O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

Ijro standartlariga 
ikkita asosiy narsa: “Nima qilindi?” va “Bu 
qay darajada sifatli ijro etildi?” mezonlarini kiritish maqsadga 
muvofiqdir. Ya’ni ijro standartlari topshiriqqanchalik yaxshi bajaril-
ganiga yo‘naltirilgandir. Har bir standart shunday ravshan ta’riflab 
berilishi kerakki, rahbar ham, xodim ham ijrodan nimani kutish 
kerakligini va umumiy maqsadga erishish mumkinligini aniq tasavvur 
etishlari darkor. Ijro standartlari va mehnat vazifalari bir-birlari bilan 
uzviy bog‘liqlikda bulishlari sababli ular o‘zaro rivojlanishi 
umume’tirof etiladi. Ijro standartlari ishga talablarni xodim uchun 
maqbul yoki nomaqbul darajaga o‘tkazadi. Ular “ish tahlili - ijroni 
baholash” tizimida hal qiluvchi rol’ o‘ynaydi (10.2-rasm). 
Amaliylik. 
Baholashni amalga oshirish tartibi rahbariyat uchun 
ham, personal uchun ham bir xilda aniq tushunarli bo‘lishi muhimdir. 
Personal faoliyatini baholash ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: 
1. Mehnat natijalarini hisobga olish (bevosita baholash). 


244 
2. Xodimning ushbu natijalarga ta’sir ko‘rsatuvchi amaliy va 
shaxsiy sifatlarini tahlil etish (bilvosita baholash). 
Bevosita baholash 
rahbar bilan xodimning kelgusida baholash 
standartlari vazifalarini o‘taydigan aniq maqsadlarni birgalikda aniqlab 
olishlarini taqozo etadi. 
Bilvosita baholash 
an’anaviy bo‘lib, xodimning tashabbuskorligi, 
jamoa bilan til topisha olishi, ishonchliligi, insonlarga munosabati, 
ya’ni uning shaxsiy sifatlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga 
naqadar muvofiq kelishini taqqoslashni nazarda tutadi. 
Mehnat natijalarini hisobga olish amalda butun personalga 
nisbatan qo‘llaniladi. Chunki, bu natijalar mehnatga haqto‘lashning 
asosidir. Korxona ishchilari va xizmatchilariga ular muayyan 
muddatda erishishi kerak bo‘lgan me’yorlar belgilab qo‘yiladi. Bu 
me’yorlardan biri ish me’yorini bajarish darajasidir. Bunda faqat 
boshqaruv vazifalari ustuvorligi hisobga olinishi kerak (10.3-rasm). 
Personal ish natijalarini baholash tartibi anchagina murakkab va 
ko‘p jihatlari bo‘yicha ishni sifatli baholashni o‘tkazishga o‘xshab 
ketadi. Bunda farq shundaki, ish natijalarini baholashda ijro hamda 
personalning amaliy sifatlari, ishni sifatli baholashda esa ishning o‘zi 
baholash mezoni vazifasini o‘taydi. Mehnat natijalarini baholash 
xodimning o‘z ishini nechog‘lik samarali bajarishi, korxona pirovard 
maqsadlariga solishtirilgan holda (bu tartibni korxonaning faqat shtatli 
xodimlariga qo‘llash mumkin) amalga oshiriladi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish