O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

1-nuqta:
(Amir Temur maqbarasi yon tomonidan) Hurmatli mehmonlar! Siz bilan 
hozir turgan joyimiz ko`hna Samarqandda buyuk sarkarda Amir Temurning sevikli 
nevarasi Muhammad Sulton tomonidan XIV asrning oxirida bino qilingan madrasa 
hamda maqbara harobalari va keyinchalik buyuk Amir Temur, keyinchalik ulug` olim 
Ulug`bek davrida tiklangan va yangilangan Temuriylar dahmasi oldida turibmiz. 
Ko`rib turganingizdek, kompleks ―qosh‖ uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama 
ketuvchi to`rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi 
saqlanib qolmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2 tasi saqlangan, ikki tomonlama 
qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va 
xonaqoh fundamentlari va asosiy maqbara kompleksidan tashkil topgan.
Endi esa keling bu kompleks bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat! 
2-nuqta:
(Amir Temur maqbarasi peshtog`iga kirishda, kompleksga kirgandan 
keyin soya joyda) (2.1 Peshtoqga kirishdan oldin, peshtoq oldida) Muhammad Sulton 
18
10.3-rasm.http//www.Turkistonpress.uz 


103 
ansamblidan faqat peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan 
ishlangan bo‗lib, turli-tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‗rinib turadi. 
Koshinlar orasiga binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi 
va «Dini jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‗yilgan. G‗ishtin 
ustunlar bezagida girih deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib 
ishlangan kompozitsiya asosiy o‗rinni egallaydi. (2.2 Peshtoqdan kirgandan keyin, 
soya joyda) 
E‘tiboringizni madrasa va xonaqoh qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba‘zi 
ma‘lumotlarga qaraganda, XVII asrda madrasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa 
vayronalargina saqlangan. XVIII asrning 20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz 
davrida huvillab qolgan Muhammad Sulton madrasasi harobaga aylana boshlaydi. 
Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasidan devor qoldiqlari va koshin 
parchalarigina saqlangan. Lekin bu qoldiqlar ham asrlar bo`yi pinhon bo‗lib kelgan 
inshoot sirini bilishga imkon berdi. (Muhammad Sulton madrasasi to‗g‗risida) 
Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining 
qoldiqlari ko‗rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan. 
Hujralar boshqa madrasalardagi singari bo‗yi uzun, eni tor bo‗lib eshik tepasidagi 
darchalardan yorug‗ tushib turardi. Madrasaning burchaklarida gumbazli darshonalar 
bo‗lgan. (Muhammad Sulton xonaqosi to‗g‗risida) 
Xonaqoh o‗rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida ikki qavatli, 
biridan ikkinchisiga o‗tiladigan xonalar bo‗lgan, bu xonalarning ba‘zilarida kishilar 
yashagan, ba‘zilari qaznoq bo‗lgan. (Ichki xovli to‗g‗risida)
Hovli atrofini o‗rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‗lingan. 
Hovlining tashqi burchaklarida to‗rtta minoralar bo‗lgan. Yuqoriga ko‗tarilgan sari 
ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‗bek madrasasi minoralari 
kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin 
plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil 
miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga ko‗tarilgan 
sari torayib boradi va tepasiga yetib tugaydi. Saqlangan 2 minoralarning birida 


104 
«banda tadbir etar, olloh taqdir etar» deb yozilgan. (Amir Temur maqbarasi 
to‗g‗risida) 
Ko‗p qabirg‗ali, bahaybat gumbazli silindr shaklidagi aylanalarini ko‗tarib 
turgan sakkizyoqli prizma bino me‘moriy kompozitsiyaning asosini tashkil etadi. 
Maqbara devorlariga zan¬gori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu 
koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitib, ustalik bilan ishlangan.
Me‘mor bir-biriga o`xshagan shakllardan foydalanib, binolarning katta 
sathlarini mohirlik bilan bezagan. Maqbaraning tashqi tomonini bunyod qilganda 
gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, 
balandligi 12,5 metr bo‗lsada, og‗irligi sezilmaydi. Buning sababi shundaki, 64 
qabirg‗adan iborat gumbazning vazni ajoyib ishlangan sharafa orqali mustahkam asos 
-aylanmaga tushadi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega.
Gumbazda havo rang ko‗proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri 
chiziqli qobirg‗alarida tovlanib turadi, quyoshda charaqlab, go`yo osmonga qadalib 
turadi. Gumbazning usti, sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham shunday 
qoshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. 
Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli bo‗lishi 
uchun ichki gumbaz ustiga o‗rnatilgan. Gumbazda: jez, lojuvard, tillo suvlari 
ishlatilgan. Rivoyatlarga ko`ra buyuk Amir Temur doimo o`zi kelib be`vosita sevikli 
nevarasi Muhammad Sulton sharafiga qurilayotgan maqbaraning qurilish ishlarini 
nazorat qiladi va gumbazning qurilishi bo`yicha o`z takliflarini beradi. (2.3 Peshtoqga 
kirgandan keyin, soya joyda, maqbaraga qarab) Go`ri Amir maqbara kompleksi aytib 
o`tkanimizdek, Amir Temurning sevikli nevarasi, taxt vorisi sifatida belgilangan 
Muhammad Sulton tomonidan XIV asrning oxirida o`z nomidan madrasa va xonaqoh 
qurdiradi.
Tanlangan joy O‗rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida qurilib, 
o`zaro katta bir majmuani tashkil etgan bo`ladi. Maqbara qurilishi esa 1404-yilda 
Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot etishi munosabati bilan 
boshlanadi, Amir Temurning vafotidan so`ng, Temuriylar xilxonasiga aylantiriladi 


105 
hamda Mirzo Ulug‗bek davrida tugallanadi. Endi esa mana bu toshlar oldiga yo`l 
olsak! 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish