Makroslar MBBT bilan lshlash Jarayonida ko'p marotaba takrorlanuvchi
amallarning bajarilishini aftomatlashtirish uchun qo'llaniladi.
Modullar VRA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar
yordamida
MBning
funksional
imkoniyatlari
kengaytirilishi,
MB
buyurtmachisining maxsus talablari qondirilishi. MBBTning ishlash tezligi hamda
himoyalanganlik darajasi yaxshilanishi mumkin.
Microsofl Access MBBTni Microsoft Officening boshqa ilovalaridan farqli
ravishda tugallanmagan" dastur deyish murnkin, Chunki. har bir buyurtmachi o'z
ehtiyoj va talablaridan kelib chiqqan holda MBBTni o'ziga moslashtirib olish
imkoniyatiga ega. Bundan tashqari. modullar vositasida Microsoft Accessniiig
mavjud imkoniyatlari yanada kengaytirilishi mumkin.
Endi Microsoft Accessda MBning asosiy obyektlarini ishlab chiqish
vositalari bilan tanishamiz. (Bu yerda obyekt MBga yoki MBBTga tegishliligi
ahamiyatsiz, to'qrirog'i, MB obyekti va MBBT obyekti iboralari teng kuchlidir,
xuddi ma'lumollar turlari iborasi maydon turlari iborasiga tenglashtirilgani kabi.)
Bu tizimda ishlashning ko'plab o'ziga xosliklari mavjud bo'lib. ularning aksariyati
MD obyektlari ishlanmasiga taalluqlidir. Microsoft Accessda har bir obektni
yaratish uchun maxsus vositalardan - Konstruktor rejmidan, "Obyekt ustalari"dan.
soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl. avtohisobot kabi
vositalardan foydalaniladi. o'rganish maqsadida baza jadvalini tuzish. so'rov, shakl
yoki hisobot yaratish, malumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu
vositalarning har birini qo'llab ko’rishni tavsiya etamiz.
Ustalar'dan foydalanish jadval hamda so rovlar tuzishni tezlasht irsada.
MBBTning tushuncha va usullarini o'zlash-tirish uchun ulardan ko'ra ko'proq
Konstuktor rejimi qo'l keladi.
Shakl, hisobot va malumotlarga kirish sahifalari "ni hosil qilishda esa,
94
aksincha. Konstruktor rejimiga nisbatan "Ustalar" samaraliroqdir. Chunki, bu
obyektlarni mazmun bilan to'ldirishdan ko'ra ularga ko'rk berish ko'proq mehnat
talab etadi. Shuning uchun, bezak ishlari avtomatlash-tirilgan"usta"zimmasiga
yuklatilgani ma'qul.
Microsoft Arcessning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash uning "Baza dannix"
nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap
panelida Microsoft Access ubyektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv
elementlari mujassamlashgan.
MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o'rnatish MB tuzilmasi
tshlanayotganda ko'zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog'lanish tuzush uchun zarur
bo'lgan barcha ishlar “Работа с базами данных” menyusi yordamida amalga
oshiriladi. Bu oyna “Схема данных” buyrug'i bilan ochiladi yoki vositalar
panelida joylashgan ko'rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Hosil
bo'lgan jadvallararo bog'lanish "Схема данных” oynasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |