O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

5.Ijtimoiy to‘lovlar. 
Ular ta’til, shu jumladan ijtimoiy ta’tillar, 
malaka oshirish, hayotni sug‘urta qilish va shu kabilar uchun 
to‘lovlardan iboratdir.
 
6. Korxona 
aksiyalari 
bo‘yicha 
dividendlar 
(foydaga 
sheriklik). 
Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag‘batlantirishning juda 
muhim usuli bo‘libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning 
o‘zgarishiga (agar korxona aksiyalarining salmoqli ulushi xodimlar 
tomonidan sotib olinsa) olib kelishi mumkin.
 
Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining 
quyidagi 
shakllari mavjud: 

bepul aksiyalar; 

aksiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo‘lgan oddiy 
aksiyalar; 

korxona aktsionerlari umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini 
bermaydigan imtiyozli aksiyalar; 

xodimlarning qay shaklda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan 
Eng ko‘p ish haqi 
(maxsimum) 
Eng kam ish haqi 
(minimum) 
Baza stavkasi
Mas’uliyat darajasining oshishi 
9.10-rasm. Baza stavkasining hodim ma’sulyati bilan o‘zaro 
bog‘liqligi 


217 
jamiyatlarni tashkil qilish; 

aksiyalarga opsionlar; 

faoliyat yakunlari bo‘yicha ishtirok etish birligiga aksiyalar va 
hokazolar. 
Pensiya ta’minoti. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi tayinlanishi belgilab qo‘yilgan. 
Yoshga doir pensiya 
sug‘urta qilingan xodimlarga umumiy 
asoslarda: erkaklar – oltmish yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy mehnat 
staji yigirma besh yildan kam bo‘lmagan taqdirda, ayollar – ellik besh 
yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam 
bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. 
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya 
yoshi kam bo‘lganda, tegishli hollarda esa mehnat staji kam bo‘lganda 
ham tayinlanadi. 
Nogironlik pensiyasi 
sug‘urta qilingan xodimlarga – nogironlik 
mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli 
kelib chiqqan bo‘lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar, 
nogironlik boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa tegishli 
umumiy mehnat stajiga ega bo‘lganda tayinlanadi, bunday mehnat 
stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan 
vaqtdagi yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki 
kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz 
oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar 
tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, 
shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, 
bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot 
etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo‘lgan 
sug‘urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo‘qotgan hollarda esa 
ularning oila a’zolariga) ularning o‘zlari tanlagan pensiyaning bitta turi 
tayinlanadi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida Pensiya jamg‘armasi 
ham tashkil etilgan bo‘lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg‘armasiga 
majburiy to‘lovlar bilan birga xodimlar o‘z ish haqlaridan hamda 


218 
korxonalar mablag‘lari hisobidan tegishli badallar o‘tkazib turishlari 
mumkin. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish