O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm.  2000-2018-yillarda O„zbekiston Respublikasida



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
11.1-rasm.
 2000-2018-yillarda O„zbekiston Respublikasida 
davlat byudjetining holati 
Ammo byudjet taqchilligini favqulodda mustasno hodisa, 
deb 
qarab 
bo‗lmaydi. 
O‗zining 
tarixiy 
va 
iqtisodiy 
rivojlanishining u yoki bu bosqichida byudjet taqchilligiga duch 
kelmagan davlat bo‗lmasa kerak. Masalan, AQSHda federal 
byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina 
taqchilliksiz ijro etilgan.
-1,0 -1,0 
-0,8 
-0,4 -0,4 
0,1 
0,5 
1,1 
1,5 
0,2 
0,3 
0,4 0,4 
0,3 
0,2 
0,1 
0,2 0,2 
0,02 
-1,5
-1,0
-0,5
0,0
0,5
1,0
1,5
2,0
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018


251 
Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida har yilgi taqchillik-
ning va tez o‗sib boruvchi davlat qarzining mavjud bo‗lishi 
kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining 
YAIMga nisbatan foiz hisobida o‗sgan davlatlar bu ko‗rsatkich 
pasaygan mamlakatlarga nisbatan ko‗pchilikni tashkil etgan. 
AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet taqchilligi 
bo‗lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik 
yuzaga kelgan. 
11.2. Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib 
chiqaruvchi omillar. Taqchillikni qoplash manbalari
 
 
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi-
ga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda 
byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‗p bo‗lishi va 
bunday byudjet profitsitli byudjet bo‗lishi mumkin. Aksincha, 
ba‘zi 
hollarda 
esa 
byudjetning 
xarajatlari 
uning 
daromadlaridan ortib ketadi, shunga muvofiq ravishda byudjet 
defitsiti yuzaga keladi. 
Byudjet defitsitining hajmi: 

milliy valyutada absolyut summada; 

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan 
foizlarda; 

milliy daromad hajmiga nisbatan foizlarda; 

byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda 
aniqlanadi.
 
Boshqa hollar teng bo‗lgan sharoitda byudjet defitsiti 
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan 
iborat bo‗lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital 
qo‗yilmalarini amalga oshirishning zarurligi; 

favqulodda hodisalarning mavjudligi; 

iqtisodiyotdagi inqirozli holatlar; 

moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali 
emasligi; 


252 

hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat 
ustidan yetarli darajada nazorat qila olmaslik; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajadagi 
samaradorligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi; 

byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi; 

yirik 
davlat 
investitsiyalarini 
amalga 
oshirish 
amaliyotining mavjudligi; 

harbiy xarajatlar ko‗lamining nisbatan kattaligi; 

ichki real imkoniyatlarni yetarli darajada inobatga 
olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berish; 

davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishni 
rag‗batlantirish imkonini bermaydigan va yetarli darajada 
samarali bo‗lmagan byudjet mexanizmining qo‗llanilishi va 
boshqa sabablar. 
Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondashuv quyi-
dagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi: 

byudjet defitsiti muammosini matematik yo‗l bilan hal 
qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki bu holda iqtisodiyotni 
―davolash‖ o‗rniga uning ―kasalligi‖ kuchayadi; 

byudjetning balansliligi yoki byudjet daromadlarining 
xarajatlardan ko‗p bo‗lishi hali sog‗lom va barqaror 
iqtisodiyotdan dalolat bermaydi; 

byudjet defitsitining miqdori odatda, mamlakat yalpi milliy 
mahsulotining 2-3 foizidan oshmasligi lozim, defitsitning bu 
darajasi iqtisodiyotga larzali tarzda salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi, 
lekin shu chegaradan oshsa, hukumatlar defitsitni qisqartirish 
(yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‗rish uchun tegishli 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishi zarur; 

byudjet defitsitini qoplash uchun eng avvalo, davlat 
kreditining turli shakllaridan foydalanish, shuningdek, davlat 
qimmatbaho qog‗ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish 
maqsadga muvofiq; 

byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga 
barham berish uchun avvalo, iqtisodiyotning o‗zini ―davolash‖ 


253 
kerak, aks holda, shu maqsaddagi har qanday tadbir, albatta, 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga 
barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‗lgan 
chora-tadbirlarning eng asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan 
iborat: 

byudjet 
xarajatlarining 
investitsion 
yo‗nalishini 
o‗zgartirish, ularni eng ko‗p samara beradigan loyihalarga 
yo‗naltirish; 

xo‗jalik yuritishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga 
oluvchi moliyaviy imtiyoz va sanksiyalardan keng foydalanish; 

davlat byudjetidan moliyalashtirish ko‗lamlarini va 
davlatga tegishli iqtisodiyot sohalarini qisqartirish; 

xorijiy 
davlatlarga 
yordam 
ko‗rsatish 
ko‗lamlarini 
kamaytirish; 

harbiy xarajatlarni qisqartirish; 

eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni 
saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi 
loyihalarni cheklash; 

Markaziy bank tomonidan hukumat organlariga to‗g‗ridan 
to‗g‗ri kredit berish amaliyotiga chek qo‗yish; 

xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va 
boshqalar. 
Byudjet defitsitini boshqarish tadbirlari ichida defitsitni 
qoplash manbalarini aniqlab olish muhim. O‗zbekiston 
Respublikasi Byudjet Kodeksida byudjet defitsitini qoplash 
manbalari ikki guruhga bo‗lingan: 

ichki manbalar; 

tashqi manbalar. 
Byudjet defitsitini qoplashning ichki manbalari sifatida 
quyidagilar belgilangan: 

davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishdan tushgan 
mablag‗lar; 

O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byud-
jetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i; 


254 

O‗zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‗maklashish 
davlat jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Respublika yo‗l jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i; 

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish jamg‗ar-
masi mablag‗lari; 

boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag‗lar. 
Byudjet defitsitini qoplashning tashqi manbalari qatoriga 
quyidagilar kiradi: 

davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishdan tushgan 
mablag‗lar; 

xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari; 

xorijiy davlatlar kreditlari; 

boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag‗lar. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish