4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini
shakllantirishdagi ahamiyati
Mamlakatimizda
kechayotgan
iqtisodiy
jarayonlar,
tadbirkorlar va ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi yengilliklar, kichik
biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar soliq
mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi
tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga
keltirdi.
2007-yilgacha amalda bo‗lgan Soliq kodeksi 135
moddadan iborat bo‗lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda
u bilan birga ko‗pgina yo‗riqnoma, nizom va tartiblar ham
qo‗llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‗zgartirishlar
kiritilishi va soliq normalarining boshqa me‘yoriy-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinishi muayyan noaniqlik,
tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin
qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq
to‗lovchilarning haqli e‘tirozlariga sabab bo‗lardi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi
majlisida soliq siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda
erkinlashtirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi Soliq kodeksi ma‘qullanib, Prezident tomonidan
imzolanganidan so‗ng 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga
kirdi. Kodeksda ko‗zda tutilgan me‘yor va qoidalar, avvalo, soliq
tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlaka-
timiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirishda
106
soliqlarning
rag‗batlantiruvchi
rolini
kuchay-tirishga
qaratilgan.
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublika-
sining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qonunining 2-
moddasiga binoan ikki yil davomida O‗zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini
muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan
hollarda esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar
kiritish belgilandi. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi
huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq
kodeksini takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar
kelib tushdi. Ular asosan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan
o‗tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik yurituvchi
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya
tashkilotlari va ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo‗lib,
2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq kodeksining 79 ta
moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan edi.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining
amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda monitoring
va tahlil qilib borish bo‗yicha belgilangan muddatning ikkinchi
yilida, ya‘ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan takliflar asosida
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar
kiritish to‗g‗risida‖gi hamda ―Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari
takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublika-
sining ayrim qonunlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish
haqida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari
Oliy Majlisning qonunchilik palatasiga kiritilgan. Quyi palata
tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar Senatning
yigirmanchi yalpi majlisida ma‘qullandi hamda Prezident
107
tomonidan imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq
etila boshlandi
65
.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi
66
soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish
hamda O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat
maqsadli jamg‗armalariga to‗lash bilan bog‗liq munosabatlarni,
shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq
munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392
moddadan iborat bo‗lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi
barcha me‘yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to‗g‗ridan
to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi
Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident
farmonlari va qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini
topgan.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imko-
niyatlarini kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi
ahamiyatga katta. Unga muvofiq soliqqa tortish masalalarida
bahsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi
foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi
kodeksda mavjud bo‗lmagan) soliq to‗lovchining haqligi
prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlaridagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha qarama-
qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‗lovchi foydasiga talqin
etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida belgilab
qo‗yildi.
Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi,
aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va, yuqorida
ta‘kidlanganidek, soliq to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi
prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining
qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu prinsiplarga zid bo‗lishi
mumkin emas.
65
―Xalq so‗zi‖ gazetasi 2010-yil 15-yanvar, №10 (4925)
66
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 1-son, 1-modda
108
Bundan tashqari Soliq kodeksining soliq ma‘murchiligi
masalalariga bag‗ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan
tubdan o‗zgartirildi va kengaytirildi. Mazkur qismda
fuqarolarga sodda va tushunarli bo‗lishi uchun soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlar tushunchalariga, shuningdek,
yuridik shaxs, jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi
tushunchalarga alohida ta‘riflar berildi. Endilikda barcha soliq
to‗lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‗layotganliklari
to‗g‗risida to‗liq va kengroq tasavvurga ega bo‗ladilar, bu esa,
o‗z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat
qiladi.
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari
ham
belgilanib,
ularning
mazmun-mohiyati
alohida
moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. Chunonchi, unda
soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq
tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o‗tkazish
uchun asos bo‗ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi
hamda soliq tekshiruvlarini o‗tkazish tartibi to‗g‗risida
tushunchalar ochib berildi.
―Soliq nazorati‖ bobida jumladan, kameral nazorat,
xronometraj masalalari yoritilgan. Ularni o‗tkazish tartibi,
muddatlari, davriyligi hamda ularni o‗tkazish uchun zarur
bo‗lgan hujjatlar ko‗rsatib o‗tilgan.
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha
me‘yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri amal
qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois, uning amalga kiritilishi
munosabati bilan o‗z ahamiyatini yo‗qotgan bir qator qonun
hujjatlari butunlay bekor qilindi. ―Muddatida to‗lanmagan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirib olish
to‗g‗risida‖gi,
―Davlat
boji
to‗g‗risida‖gi,
―Patta
to‗lovi
to‗g‗risida‖gi qonunlar shular jumlasidandir.
Lekin keyingi yillarda O‗zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2017-yil 18-iyuldagi ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan
takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning
yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni
109
talablarini amalga oshirish borasida ko‗rilayotgan chora-
tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar
daromadlarini oshirishning qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash,
soliq
ma‘muriyatchiligi
jarayoniga
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish,
xorij
mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma‘muriyatchiligi
sohasidagi sinalgan ilg‗or yutuqlarini implementatsiya qilish
ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf
etish maqsadida 2018-yil 13-fevralda O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish
bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoyishi qabul
qilindi. Farmoyishda Soliq ma‘muriyatchiligi va soliqqa
tortishning
zamonaviy
usullarini,
soliqlarning
to‗liq
yig‗iluvchanligi va byudjetga o‗z vaqtida tushishi ustidan
samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet
siyosatini yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi
darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar
belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel
kuniga qadar O‗zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini
takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish; ikkinchi
bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab
chiqishni ta‘minlash belgilandi. Shuningdek, O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishga
xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz
iqtisodiyotining jadal sur‘atlar bilan
o‗sishiga, uning
makroiqtisodiy
mutanosibligini
ta‘minlashga
qaratilgan
islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik
biznes va fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va
imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirishda huquqiy asos
bo‗lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq munosabatlarini
unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini
yanada kuchaytirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish
110
uchun ilg‗or zamonaviy soliq solish tizimiga mos keladigan va
byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror
ravishda ta‘minlaydigan hamda iqtisodiy o‗sishga ta‘sirchan
omil bo‗ladigan samarali soliq tizimi barpo etilishini
ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |