O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Tashkilot mehnat salohiyati nimani bildiradi? 
2.
Kadrlar siyosatida tashkilotlar qanday muammolarga to’qnashadi, ichki 
muammolargami yoki tashqisigami? Nima uchun? 
3.
Persoanlni boshqarishning mohiyati nimadan iborat? 
4.
Kadrlar ishi diagnostikasining xususiyatlari nimadan iborat? 


56 
5.
Personal auditi nima uchun o’tqaziladi? Personal auditining predmeti va 
obyekti bo’lib nima xizmat qiladi? 
6.
Personal auditi qanday tashkiliy darajalarda o’tqaziladi? 
7.
Personal auditi sohalari qanday? 
8.
Personal auditiga asosiy tadqiqiy yondashuvlarni aytib bering? 
9.
Personal auditi qanday vositalar yordamida o’tqaziladi? 
10.
Nima uchun auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert baholash zarurati paydo 
bo’ladi? 
11.
Personal auditi jarayoni ketma-ketligi qanday? 
12.
Auditorlik xulosasida nimalar yoritilishi kerak? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


57 
 
 
3-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA
BOSHQARUV AUDITI 
 
3.1. Boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari 
 
Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining metodologiyasi va ishlab 
chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga zarur tuzatishlarni kiritish 
hamda boshqaruv texnologiyalarining haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida 
ularni tadqiq etishdir. 
Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish jarayonining 
axborotga bo’lgan ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi diagnostik vosita hisoblanadi. 
Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi: 

boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; 

qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi (statika) va 
boshqaruv bo’yicha muayyan faoliyat samaradorligi shaklidagi (dinamika) 
samaradorlikni baholash; 

tadqiq etilayotgan funkstiyaning haqiqiy holatini normativ, standart
tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning hozirgi holatidan 
normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur bo’lgan harakatlar rejasini 
shakllantirish. Rejani shakllantirish tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish 
imkonini beruvchi tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. So’ngra 
optimallashtirishning turli yo’nalishlarini o’zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq 
muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan boshqaruvni 
takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; 

tashkilotni boshqarishni takomillashtirish rejasini amalga oshirish. Audit 
natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalarni amalga oshirish faoliyatni faqat shartli 
ravishda auditorlik faoliyati deb atash mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor 


58 
mustaqilligining va diagnostik tadqiqot sohasiga ixtisoslashuvining yo’qotilishini 
nazarda tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi. 
Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi: 

bozordagi vaziyatni nazorat qilish, strategik maqsadni qo’yish va taktik 
rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi; 

javobgarlik sohalarining yuqori rahbariyat o’rtasida va funkstional 
majburiyatlarning bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishi; 

xodimlar o’rtasida asosiy biznes-jarayonlarning bajarilishi doirasida 
axborot almashuvi; 

mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish ishlarini bajarish 
standartlarining mavjudligi va sifati. 
Boshqaruv auditi inson resurslarini boshqarish samaradorligining tahlili bilan 
to’ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar 
siyosatining boshqaruv tizimiga mosligi darajasi, shu jumladan personalni 
rag’batlantirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari va hokazolar 
baholanadi. Shu tariqa personal auditi (kadrlar auditi) yuzaga keldi va dastlab 
boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana boshladi. 
Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor 
sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash 
asosida o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish 
tizimini qayta tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta 
o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. 
Boshqaruv auditini o’tkazishda quyidagilar baholanadi: 

korxonaning joriy strategiyasi, shu jumladan bozordagi mavqei, 
oldinga qo’yilgan strategik maqsadlarning yaxlitligi va tizimliligi, ushbu 
maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan tushunilishi, strategik maqsadlarning 
amalga oshirilishi; 

biznes-jarayon, ya’ni korxonaning har bir mahsulotini (tovari yoki 
xizmatini) ishlab chiqarish va sotish jarayoni texnologiyasi. Texnologiyani baholash 
biznes-jarayon 
asosiy 
qismlarining 
bajarilishini: 
mahsulotning 
iste’mol 


59 
xususiyatlarini tahlil qilish, uni loyihalashtirish, butlovchi qismlarni xarid qilish, 
ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish, sotish va sotuvdan keyin xizmat ko’rrsatish, 
mahsulot tannarxini, uning sifatini va narxni shakllantirish metodikalarini tahlil 
qilishni o’z ichiga oladi; 

korxonani boshqarishning asosiy funkstiyalarini, shu jumladan bozorni 
tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning amalga oshirilishini nazorat 
qilish va hisobga olish, moliyani taqsimlash va pul mablag’larining harakatini 
hisobga olish, kadrlar siyosatini amalga oshirish funkstiyalarini bajarish 
texnologiyasi; 

kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni tashkil etuvchi 
tartib-taomillar bilan boshqaruvning asosiy funkstiyalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. 
Baholash jarayonida boshqaruv modeli, funkstional va sohaviy bo’linmalarga 
bo’linishning aniqligi, ma’muriy bo’ysunish va funkstional o’zaro hamkorlik 
tuzilmasi, axborot oqimlari sxemasi hamda ularning boshqaruv strategiyasi va 
modeliga mos kelishi tahlil qilinadi; 

biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar tartib-taomillari, boshqaruv 
tuzilmalari hamda ularning boshqaruv strategiyasi va modeliga mos kelishi asosida 
tashkilot menejmentining samaradorligini oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi 
o’zgarishlar bo’yicha tavsiyalar tuziladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish