188
Bu texnologiyaning mohiyati quyidagilardan iboratdir. Ishlarning birinchi
bosqichida rejalashtirilgan trassada nazorat qilishning kompyuterli tizimi
yordamida burg‘ilash boshchasi yoki diametri 60...150 mm bo‘lgan qirqgich bilan
shtanganing uzatmali moslamasiga montaj qilingan pilotli quduq burg‘ilab
kavlanadi. Burg‘ilash boshchasi berilgan nuqtada
ochiq yuzaga chiqqanda u
yechiladi va uzatmali shtangaga diametri 200 dan 1420 mm gacha bo‘lgan
kengaytirgich biriktiriladi (quduqqa tortilayotgan kommunikatsiya diametriga
bog‘liq holda), unga vertlyuga (sirg‘a) yordamida quvuro‘tkazgich yoki kabel
birlashtiriladi. So‘ngra shtanga aylantirib tortib cho‘zilganda
pilotli quduq
kengaytiriladi va bir vaqtning o‘zida kengaytirilgan quduqqa kommunikatsiya
tortiladi.
Pilotli quduqni burg‘ilash jarayonida ichi bo‘sh uzatmali shtanga bo‘yicha
burg‘ilash boshchasiga yuqori bosim ostida (800 atm gacha) bentonit qorishmasi
uzatiladi. Shunga o‘xshash tarzda orqaga qaytishda kengaytirgichga xuddi shunday
qorishma uzatilinadi, u quduq devorlari ag‘darilishining
oldini oladi va quduqqa
yotqiziladigan kommunikatsiyalarning tortilishini yengillashtiradi.
5.38. – rasm. Yo‘naltirilgan burg‘ilash qurilmasi bilan suv havzasi ostidan quduqlar
o‘tkazish sxemasi:
a – qurilmaning umumiy ko‘rinishi;b – pilotli quduqni kavlash; v – teskari sug‘urish
(tortish); 1 –
yuvish quvuri; 2 – yuvish quvurining keskichi; 3 – navigatsion (to‘g‘ri
189
yurgazuvchi) jihoz; 4 – pilotli quduq keskichi; 5 – burg‘ilash quvuri; 6 – kengaytirgich; 7 –
sirg‘a; 8 – quvuro‘tkazgich
Transheyasiz qazib o‘tish uchun gorizontal yo‘naltirilgan burg‘ilash
qurilmalaridan eng yaxshisi – grunt raskatchik qo‘llaniladi. Gruntni to‘plab va
quduqdan uni chiqarib oluvchi burg‘ilovchi asbobdan farqliroq, grunt raskatchik,
tog‘
jinsiga burab kirgiziladi, uni radial yo‘nalishda zichlaydi va suradi. Quvur
devorlari shunchalik zichlanadiki, ularni bentonit qorishmasi bilan mahkamlashga
ehtiyoj qolmaydi, raskatchik o‘tgandan so‘ng kommunikatsiya
atrofidagi grunt
cho‘kmaydi, jumladan yotqizilgan quvurni eskpluatatsiya qilish davrida ham bu
grunt cho‘kmaydi, bu esa uning xizmat qilish muddatini ancha oshiradi.
Raskatchikning burg‘ilash asbobidan farq qiladigan muhim jihati raskatchikning
o‘zi buralib kiruvchi mexanizm bo‘lganligi tufayli,
bu uni grunt ichida surish
uchun sezilarli ravishda kam bosuvchi kuch talab qilishidadir.
Shuning uchun raskatchikka ancha kichik quvvatli nasos stantsiyasi talab
qilinadi. Bundan tashqari raskatchik uzatmasini montaj qilishda o‘qli bosuvchi
zo‘riqishni qabul qilish uchun burg‘ilovchi asboblarga
nisbatan kam quvvatli
ankerli moslama talab qilinadi. Diametri 80, 140, 200, 260 va 370 mm bo‘lgan
quduq qazuvchi raskatchiklarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.
Raskatchiklarni to‘ldiriladigan qoziq, anker, grunt ichidagi devorlarni qurish,
gruntni tekshirish va chuqur zichlash uchun qo‘llash mumkin. Raskatchik
yordamida quvuro‘tkazgichlarni ham ta’mirlash mumkin: raskatchik eski quvurga
burab kirgiziladi, uni buzadi va bir vaqtning o‘zida yangi quvurni ichkariga (eski
quvur o‘rniga) tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: