardan iborat.
Tovarga bo‘lgan talabni aniqlashda “bozor sig‘imi” ko‘rsatkichi muhim
ahamiyatga ega
15
. Bozorning to‘yinganlik darajasi
sanoat va tashqi savdo
statistikasi asosida baholanadi. Agar bozor to‘yinmagan bo‘lsa, salohiyatli
haridorlarni o‘rganish lozim bo‘ladi. Iste’molchilar talabini o‘rganish chog‘ida
shuni inobatga olish lozimki, haridor taklif etilayotgan tovarning unga mos yoki
mos emasligini o‘zi hal qiladi. Shu jihatdan olib qaraganda iste’molchilarning
tovar va xizmatlarga qo‘yiladigan talablarini chuqur o‘rganib chiqish lozim. Tovar
va xizmatlarga qo‘yiladigan umumiy talablar sifatida:
yuqori sifatga egaligi,
foydalanish chog‘ida nuqsonlarning bo‘lmasligi, uning innovatsionliligi, sotuvdan
keyingi servis xizmatining majudligi, qo‘shimcha xizmatlarning soni va tavsifi
v.h.k.larni kiritish mumkin. Undan tashqari tovarlarning assortimenti,
tashqi
ko‘rinishi, markirovkasi va tovar belgilari kabi haridorlarning maxsus talablarini
ham inobatga olish lozim. Geografik va iqlim sharoitlar, amaldagi texnik
standartlar, iste’molchilarning didlar va odatlari ham tovarlarga qo‘yiladigan
talablarga ta’sirini o‘tkazadi.
Taklifni tahlil qilishda
mahalliy bozordagi tovarlarni, ularning eksport va
importini hamda zaxiradagi o‘zgarishlarini miqdoriy baholash muhim hisoblanadi.
15
Т.Жўраев, Д.Тожибоева – Иқтисодиёт назарияси 1-қисм, Тошкент-2014.
63
Taklif tarkibi, ya’ni assortimentning yangilanish darajasi, yangi tovarlarning
paydo bo‘lishi odatda doimiy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Shu sababdan ham aniq
bir tovar taklifini tahlil qilishda jahon tovar bozorining holati va rivojlanish
tendensiyalarini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Tovarlar taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
• qurilishga qo‘yilgan kapital hajmi, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish
va modernizatsiyalash;
• mahsluot ishlab chiqarish hajmi;
• tovarlarning iste’mol hajmi;
• tovarlarning zaxiralari (ishlab chiqaruvchi
va vositachilarning
omborxonalaridagi), ularni bozorga yetkazib berish imkoniyati;
• ilmiy tadqiqot ishlariga qilinadigan harajatlarning hajmi va tuzilishi;
• Mahsulotlarning yangilanish sur’ati.
Do'stlaringiz bilan baham: