O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

rning hosildor qatlami
qirqib olinadi va buldozerlar hamda avtogreyderlar 
yordamida maxsus ajratilgan joyga ko‘chirilib to‘planadi keyinchalik bu tuproqdan 
foydalanish uchun. Ayrim hollarda yerning hosildor qatlami ko‘kalamzorlashtirish 
uchun boshqa maydonlarga tashiladi. Hosildor qatlam bilan ishlashda uni 
quyiroqda joylashgan qatlam bilan aralashish, ifloslanish, yuvilish va shamolda 
qurishdan muhofaza qilish lozim. Qishki sharoitda tabiiy qatlamni loyihada tegishli 
asos mavjud bo‘lgandagina olib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Binolarni, inshootlarni va ularning poydevorlarini buzib tashlash yoki 
keraksiz binolarni buzish
ularni qismlarga ajratish (keyingi demontaj qilish 
uchun) yoki qulatish yo‘li bilan bajariladi. Yog‘och binolarda butun va yaxshi 
saqlangan elementlar keyinchalik foydalanish uchun tanlab olinadi.
Monolit temirbeton va metall binolar umuman binoning mustahkamligini 
ta’minlovchi ishlab chiqilgan buzib tashlash sxemasi bo‘yicha qismlarga ajratiladi. 
Blok qismlarga ajratish armaturani ochishdan boshlanadi, keyin blok bo‘shatiladi, 
ochilgan armatura kesiladi va blok sindiriladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan 
so‘ng qirqiladi. Ajratiladigan temirbeton blokning yoki metall konstruktsiya 
elementining eng katta massasi ajratishda ishtirok etuvchi montaj mexanizmining 
yuk ko‘tarish qobiliyatining, strelaning yo‘l qo‘yilgan eng katta qulochidagi 
ko‘taruvchanligini yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Yig‘ma temirbeton binolar montaj qilish sxemasiga teskari bo‘lgan buzish 
sxemasi bo‘yicha ajratiladi (buziladi). Dastlab buziladigan element barcha mavjud, 
birikmalardan, shu jumladan payvandlangan joylardan ajratilishi kerak. Agar 
alohida yig‘ma konstruktsiyalarni elementlari bo‘yicha ajratish mumkin bo‘lmasa 
yoki qiyin bo‘lsa, ular monolit konstruktsiyalar kabi bo‘laklarga ajratiladi. Bino 


72 
karkasi yig‘ma elementlarini bo‘laklarga ajratishda ajratiladigan har bir element 
oldindan bo‘shatilishi va barqaror holatni egallashi kerak. 
Binolar va inshootlarni, shu jumladan toshdan qurilganlarini buzish gidravlik 
bolg‘alar, zarba beruvchi to‘qmoqlar, ayrim hollarda turli xil osma 
konstruktsiyalari (shar yoki ponali to‘qmoqlar) bo‘lgan ekskavatorlar yordamida 
buziladi (3.13, 3.14-rasmlar). Binoning buzilgan bo‘laklari buldozer bilan chetga 
suriladi yoki transport vositalariga ortiladi. Binolar vertikal qismlarining buzilgan 
bo‘laklari maydon bo‘ylab sochilishidan saqlash uchun buziladigan konstruktsiya 
ichki tomoniga qarab buzilishi lozim. Ayrim hollarda buzishni portlatish usuli 
bilan 
amalga 
oshirishga 
ruxsat 
etiladi.
3.13-rasm. Shar bolg‘a bilan binolarni bo‘zish 


73 
3.14-rasm. Pona bolg‘a 
Bino va inshootlarni yiqitish va buzish uchun maxsus jihozlar ishlab 
chiqilgan. Energiyani asraydigan klapanli urib sindiradigan otboyniy bolg‘a ishlab 
chiqilgan bo‘lib, unda saqlangan energiya bolg‘aning keyingi zarbasiga qo‘shiladi 
va material buzilmagunga qadar keyingi zarbalarning kuchini oshirishda davom 
etadi. Metallomni qirqish, betonni buzish, binolarni buzib ajratganda chiqqan yirik 
elementlar va bo‘laklarni utilizatsiya qilish uchun ixtisoslashtirilgan uskuna ishlab 
chiqarilgan va qo‘llanilmoqda. Urib buzadigan bolg‘a va kuchli jag‘li qaychi 
kombinatsiyasidan iborat kompleks osma uskuna ishlab chiqarilmoqda, u betonni 
oson buzishga va armaturani qirqishga imkon beradi. Aniq vazifalarni bajarishga 
mo‘ljallangan – konstruktsiyani buzuvchi, regeneratsiya, armaturani qirqish va 
maydalash uchun jag‘li maydalagichlar qo‘llaniladi. 
Binolarni buzib tashlash va temir betonni maydalash uchun ekskavator 
negizida qamrov kengligi 620 mm va jag‘i 1 m dan ortiq bo‘lgan to‘liq 
buruluvchan beton maydalagichlar keng qo‘llanilmoqda. Bu uskuna armaturani 
betondan to‘liq ajratadi va buzish bosqichida diametri 50 mm gacha bo‘lgan 
armaturani kesib tashlaydi. Beton maydalagich bevosita bino buziladigan joyda 
beton bo‘laklarini zarur bo‘lgan darajagacha maydalash imkonini beradi. 
Mexanizmning konstruktiv yechimi yaqin turgan ob’ektlarga yoki konstruktsiya 
elementlariga zarar yetkazmasdan, tor sharoitlarda ishlarni amalga oshirish 


74 
imkonini beradi. Ishlash jarayonida mexanizm minimal darajada shovqin chiqaradi 
va vibratsion-titrovchi ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Maydondagi mavjud muhandislik tarmoqlarini 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish