O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
11.4. Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, 
taqchillikni boshqarish va tartibga solish tajribalari 
 
Davlat moliyasini sog‗lomlashtirish, uning daromadlari va 
xarajatlarining mutanosibligini ta‘minlash mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan byudjet-soliq tizimidagi islohotlarning 
hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat 
iqtisodchi olimlarning, balki dunyodagi qashshoq yoki 
rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda iqtisodiyoti 
taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining ham asosiy 
diqqat-e‘tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, 
ushbu muammo hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-


260 
iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda jiddiy tus 
olmoqda. Har bir alohida olingan mamlakatda davlat byudjetini 
boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish masalasi 
muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti taqchilligi davlat oldiga 
qo‗yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga o‗zining salbiy 
ta‘sirini ko‗rsatadi. Ta‘kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi har doim ham salbiy 
holatni bildirmaydi. 
J.M.Keynsning eng asosiy g‗oyasi shundan iboratki, u 
davlat xarajatlarini oshirish va ushbu mablag‗lar yetmagan 
taqdirda ―qarz yordamida moliyalashtirishni‖ taklif etdi. Uning 
g‗oyasining davomchilari ushbu nazariyani ―taqchillik asosida 
moliyalashtirish‖ deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, 
davlatning joriy xarajatlarini qarz hisobiga moliyalashtirish 
―iste‘molga moyillikni‖ oshiradi va buning natijasida 
―investitsiyalarga moyillik‖ ham ortadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, J.M. Keynsgacha davlat 
byudjeti daromadlari va xarajatlarining mutanosib bo‗lishi 
hamda byudjet taqchilligining faqat salbiy holat sifatida qa- 
bul qilinishiga asoslangan yondashuv mavjud edi. J.Keyns 
ushbu dunyoqarashlarga chek qo‗ydi. Uning fikricha, ssuda 
kapitali bozorida Markaziy bank yordamida ―samarali talab‖ga 
erishish mumkin va shu asosda davlat byudjeti taqchil- 
ligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi vositalaridan 
biriga aylanadi. Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda, 
monetarist-larning fikricha, pul-kredit siyosati yalpi ichki 
mahsulot 
miqdorini 
o‗zgartirishning 
g‗oyatda 
qudratli 
Jon Meynard Keyns (ingl.: 
John Maynard Keynes, 1-st Baron 
Keynes
) (05.06.1883 – 21.04.19946) – ingliz iqtisodchisi, 
iqtisodiy nazariyada keynschilik yo‘nalishining asoschisi. 
J.M.Keyns g‘oyalari ta‘sirida paydo bo‘lgan iqtisodiy oqim 
keyinchalik 
―Keynschilik‖ 
nomini 
olgan. 
Keyns 
makroiqtisodiyotning mustaqil fan sifatidagi asoschilaridan biri 
hisoblanadi. 


261 
vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o‗ziga maqbul darajada 
saqlab turish uchun davlat o‗z xarajatlarini kelib tushayotgan 
daromadlariga muvofiq holga keltirish maqsadida ularni davlat 
foydasiga jilovlab turadigan siyosatni muntazam ravishda olib 
boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq siyosatini amalga 
oshirish hech qanday ijobiy samara bermaydi, deb 
hisoblashadi. 
Monetaristlarning 
fikricha, 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda eng asosiy e‘tiborni muomaladagi pul miqdorini 
o‗zgarishiga qaratish lozim, binobarin davlat byudjetidan 
makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik 
kerak.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, jahon amaliyotida davlat 
byudjeti taqchilligi mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf 
tug‗diradimi yoki buning aksi – taqchillik iqtisodiyotni 
rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham dunyoning 
yetakchi iqtisodchi olimlari o‗rtasida bahs-munozaralarga 
sabab bo‗lmoqda. Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo‗lgan rivojlangan 
mamlakatlar o‗zlarining rivojlanish bosqichlarida davlat tashqi 
qarzi va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda o‗ziga xos 
tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida 
Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlarga 
―yevrohudud‖da ishtirok etishlari uchun 1993-yil 2-maydan 
boshlab qat‘iy mezonlar o‗rnatilgan
1


davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 3,0 foizdan ortmasligi lozim, agarda belgilangan 
ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan 
iqtisodiy sanksiyalar qo‗llaniladi; 

davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 60,0 foizdan ortmasligi lozim (yoki ushbu 
ko‗rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).
Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini 
o‗rganish bilan birga iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarning davlat byudjeti taqchilligining yuzaga kelish 

1
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика 


В.К. Сенчагова. –М.: Проспект, 2007. 


262 
sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini 
qisqartirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni 
o‗rganish bizga ushbu sohada kelajakda yo‗l qo‗yilishi mumkin 
bo‗lgan xatolarning oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o‗rtasida 
byudjet taqchilligini moliyalashtirishning usullari to‗g‗risida 
turli qarashlar mavjud. I.A. Pogosovning fikricha, ―davlat 
byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan ikki usuli 
mavjud
1
:

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish