Soliq akademiyasi



Download 2,31 Mb.
bet1/25
Sana20.03.2017
Hajmi2,31 Mb.
#4929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25



O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASIDAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI

SOLIQ AKADEMIYASI


Ro’yxatga olindi

№_____________


2015 y. «__» ____




«Тasdiqlayman»

Buxgateriya hisobi va

audit kafedrasi mudiri

_________________

B. Isroilov

2015 y. «__» ______



BUХGALТERIYA HISOBI VA AUDIТ” KAFEDRASI



SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR HISOBI
FANIDAN
MA’RUZA MATNLAR TO’PLAMI

OLIY ТA’LIMNING

230000 – «Iqtisod» ta’lim sohasidagi

5230800 - «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi uchun


bakalavriat yo’nalishi uchun

Тoshkent - 2015

Ushbu ma’ruza matnlar to’plami “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo’lib, Soliq akademiyasining 2013 yil 20 avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan ishchi o’quv dasturi asosida tayyorlangan.

Buxgateriya hisobi va

audit kafedrasi mudiri B. Isroilov




Тuzuvchilar:

Qurbonov Z.N.

-

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori. i.f.d.




Sultonov Т.

-

Kafedra katta o’qituvchisi

Тaqrizchilar:

Abduvahidov F.


-

Тoshkent Davlat iqtisodiyot unversiteti Buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Mirzayev F

-

Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, i.f.n.


M u n d a r i j a





Kirish ...................................................................................................




1.

Soliq hisobi va soliq hisoboti fanining predmeti va metodi....................................................................................................




2.

Soliq hisobi tizimi va hisob siyosati .....................................................




3.

Bevosita soliqlarning hisobi va hisoboti...............................................




4.

Bilvosita soliqlarning hisobiva hisoboti ...............................................




5.

Mol-mulk va resurs soliqlar hisobi va hisoboti......................................




6.

Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to’lanadigan soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi va hisoboti.....................................................................




7.

Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratma va to’lovlar hisobi va hisoboti.....................................................................




8.

Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati ..........................................................























KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishning huquqiy asosida O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi va «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunlari, buxgalteriya hisobi milliy standartlari qabul qilindi. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo’lgan moliyaviy va boshqaruv hisoblari shakllantirildi, ularning nazariy va metodologik asoslari takomillashiga erishildi. Mamlakatimizda o’ziga xos soliq tizimi yaratildi va soliq siyosati yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun buxgalteriya hisobini muntazam ravishda xalqaro standartlarga moslashtirib borilishi talab qilinmoqda. Amaldagi soliq siyosati va buxgalteriya hisobi tizimlarini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida yanada takomillashtirish taqozo etilmoqda.

Islohotlarni amalga oshirishning bugungi bosqichida iqtisodiy qonunlarga amal qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish yo’llaridan biri sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish tadbirlarini misol qilib keltirish mumkin.

Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no -mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarining hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tuzish ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur. Bu ko’nikmalarga ega bo’lishda «Soliq hisobi va hisoboti» fanini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi bo’lgan «Soliq hisobi va hisoboti» fani shakllanib, rivojlanib boradi. Ya’ni «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fanlari kabi «Soliq hisobi va hisoboti» fani ham alohida fan sifatida o’zining predmeti va metodiga, maqsadi va vazifasiga egadir.

«Soliq hisobi va hisoboti» fanining maqsadi bo’lib, soliq hisobini tashkil etishning va yuritishning nazariy masalalarini o’rganish, amaliy bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lish va shu bilan birga korxonalarning soliqqa tortish tizimi to’g’risida bilimlarni tizimga solish va O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga moslashtirilgan soliq hisobotinituzishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarga soliq siyosati konsepsiyasini chuqur o’rgatish va amaliyotda qo’llashga kerak bo’ladigan bilimlarni shakllantirish – fan vazifalari hisoblanadi.

Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan quyidagi iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi: Makroiqtisodiyet, Mikroiqtisodiyet, Iqtisodiyot nazariyasi, Moliya bozori va qimmatli kog’ozlar, Moliya, Pul, kredit va banklar, Soliqlar va soliqqa tortish, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy hisob va boshqa maxsus fanlar.




1-MAVZU: SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOТI FANINING PREDMEТI VA MEТODI.
REJA;


  1. Soliq hisobining predmeti va ob’ektlari.

  2. Soliq hisobining tamoyillarivametodi.

  3. Soliq hisobining registrlari.

  4. Soliqhisbotini tuzish tartibi.

Тayanch iboralar:

(Buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob’ekti, hisob tamoillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri, hisob siyosati, soliq hisobi siyosati, hisob siyosatining tarkibi, daromad, harajat, asosiy vosita, nomoddiy aktivlar, amortizatsiya ajratmasi, ТMZ)


  1. Soliq hisobining predmeti va ob’ektlari.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, shu jumladan soliq hisobi predmetiga bozor modelini o’zida aks ettiruvchi ta’rifini berish nazariy ahamiyatga ega.

Soliq hisobining predmeti va ob’ektiga umumqabul qilingan buxgalteriya hisobining predmeti va ob’ektini evolyutsiyaviy rivojlanish tarixidan kelib chiqishi kerak.

Buxgalteriya hisobining predmeti faqat individual kapitalning aylanishi emas, balki barcha kapitalning aylanishi bo’lib hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobining predmeti bo’lib turli mulk shaklidagi iqtisodiy sub’ektlarning umumxo’jalik faoliyatini tashkil qiluvchi jarayonlar, operatsiyalar va ularning natijalari, shuningdek ushbu faoliyatni uzluksiz yuritilishini ta’minlovchi aktivlar va ularning shakllanish manbalarining holati va harakati hisoblanadi23.

Soliq hisobining predmetiga ta’rif berishda hisob va soliqqa tortish nazariyasi nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Soliq hisobi predmetining ta’rifida hisob va soliqqa tortish nazariyasining asosiy tamoyillari o’z aksini topishi zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq hisobining predmetiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

Soliq hisobining predmeti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning xo’jalik faoliyatini yuritish asosida soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kelib chiqadigan majburiyatlarni hisoblash, to’lash va tahlil qilish tushuniladi.

Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobining predmeti soliq hisobi predmetiga nisbatan keng tushuncha bo’lib, soliq hisobi buxgalteriya hisobi predmetining tarkibiga kiradi va uning mohiyatini yanada aniqlashtiradi.

Soliq hisobining sub’ekti bo’lib soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Soliq hisobining ob’ektlarini aniqlashda bevosita buxgalteriya hisobining ob’ektiga murojaat qilishimiz kerak. Chunki buxgalteriya hisobining ob’ektlari moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblari ob’ektining asosi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 4-moddasida «Buxgalteriya hisobi ob’ektlari. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»29 deb ko’rsatilgan bo’lib, ob’ektga ta’rif berilmagan.

Shuni qayd etishimiz kerakki, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunni qabul qilindi, bu davrda buxgalteriya hisobining nazariy va metodologik konsepsiyalarida tegishli o’zgarishlar ro’y berdi. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi bo’lgan «Soliq hisobi» paydo bo’ldi. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Хuddi shu jarayonda buxgalteriya hisobi ob’ektlarini yanada aniqlashtirish hamda moddalar mazmunini tahririy jihatdan qayta ko’rib chiqish zarur bo’ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, soliq hisobining ob’ekti bu «Korxonalarda ro’y bergan xo’jalik operatsiyalar, aktivlar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va foyda soliq hisobining ob’ektlaridir».


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish