O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


-BOB.  PERSONALNI BOSHQARISH XIZMATI



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

12-BOB. 
PERSONALNI BOSHQARISH XIZMATI 
FAOLIYATINING NAZORATI 
12.1. Personalni boshqarish xizmati ishining auditi 
202 
12.2. Personalni boshqarish bo‘limi faoliyati samaradorligini baholashning 
asosiy mezonlari 
203 
Qisqacha xulosalar 
211 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
211 



GLOSSARIY 
212 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR PO’YXATI
221 
 
 
 
KIRISH 
 
Bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik, erkin raqobat va 
tadbirkorlik elementlari ustuvor darajada turadi va ular bozorda ishtirok etuvchi 
subyektlarni bozorning asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan talab va taklif qonuniga 
bo‘ysunishga majbur qiladi. Chunki bozor sharoitida faoliyat yuritayotgan korxona
va tashkilotlar ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot resurslari chegaralangan 
sharoitlarda optimal qaror qabul qilishi lozim. Shu munosabat bilan respublikada olib 
borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar bozor qonunlariga javob beruvchi, samarali 
faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarni tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash va 
rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda olib borilayotgan hozirgi iqtisodiy islohotlar korxona va 
tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, bu orqali ularda mehnat 
ko’rsatkichlarini yaxshilash hamda ulardagi iqtisodiy munosabatlarni bozor 
iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida turli mulkchilik shaklida 
faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, tahlil natijalari 
asosida bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash yo‘llarini belgilash iqtisodiy tadqiqotlar olib 
borishni talab qiluvchi muammolar hisoblanadi. Shuning uchun korxona va 
tashkilotlarda mehnat ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy tahlillarni o‘tkazish usullari, 
uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash muhim nazariy va amaliy muammodir. 
Iqtisodiy tahlil va prognozlash tashkilot va uning bo‘linmalari rivojlanishi 
yo‘nalishlari imkoniyatlarini oldindan aniqlashga yordam berib, bir qancha 
vazifalarni bajaradi, ya’ni: o‘tmish va kelajakdagi muhim iqtisodiy holatlarni 
o‘zgarish tendenstiyalarini aniqlash; aniqlangan qonuniyatlarni kelajakda qo‘llash 
imkoniyatlarini baholash; yaqin va uzoq kelajakda iqtisodiy rivojlanish 



imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish; kelajakda rivojlanishning eng yaxshi
strategiyalarini asoslash.
Tahlillar va prognozlar natijalari korxona va tashkilotlarning rivojlanish 
strategiyalarini belgilash uchun variantlarni tanlashda foydalaniladi. Har qanday 
korxona va tashkilotning samarali faoliyat ko‘rstishi xoh u davlat tashkiloti yoki 
muassasasi, xoh hususiy tijorat firmasi bo‘lsin, texnik iqtisodiy salohiyatni aniq 
baholash, korxona personalidan yanada samaraliroq foydalanish, mehnatni tashkil 
qilish, mehnat sharoitlari va jamoadagi ijtimoiy mehnat munosabatlarini 
yaxshilashning mavjud imkoniyatlarini aniqlash uchun mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil 
qilishi zarur.
Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida 
moliyaviy, iqtisodiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga albatta 
personal rolini ham oshirib borish zarur. Buning uchun tadbirkor rahbarlar personal 
tashkilotning asosiy qadriyati ekanligini uni boshqarish jarayonida tan olishi lozim.
Biroq shunga qaramasdan, ayrim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan personalni 
qanday sharitlarda ishlayotganligini o‘rganishga kam e’tibor berilishi kuzatiladi. 
Odatda korxona faoliyatining muvaffaqiyati indikatori bo‘lib iqtisodiy mezonlar, 
barqarorlik xizmat qiladi. Biroq o‘ziga xos ko‘rsatkichlar ham mavjud bo‘lib, bu 
ko‘rsatkichlarsiz korxona faoliyati muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Bular: tuzilmaviy 
bo‘linmalar va alohida ishchilar faoliyatining natijadorligi; personalning shu 
korxonadagi o‘z mehnatidan, sharoitlardan qoniqishi; kadrlar qo‘nimsizligi; mehnat 
intizomiga rioya qilish; munosabatlarning har bir darajasida ihtiloflarning mavjud 
bo‘lishi; jamoadagi ijtimoiy-psihologik muhitning xarakteri va h.z.lardir. 
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizastiyalash va diversifikastiyalash sharoitida 
boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan 
boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab 
qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu 
jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilish yangi usullarini 
ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. 



Tashkilot faoliyatini tashqi baholash usullaridan biri, xususan mehnat 
ko‘rsatkichlari tahlili – auditorlik faoliyatining yangi yo‘nalishi – mehnat sohasi 
auditini shakllantirishdir. Hozirgi paytda audit tashkilotning faqatgina moliyaviy 
sohasini o‘rganishda qo‘llaniladi. Mehnat faoliyatining alohida sohalari – mehant 
normalari, ish joylarini tashkil etish, mehnat muhofazasi, personalni boshqarish va 
h.z.lar bo‘yicha tekshirish mehnat sohasidagi vaziyatni minimal darajada nazorat 
qilish imkonini beradi.
Vatanimiz korxona va tashkilotlarida bunday tekshiruvlar rasmiy ravishda 
o‘tqaziladi (ba’zan esa umuman o‘tqazilmaydi), ayniqsa, xususiy firmalarda. Barcha 
nazoratlar alohida mustaqil amalga oshiriladi, o‘zaro bog‘liq emas, personal auditi 
amalga oshirilmaydi, shuning uchun ularni o‘tqazishning samarasi, tashkilot 
faoliyatiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar mavjud emas. Huquqiy baza ishlab 
chiqilmagan va shu sohadagi mutaxassislarning tayyorlanmasligi ham shu sohada 
auditni o‘tqazish mutodikasini ishlab chiqish imkonini bermagan. Shu sababli u yoki 
bu ko‘rsatkichni o‘rganish o‘rganilayotgan obyekt haqida bir yoqlama tasavvurni 
beradi. Boshqacha qilib aytganda ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan bog‘liq holda 
o‘rganish, ularning o‘zaro ta’sir doiralarini aniqlash, ya’ni kompleks tahlilni o‘tqazish 
zarur. 
Auditorlik tekshiruvlari natijasida mehnat jarayonlarini tashkil qilish, ijtimoiy-
mehnat munosabatlarini shakllantirish (misol uchun ichki tartib qoidalar, lavozim 
yo‘riqnomalari 
va b.) bo’yicha standartlarni o‘rnatish, o‘zgartirish va 
takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash mumkin.
Persoanl auditi tashkilot mehnat salohiyatidan to‘liq foydalanialyotganligi, 
istiqbolli xodimlarni lavozimda ko‘tarish mumkinligi, mehnat sharoitlari qonunchilik 
talablariga mosligi haqidagi tasavvurlarni beradi. Shunday qilib, personal auditi bu – 
iqtisodiy subyektlarning mehnat munosabatlari va mehnat sohasini idoraviy
tekshiruvlardan mustaqil ravishda tekshirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. 
Uning assosiy maqsadi – iqtisodiy subyektlarning mehnat munosabatlari va 
mehnat sohasidagi faoliyatini baholash bo‘lib, tashkilotda mehnat faoliyatini tashkil 
qilish bo‘yicha qo‘llanilayotgan shakl va usullarning Respublikada qo‘llanilayotgan 



qonunlar va me’yoriy hujjatlarga mosligini belgilash, olingan natijalar asosida 
mehnat faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqishdan iborat.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish