O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

qurilish 
yuklari
deb ataladi. Ko‘p xildagi qurilish yuklari ularning fizik va geometrik 
tavsiflariga ko‘ra 9 turga tasniflanadi: 
sochiluvchi
– qum, maydalangan tosh, shag‘al, gruntlar, qurilish axlati; 
kukunsimon
– tsement, ohak, gips, bo‘r; 
hamirsimon
– beton aralashmasi, qorishma, ohakli qorishma; 
mayda donali
– g‘isht, mayda bloklar, xarsangtosh, plitkali asfalt, bo‘yoqli 
bidonlar, yashchik va qoplarga solingan yuklar; 
donabay
– deraza va eshik bloklari, temirbeton panellar hamda plitalar; 
uzun o‘lchovli
– temirbeton va po‘lat Ustun (ustun)lar, fermalar, quvurlar, 
yog‘och materiallari;
yirik hajmli
– sanitar-texnik kabinalar, blokli xonalar, lift shaxtalari bloklari, 
yirik gabaritli konteynerlar; 
suyuq
– benzin, kerosin, moylash materiallari; 


81 
og‘ir vaznli
– qurilish maydoniga transport vositalarida yetkazib kelinadigan 
katta massali temirbeton elementlar, texnologik konstruktsiyalar, qurilish 
mashinalari. 
Qurilish yuklarini, ularning geometrik parametrlari va fizik tavsiflarining 
xilma-xilligidan kelib chiqqan holda, qurilishda turli xil yuklarni tashishning eng 
xilma-xil vositalari qo‘llanilmoqda, ularni ortish va tushirishning tegishli vositalari 
ishlab chiqilgan. 
4.2.Qurilish yuklarini tashish 
 
Yuklarni yetkazib (eltib) berish turli xil transportlar yordamida amalga 
oshiriladi. Qurilish materiallarini, yarimfabrikat mahsulotlarni va tayyor 
buyumlarni ular qazib olinadigan, tayyorlanadigan joydan yoki ortish joyidan turli 
transport vositalari yordamida qurilish ob’ektlarigacha ko‘chirish jarayonlari 
transport jarayonlari 
deyiladi. Qurilish yuklari vertikal va gorizontal transport 
bilan tashiladi. 
Vertikal transport
qurilish konstruktsiyalarini yetkazib beruvchi 
zavodlarda ortish ishlarini bajarish uchun, qurilish maydoniga keltirilgan 
materiallar va buyumlarni qabul qilib olishdagi qurilish ishlari uchun, yuklarni 
yerdan vertikal bo‘yicha ishlar amalga oshiriladigan joyga tashish uchun 
mo‘ljallangan. 
Gorizontal transport
bilan qurilish yuklari yuklatilgan joydan 
qurilish ob’ektlarigacha va butun bir qurilish majmuasi barpo etilayotganda ular 
bevosita ob’ektlarning o‘zida tashiladi. 
Qurilish maydoniga nisbatan gorizontal transport tashqi va ob’ekt 
transportiga bo‘linadi. 
Tashqi transport
bilan qurilish konstruktsiyalari
materiallari, texnologik konstruktsiyalar qurilish maydoniga yetkazib beruvchi 
zavodlardan, karerlardan, markaziy omborlardan yoki o‘zining ishlab chiqarish 
korxonalaridan qurilayotgan ob’ektlarga olib kelinadi. 
Ob’ekt transporti 
qurilish 
yuklarini qurilish maydoni doirasida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan. 
Qurilishda yuklarni tashish barcha turdagi zamonaviy transportlar yordamida 
amalga oshiriladi. 


82 
Tashiladigan qurilish yuklarining taxminan 80% avtomobil transporti 
yordamida tashiladi. Avtomobillar afzalligi – katta tezligi, yuqori harakatchanligi 
(manevrchanligi), burilish radiusi kichik bo‘lgan uchastkalar bo‘ylab harakatlanish 
qobiliyati, yo‘lning tik qiyaligini yengib o‘tishi mumkinligi, turli xil yuklarni 
bevosita qurilish ob’ektiga yetkazib berish mumkinligi bilan belgilanadi. 
Transportning bu turi turar-joy qurilishi sharoitida eng keng qo‘llanilmoqda. 
Traktor transportidan asosan og‘ir yuklarni noqulay (yomon) yo‘llar bo‘ylab 
va yo‘llar bo‘lmagan sharoitlarda ko‘chirish uchun foydalaniladi. Bu transport 
turining kamchiligi – shahar sharoitida foydalanish cheklanganligi hamda 
harakatlanish tezligining kichikligi oqibatida o‘zoq masofalarga yuk tashishda 
qo‘llanmasligi bilan izohlanadi. 
Temir yo‘l transporti qurilish yuklari umumiy miqdorining 13...18% 
tashishga xizmat ko‘rsatadi va uzoq masofalarga asosiy yuk tashuvchi tashqi 
transport turidir. Temir yo‘l transporti dastlabki katta xarajatlarni talab etadi, biroq 
qurilish-montaj ishlarining katta hajmlarida va asosiy yuklar relsli yo‘llar bo‘yicha 
olib kelinganda bu xarajatlar ekspluatatsiya jarayonida o‘zini tez oqlaydi. 
Suv transporti – eng arzon transport turi bo‘lib, u ayniqsa, yuklarni uzoq 
masofaga tashishda ancha katta samara beradi va qurilish maydonlariga umumiy 
yuklarning 5% gachasini yetkazib beradi . Asosiy kamchiliklaridan biri – bu undan 
mavsumiy foydalanishdir. 
Havo transporti bilan borish qiyin bo‘lgan joylarga yuklarni yetkazib 
berishda va ayrim konstruktsiyalarni hattoki inshootlarni montaj qilishda og‘ir yuk 
tashuvchi samolyotlar va vertolyotlar hamda maxsus dirijabllardan foydalaniladi. 
Maxsus transport – osma arqon yo‘llari, quvurli transport, pnevmatransport, 
gidrotransport, zvenoli (bo‘g‘inli) tasmali transportyor yordamidagi transport. Bu 
transport turlari, asosan, kuchli past-baland va suv to‘siqlari mavjud bo‘lgan 
yerlarda qo‘laniladi. 
Transportning maxsus turlariga 
texnologik vazifani bajaruvchi transport 
vositalarini 
kiritish mumkin, ularda tashish jarayonlari qurilish yukiga texnologik 
ishlov berish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Bunday transport vositalariga 


83 
avtobetonaralashtirgich (avtobeton qorigich)lar mansub bo‘lib, ularda beton 
aralashmasini tayyorlash va qurilish maydoniga tashish jarayonlari bir vaqtda 
bajariladi, avtobetonnasoslar – beton aralashmasini katta masofalarga uzatish va 
uni joylashtirish ishlarini qo‘shib bajaradi, avtobetontashigichlar – aralashmani 
ko‘chiradi va aralashtiradi. Texnologik vazifalarni bajaruvchi transport vositalari 
istiqbollidir va zamonaviy qurilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish