51
2.4. Qurilish – montaj ishlarini amalga oshirish
usullari
Qurilish jarayonlari yoki qurilish-montaj ishlari majmualarini bir-biriga
bog‘lanishiga ko‘ra qurilish ishlari mavjud bo‘lgan uch usuldan biri bo‘yicha
amalga oshirilishi mumkin: ketma-ket, parallel va oqim.
Ketma
-
ket usul
har bir keyingi binoni barpo etish oldingisini qurilishi
tugagandan so‘ng barpo etishni nazarda tutadi. Qurilishning umumiy davomiyligi
bir binoni qurishga sarflangan vaqtni ushbu binolar soniga ko‘paytirilganiga teng
bo‘lib, ishlarni amalga oshirish uchun nisbatan kam sondagi ishchilar talab etiladi.
Parallel usul
barcha binolarni bir vaqtda qurilishini nazarda tutadi. Barcha
binolarni qurishning umumiy davomiyligi bitta binoni barpo etish davomiyligiga
teng, biroq bunda bir paytda ishlash uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj
m
marta (
m
– qurilayotgan binolar soni) ortadi.
Oqim usuli
yuqorida tavsiflangan usullarning afzalliklarini o‘zida
uyg‘unlashtirib
kamchiliklarini istisno qiladi. Oqim usulida qurilishning
davomiyligi ketma-ket usuldagiga qaraganda qisqaroq, biroq resurslarni iste’mol
qilish jadalligi ham parallel usuldagiga nisbatan kam bo‘ladi. Oqim usulining
o‘ziga xos xususiyati shundaki, binoni barpo qilish ishlari bir xil davomiylikka ega
bo‘lgan bir nechta tashkil etuvchi tsikllarga bo‘linadi, ular har bir binoda turli
vaqtlarda bajarilishi mumkin, bu esa bir turdagi jarayonlarni ketma-ket va har
turdagi jarayonlarni parallel bajarishga imkon beradi.
2.5. Qurilish texnologiyalarining axborot muhiti
Qurilish ishlab chiqarishi moddiy va axborot sohalarining integratsiyasi, ular
orasidagi to‘g‘ri va teskari (qayta, qaytar) aloqalarning tuzilmasi hamda aniqligi
real ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarishda zamonaviy hisoblash
texnikasidan foydalanishning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu tamoyil
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini (ALT) (SAPR), ishlab chiqarishni
boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini (IBAT) (ASUP), ishlab chiqarishni
52
texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimini (ITTAT) (ASTPP),
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (TJBAT)
(ASUTP), moddiy oqimlarni, sifatni nazorat qiluvchi tashkiliy-ma’muriy
faoliyatlarni boshqarishni yagona majmuaga birlashtiruvchi boshqaruvning
integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishda va ulardan
foydalanishda (BIAT) (IASU) o‘zining amaliy ifodasini topadi.
Har bir qurilish ob’ekti o‘zining hayotiy tsikliga ega bo‘lib, u umumiy qabul
qilingan tushunchada quyidagilarni qamrab oladi: loyihalashning bosqichlarini,
qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash, ob’ektni barpo etish, so‘ngra undan
foydalanish, bir yoki bir necha modernizatsiyalarni o‘tkazish yoki o‘z imkoniyatini
bitirib tugatgan ob’ektni yo‘q qilish (foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan ob’ektni
likvidatsiya qilish). Bunda bosqichlarning har biri miqdoriy va sifat parametrlari
hamda tavsiflariga ega bo‘lgan alohida davrlarga, fazalarga va boshqa bo‘lak
(bo‘lim)larga bo‘linishi mumkin.
Keyingi yillarda tizimli yondashuv printsipiga asoslangan mazkur
metodologiya umuman qurilish ob’ektini yaratish jarayonlari tarkibi to‘g‘risidagi
tasavvurlarni kengaytirish asosida yangicha rivojlanmoqda. Yuqorida kursatilgan
ob’ektning hayotiy tsikli jarayonlari tuzilishi (strukturasi) ga, quyidagi tashkil
etuvchilarni o‘z ichiga qamrab oluvchi axborot jarayonlari kiradi: bozorni
o‘rganish jarayonlari, tender va tanlovlarning borishida qarorlar qabul qilish
jarayonlari, axborotni to‘plash va qayta ishlash, kommunikatsiya jarayonlari,
sifatni boshqarish jarayonlari, muhandislik va ekologik havfsizlikni ta’minlash
jarayonlari. Ishlab chiqarishning axborot sohasiga taalluqli –
biznes-jarayonlar
deb
atalmish yangi nomli jarayonlar guruhi
paydo bo‘lib, bu jarayonlar ob’ektni
yaratish qurilish tizimini unga texnologik va tashqi muhitning iqtisodiy omillarning
ta’sirini hisobga olgan, moddiy va axborot elementlarining yig‘indisi sifatida
ifodalaydi.
Ob’ektning o‘z hayotiy tsikli jarayonida bosqichma-bosqich shakllanadigan
axborot muhitini tashkil etish hozirgi holatda ancha katta xarajatlarni talab etadi,
53
ayrim hollarda ularni ob’ektning o‘zini qurishga ketadigan moddiy resurslar bilan
taqqoslash mumkin.
Mazkur strategiyani amalga oshirishning vositalari bo‘lib
CALS
texnologiyalari
xizmat qiladi, ular ob’ektning o‘z hayotiy tsiklini va biznes-
jarayonini amalga oshirish davomida bajariladigan integrallashgan axborot
modelini ifoda etadi. Axborotdan integral foydalanish imkoniyati kompyuter
tarmoqlarining qo‘llanilishi va ularning korrektli talqin etilishini ta’minlovchi
ma’lumotlar formatlarini standartlashtirish bilan ta’minlanadi.
CALS abbreviaturasi
Continuous Acquisitionand Life Cycle Support–
buyum, mahsulot yoki butun bir ob’ektning hayotiy tsiklini uzluksiz axborot bilan
ta’minlash ma’nosini anglatadi.
Qurilishning zamonaviy kontseptsiyasida ob’ektni loyihalash va barpo etish
jarayonlari, odatda parallel ravishda bajariladi, bu loyihalovchi va quruvchi
tashkilotlar o‘rtasida, shu jumladan, ko‘pincha bir – biridan geografik jihatdan
uzoq joylashgan va mos kelmaydigan kompyuter hamda dasturiy vositalardan
foydalanuvchi bosh pudratchi, subpudratchi, yetkazib beruvchilar hamda
loyihaning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida ish natijalarini tez-tez almashib turish
zarurligini belgilab beradi.
Loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda ishtirokchilarning
birgalikdagi o‘zaro harakati shunday vaziyatda samarali bo‘lishi mumkinki,
qachonki bu harakat ob’ektning yagona axborot modeliga tayanadigan bo‘lsa.
Bunday tuzilish (struktura) hayotining umri yaratilayotgan qurilish ob’ekti hayotiy
tsiklining katta qismini tashkil etuvchi tadqiqot va loyihalash hamda qurilish
ishlarga berilgan buyurtmani bajarishga ketadigan vaqt bilan aniqlanadi.
CALS atamalarida bunday tuzilma
virtual qurilish ob’ekti,
virtual qurilish
yoki virtual qurilish korxonasi deb ataladi. Virtual korxona yuridik shaxs
hisoblanmaydi, lekin u tegishli standartlarga amal qilinganda axborotdan
birgalikda foydalanishni ta’minlovchi yagona axborot makoni sifatida tavsiflanadi.
Bir bor yaratilgan qurilish ob’ekti modelidan ko‘p marta foydalaniladi. Unga
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritiladi, u qurilish ob’ektini rekonstruktsiya
54
qilishda va zamonaviylashtirish (modernizatsiyalashtirish)da tayanch nuqtasi
bo‘lib xizmat qiladi. Standartga amal qilish saqlanayotgan axborotning oqilona
talqin qilinishini ta’minlaydi.
Konstruktorlik-texnologik ma’lumotlarni taqdim etishning standart usulidan
foydalanish virtual qurilish korxonasining turli xil bo‘linmalari o‘rtasida,
shuningdek loyihalashning turli xil tizimlari bilan jihozlangan kooperatsiyada
ishtirok etuvchi subpudratchilar o‘rtasida axborot almashinuvi muammosini hal
etishga imkon beradi. Ma’lumotlar formatini standartlashtirish bir pudratchining
funktsiyalarini (vazifalarini) boshqasiga tezkor uzatish imkonini ta’minlaydi, u esa
o‘z navbatida, bajarilgan ish natijalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunday imkoniyat uzoq muddatli hayotiy tsikliga ega bo‘lgan qurilish ob’ektlari
uchun vujudga kelayotgan bozor, siyosiy yoki moliyaviy vaziyatga bog‘liq
bo‘lmagan holda qurilishni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash izchilligini ta’minlash
zarur bo‘lganda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoni hal etish
turli shaharlarda yoki mamlakatlarda joylashgan loyiha va qurilish firmalari
bajaradigan xalqaro loyihalar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |