O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

tayanch geodezik rejalash asosi
 
yaratilishi kerak bo‘lib, uning asosiy vazifasi – binoning bo‘ylama va ko‘ndalang 
o‘qlarini qurilish joyida bir-biriga bog‘lashdan iborat. Bu asos qurilishning barcha 
bosqichlarida va u tugaganidan keyin ham geodezik ta’minotga xizmat qiladi 
hamda zarur belgilarni elementar ravishda rejada ham, vertikal bo‘yicha ham 
topishga imkon beradi. Rejalash uchun dastlabki material sifatida qurilish bosh 
rejasi, inshootning ishchi chizmalari va rejalash chizmalari xizmat qiladi. Yer 
inshootlarining geodezik rejalanishi qurilish bosh rejasi masshtabida tuzilgan 
qurilish maydoni geodezik rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada Davlat 
triangulyatsion to‘riga, shuningdek mavjud binolar va inshootlarga bog‘lanish 
berilgan. Geodezik rejaga muvofiq inshootning joyidagi holati, uning gorizontal va 
balandlik holatlariga nisbatan bog‘lanishi aniqlanadi. 
Qurilish ob’ektlarining rejadagi holatini aniqlash uchun geodezik rejalash 
asosi aksariyat holda quyidagi ko‘rinishda yaratiladi:

qurilish to‘ri
– joyda asosiy bino va inshootlarning hamda ular 
gabaritlari (o‘lchamlari)ning joylashishini aniqlovchi bo‘ylama va 
ko‘ndalang o‘qlar (3.6-rasm). Qurilish to‘ri yirik korxonani bir qator 
mustaqil ob’ektlar bilan birga yoki turar-joy mikrorayonini barcha barpo 
etiladigan binolar (shu jumladan, maktab, bolalar bog‘chasi, magazinlar, 


63 
markaziy issiqlik punkti va h.k.lar) bilan birga qurishdagi katta qurilish 
maydonlarini rejalashda qo‘llanilishi mumkin. 

Qizil chiziqlar
(yoki qurilishni tartibga soluvchi boshqa 
chiziqlar) − joyda binoning holatini va gabaritlarini aniqlovchi bo‘ylama 
hamda ko‘ndalang o‘qlar; mazkur rejalash asosi shahar va qishloqlarda 
qaror topgan qurilib tugatilgan qurilishlar ichidagi ayrim binolarni qurish 
uchun qo‘llanilishi mumkin. 
3.6-rasm. Qurilish to‘ri: 
a – to‘r punktlarining joylashgan o‘rni; b – qurilish to‘rini joyga chiqarish; 1 – to‘r asosiy 
figuralarining uchi; 2 – to‘r qo‘shimcha figuralarining uchlari; 3 – binoning asosiy o‘qlari. 
Qurilish to‘ri kvadratlar va to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida bajarilib, u 
asosiy va qo‘shimcha to‘rlarga bo‘linadi. To‘r asosiy figuralari tomonlarining 
uzunligi 100...200 m, qo‘shimcha figuralarniki – 20...40 m. Geodezik suratga 
olishda (tasvirda) va joyda qurilish to‘rini rasmiylashtirishda quyidagi shartlar 
ta’minlanishi 
kerak:


64 

asosiy bino va inshootlar to‘rdagi figuralar ichida bo‘lishi kerak; 

to‘rning chiziqlari barpo etilayotgan binolarning asosiy 
o‘qlariga parallel ravishda va iloji boricha ularga yaqin o‘tishi kerak;

bevosita chiziqli o‘lchashlarga halaqit beruvchi to‘siqlar 
bartaraf etilishi kerak. 
Mahalliy joyda qurilish to‘rini rejalash dastlabki yo‘nalishini natura (tabiiy 
sharoit)ga chiqarishdan boshlanadi, buning uchun qurilish maydoni chegarasidagi 
(yoki uning yaqinidagi) mavjud bo‘lgan geodezik to‘rdan foydalaniladi. Bu Davlat 
geodezik to‘riga gorizontal tekislikda (qutb koordinatalari) va balandlik tekisligida 
(vertikal belgilarni qurilish maydoniga ko‘chirish uchun) bog‘lanish amalga 
oshiriladi. Keyin dastlabki yo‘nalishlarda butun maydonda qurilish to‘ri rejalanadi 
va uni kesishish joylarida nishonlar bilan (doimiy va vaqtincha) mahkamlanadi. 
Qurilish maydonining o‘lchamlariga bog‘liq holda unda quvur, rels, boshqa 
metall elementlarning bo‘laklarini (3.7-rasm) gruntga betonlab bajariladigan 
doimiy nishonlar bo‘lishi mumkin. Nishonning asosi (past qismi yoki tayanchi) 
gruntning muzlash chegarasidan kamida 1 m pastda joylashishi kerak. Davlat 
triangulyatsion to‘rining balandlik qiymati belgisi qo‘yilgan nishoni, qurilayotgan 
binolarni bog‘lash uchun har bir yirik qurilish maydoni uchun zarurdir. Qurilish 
to‘rida doimiy nishonlarlardan tashqari qurilish reperlari yoki to‘r o‘qlarining 
kesishgan joylarida vaqtincha nishonlar ham qo‘llaniladi. Bu nishonlarning 
vazifasi – joyga qurilish to‘rini ko‘chirish, bunda har bir reperning yuqori sathi 
tekislanadigan joyning mazkur nuqtasi uchun rejalashtirilgan sathda bo‘lishi 
kerak. 


65 
3.7-rasm. Doimiy geodezik belgilar: 
a – betonlangan quvurlar bo‘lagidan; b – betonlangan kallakli po‘lat shtirdan; v – relc
bo‘laklaridan; 1 – reja nuqtasi; 2 – xochsimon ankerli po‘lat quvur; 3 – beton kallak; 4 – po‘lat 
quvur; 5 – muzlash chegarasi. 
Qurilish to‘rini ko‘chirgandek qurilishning qizil chiziqlari ham qurilish 
mahalliy joyiga ko‘chiriladi. Bunda ko‘pchilik hollarda rejalashning doimiy 
nishonlari talab etilmaydi chunki mavjud bo‘lgan ya’ni avval qurilgan binolarga 
bog‘lanishlar yetarlidir (3.8-rasm). 
3.8-rasm. Binoning asosiy o‘qlarini qurilish mahalliy joyiga ko‘chirish usullari: 
a – 
qurilish to‘ri asosida; 

– qurilishning qizil chizig‘i asosida; 1 – bino; 2 – qurilish 
to‘ri; 3 – shartli koordinat to‘rining o‘qlari;4 – qizil chiziq 
 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish