O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

7-nuqta:
(Maqbara ichida) Maqbara g‗oyatda nafis bezatilgan. Devorning 
pastki qismida ko‗kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning 
choqlari ko‗kimtir toshlar terib bezatilgan. Maqbaraga rangdor oynalar solingan 
panjarali darchadan yorug‗lik tushgan. Shu oynalardan o‗tib tushgan quyosh nuridan 
maqbara ichi rang-barang ranglar tovlanib turgan. Maqbara gumbazining ichi 
bezatilishida «pap‘e mashe» - uslubidan foydalanilgan. Bu maxsus Samarqand 
qog`ozi bir – biriga yelimlanib, maxsus shaklga keltirilgan, oltin suvi yugurtirilgan va 
maxsus mixchalar bilan peshtoq ichki qismiga bezak sifatida qoqilgan.
Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan uzoq safaridan qaytib 
kelayotganda to‗satdan kasal bo‗lib vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga 
olib kelinib, kompleksning janub tomonidagi ayvon orqasidagi dahmaga dafn 
qilinadi. Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi. 
Shundan keyin daxma ustiga sakkizyoqli bino quriladi. Sharq tarixchisi Sharafiddin 
Ali Yazdiy bu bino ―osmon kabi baland gumbaz, devorlarining pastki qismi zarhal va 
lojuvard bilan bezatilgan marmar toshdan qilingan‖ deb ta‘riflaydi. Lekin bu ishlarni 
Amir Temur oxiriga yetkazmagan. U 1405-yilning 18-fevralida vafot etdi va 
Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn qilindi.
Maqbaraning o‗rtasiga o‗rnatilgan
sag‗analar ustida Temuriylarga bag‗ishlangan yozuvlar bor. Markaziy toshga 
e‘tiboringizni qaratmokchiman!
Amir Temurning qabri ustiga, qo‗yilgan to‗q yashil rangli nefrit tosh diqqatni 
o‗ziga jalb etadi. Ulug‗bek 1425- yilda mo‗g‗ullar ustidan g‗alaba qozonganda 
qo‗lga kiritilgan o‗ljalar ichida ikki bo‗lak nefrit ham bo‗lgan. Shu ikkala toshga 
yaxshilab ishlov berib, bir-biriga ulab, Mirzo Ulug`bek Amir Temur bobosining qabri 
ustiga quydirgan. Siz ko`rib turgan panjaralar ham o`sha davrda Mirzo Ulug`bek 
farmoniga binoan o`rnatilgan va bizgacha o`z holida saqlanmoqda. 1740 yilda Eron 
shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etgan vaqtida (o‗sha vaqtda Samarqand 
Buxoro xonligiga qarar edi) Amir Temur qabri ustidagi toshni Mashhadga olib 
borishga buyruq bergan. Yo‗lda nefrit tosh aravadan tushib ketib singan. Lekin, 


107 
shakkok bo‗lishdan cho‗chigan hamda Eronda vabo kasalligi tarqalgandan so‗ng 
ruhoniylarning maslahati bilan Nodirshoh bu niyatidan qaytgan va o‗sha zamon 
uchun uzoq va qiyin bo‗lgan safarlardan keyin toshni yana qaytadan joyiga keltirib 
quydirgan. Shuningdek bu yerda ko`plab temuriyzodalarning ko`milganligini aytib 
o`tdik.
Amir Temur vafotidan keyin taxt uchun o‗zaro urushlar boshlanib ketib, 
maqbarani qurib tamomlashga xalaqit beradi. Mamlakat 1409-yildagina tinchiydi. 
Amir Temurning o‗g‗li Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt qiladi. Mirzo Ulug‗bekni esa 
Samarqand hokimi qilib tayinlaydi. U mamlakatda madaniyat va qurilish ishlarini 
rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulug‗bek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli 
maqbarani Temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi. Maqbara 
bitgach, Amir Temurning ma‘naviy ustozi Mir Sayyid Barakaning jasadi ham shu 
maqbaraga ko‗chiriladi.
Amir Temurning o‗zi ustozining oyoq tomoniga dafn etiladi. Ba‘zi rivoyatlarga 
qaraganda, Amir Temurning o‗zi shunday vasiyat qilgan ekan. Binoning ichi 
yangidan bezatiladi, maqbara sahniga daxmalar qo‗yilib, atrofi nafis marmar toshdan 
panjara qilinadi. Maqbarada Amir Temurning o‗g‗illari — Mironshoh va Shohruhlar 
ham dafn qilingan.
1449-yilda siyosiy inqiroz natijasida Mirzo Ulug‗bek o`gli Abdulatifning 
tashabbusi va Abbos yollamachisi orqali vahshiyona o‗ldiriladi. Buyuk astronomning 
jasadi Amir Temur maqbarasida dafn qilinadi. Shuningdek, bu yerda ko`rib turgan 
ikkita kichik qabrchalar taxminlarga ko`ra Ulug`bekning bolalikda vafot etgan 
farzandlarining qabrlari hisoblanadi. Yuqorida turgan qabr esa Said Umarning qabri 
bo`lib, u inson rivoyatlarga ko`ra, barcha kulollarning piri bo`lgan. Uning ustiga 
urnatilgan belgi ham buning isbotidir. Hurmatli mehmonlar sizlarga 2 daqiqa bo`sh 
vaqt beraman. (2 daqiqadan so`ng) Endi esa, maqbaraning orqa tomoniga o`tsak! 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish