O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


Muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

Muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik. 
Har qanday muzokara-
dan oldin ularga tayyorgarlik ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish 
holatini, nizo ishtirokchilarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash 
lozim. Kuchlar nisbatini bashorat qilish, muzokara olib boruvchi va u 
qaysi guruh manfaatini ko‘zlashi aniqlanadi. 
Bu bosqichda ma’lumot yig‘ishdan tashqari muzokarada ishtirok 
etishdan o‘z maqsadini ham belgilab olish lozim. Shu munosabat bilan 
quyidagi savollarga javob berish kerak: 

Muzokara o‘tkazishning asosiy maqsadi nimadan iborat? 

Muqobillikning imkoniyati nimalardan iborat? Muzokaralar qan-
day natija olish uchun o‘tkaziladi, bunday natijalar kerakmi va unga 
erishish imkoniyati bormi?. 

Agar muzokaradan natija chiqmasa, bu holat tomonlarga qanday 
ta’sir etishi mumkin?

Muxoliflarning bir-biriga bog‘liqligi nimada va u tashqi 
ko‘rinishda qanday namoyon bo‘ladi? 
Shuningdek, tadbir bilan bog‘liq bir qator masalalar ham ishlab 
chiqiladi, ya’ni muzokaralar qayerda o‘tkazildi? Muzokarada qanday 


83 
muhit yuzaga keladi? Kelajakda muxoliflar bilan qanday munosabat 
o‘rnatish kerak? 
Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, muzokaraning 50% muvaffaqiyati 
uning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. 
Muzokaraning ikkinchi bosqichi dastlabki pozitsiyalarni belgilab 
olish (ishtirokchilarning muzokara haqidagi rasmiy e’lonlari)dir. Bu bos-
qich ishtirokchilarning ikkita maqsadini amalga oshirishga yordam be-
radi: muxoliflarning manfaati ma’lumligini va ularni hisobga olishin-
gizni bildirish; harakat maydonini belgilab olish va unda harakat qilish 
uchun iloji boricha ko‘p joy egallash. 
Odatda, muzokaralar har ikki tomonning maqsadlari e’lon qilinishi-
dan boshlanadi. Faktlar va jiddiy dalillar yordamida tomonlar o‘zlari-
ning holatlarini mustahkamlashga urinishadi. 
Muzokaralar vositachi yordamida olib borilayotgan bo‘lsa, unda u 
tomonlarga o‘z fikrini to‘liq ayta olishi va tomonlar vakillarining gapla-
rini buzib ko‘rsatmasligi kerak. Bundan tashqari, yetakchi tomonlar aso-
siy omillarni belgilaydi va ularni boshqaradi: muhokama qilish uchun 
berilgan vaqt, murosaga kela olmaslik natijalari, yechim variantlarini 
taklif etadi. 
Muzokaraning uchinchi bosqichi o‘zaro ma’qul bo‘lgan qarorga 
kelish, ruhiy kurashdan iborat. 
Bu bosqichda tomonlar bir–birining imkoniyatlarini aniqlaydi, ta-
lablarining to‘g‘riligini belgilaydi, ularning yechimi nizo ishtirokchilari 
manfaatlarida qanday aks etadi kabi savollarga javob beradi. Muxoliflar 
faqat o‘zlari uchun foydali bo‘lgan dalillarni taqdim etadi va yana turli 
xil muqobil dalillari borligini ma’lum qilishadi. Bunda ta’sir qilishning 
har xil usullari qo‘llaniladi, turli yo‘llar bilan tashabbusni qo‘lga kiri-
tishga harakat qilinadi. Har bir ishtirokchining maqsadi g‘alabaga va us-
tuvorlikka erishishdir. 
Vositachining bu bosqichdagi vazifasi ishtirokchilar manfaatining 
turli xil ehtimoliy holatlarini harakatga keltirish, yechimning variantlari-
ni solishtirish, muzokaraning yechimlarini topishdir. Agar muzokaralar 
keskin tus olib, ma’lum shaxsni haqorat qilishgacha borib yetsa, yetak-
chi mazkur holatdan chiqib ketish yo‘llarini topishi kerak. 
To‘rtinchi bosqich - muzokaralarni tugatilish yoki boshi berk ko‘-
chadan chiqish. 
Bu bosqichda turli xil variantlar va takliflar mavjud. Har ikki tomon 
bir qancha chekinish qilsa, vaziyat ijobiy tomonga burilishi mumkin. Bu 
yerda tomonlar qanday chekinishlar ijobiy natija berishini va qanday 


84 
natijalar oldin erishilgan natijalarni barbod qilishi mumkinligi haqida 
aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Nizo yechimiga doir tavsiyalar quyi-
dagilardan iborat: 
nizolarning, ya’ni qarama-qarshi maqsadlar, usullar borligini tan 
olish, ularning ishtirokchilarini aniqlash. Amalda bu masalalarni yechish 
qiyin. Hech qachon ikki tomon vakillari nizolashuvchilarini ochiqchasi-
ga tan olmaydi. Tan olish holatlari juda kam uchraydi. Ba’zida nizo 
uzoq vaqtdan beri davom etib keladi, odamlar undan aziyat chekishadi, 
lekin uning borligi tan olinmaydi. Har bir ishtirokchi nizolashuvchisiga 
ta’sir etish usulini o‘zi tanlab oladi. Va yuzaga kelgan sharoitdan o‘zi 
chiqib ketish yo‘llarini axtaradi.
Nizolar borligi tan olingandan keyin, uni bartaraf etish imkoniyati 
yo‘qligini qayd etib, muzokara o‘tkazish haqida fikrlashib olish maqsad-
ga muvofiqdir. Bunda vositachi bilanmi yoki uning ishtirokisiz muzo-
kara olib borilishini, har ikki tomonga ma’qul bo‘lgan vositachi kimli-
gini, muzokara tartibini belgilab olish, muzokaralar qachon, qayerda va 
qanday tarzda boshlanishini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Ya’ni, muzo-
karalarning vaqti, joyini, muzokara olib borish tartibini, o‘zaro harakat 
boshlash vaqtini, nizoga taalluqli yana bir qator masalalarni belgilab 
olish kerak. Muhimi, nizo sababini aniqlashdir. Bu bosqichda o‘zaro 
yondashuvlar ishlab chiqiladi, tomonlar pozitsiyalari aniqlanadi, kelish-
movchilik holatlari belgilanadi va yaqinlashish nuqtalari qayd etiladi.
Yechim variantlarini ishlab chiqish uchun tomonlar hamkorlikda 
uning bir necha variantlarini taqdim etadi, ularning xarajatlari va oqibat-
lari ko‘rsatiladi.
Kelishilgan qarorni qabul qilish uchun bir qator variantlar ko‘rib 
chiqilganda va tomonlar o‘zaro kelishuvga rozi bo‘lganda bu qarorni 
umumiy holda yozma ravishda kommunikativ, rezolyutsiya, hamkorlik 
haqidagi bitim va b. tarzida taqdim qilish maqsadga muvofiqdir. Alohida 
holatlarda yozma ravishdagi hujjatlar har bir bosqichdan keyin tayyor-
lanadi. 
Qabul qilingan narsalarni amalga oshirish. Agar o‘zaro harakatlar 
jarayoni ishlab chiqilgan va kelishilgan qaror bilan yakunlansa va undan 
keyin hech qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda mazkur holat 
yanada kuchliroq nizolarga sabab bo‘lishi mumkin, chunki birinchi 
nizoni yuzaga keltirgan sabablar bartaraf qilinmagan, uni bartaraf etish 
haqidagi qarorlar bajarilmaganligi sababli majburiyatlar kuchayib ket-
gan. Bunday holatlarda muzokara olib borish ancha qiyin kechadi. 


85 
XULOSA 
Mamlakatimiz mustaqillik sharofati bilan o‘z kelajak yo‘lini o‘zi 
belgilab, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida huquqiy de-
mokratik jamiyat qurish yo‘lidan dadil olg‘a bormoqda. Mamlakati-
mizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bugun jahon bozorlarida ham 
o‘z xaridoriga, iste’molchisiga ega. Shunday ekan, har bir kasbda 
bo‘lgani kabi savdo-sotiq, biznes sohasi ham bu kasb egalaridan o‘zbe-
kona lutf, xushmuomalalik, halollik, bilim va malakani talab qiladi. 
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani esa nafaqat savdo-sotiq, biznes ahli-
ga, fan haqidagi ushbu kitobni o‘qigan har bir talabaga, u xoh moliya-
iqtisod sohasida bo‘lsin, odob-ahloq, so‘zlashuv, muomala, yurish-turish 
madaniyati, etikasi va ma’naviyatidan tortib, bu borada kasbdoshlar 
bilan muzokaralar olib borish, telefonda so‘zlashuv, bahs-munozara
nizolarni hal qilish kabi inson hayotida doimiy uchrab turadigan holatlar 
yuzasidan ham ta’lim beradi. 


86 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish