I chorak
Sinf: 11
Darsning mavzusi: Mustahkamlash
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’tilgan mavzular asosida yozma va og’zaki nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish. O’z nutqlarida ma’lum gaplarni mustaqil ravishda qo’llashga o’rganish – kommunikativ kompetensiya
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, hayotda o’z o’rnini toppish uchun harakat qilish kerakligini o’quvchilar onggiga singdirish, muomala madaniyatiga ega bo’lish – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Yozma va og’zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini va lug’at boyligini oshirish – o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi.
Darsning turi: Interfaol. Mustahkamlash.
Darsda foydalaniladigan metodlar: Test, “Bilamiz…bilib oldim”, Krossvord, “Gaplar adashdi”. “Muallifini top!”
Darsning jihozlanishi: Darslik, rasmlar, tarqatma materiallar. Test topshiriqlari, qo’shimcha adabiyotlar, kompyuter, proektr.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (guruhlarda o’qitish metodi)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Darsning qolgan tomonini “O’yla! Izla! Top!” intellektual o’yini bilan davom ettiramiz.
Sinfni oldindan 4 ta kichik guruhlarga bo’lib olgan bo’lamiz. Tahtaga 1, 2, 3, 4, 5 raqamlarini qistirib qo’yamiz.
1
2
3
4
5
Bu sonlarning har birining orqasida shart yashiringan bo’ladi.
Test sinovi
Gaplar adashdi
Kross-vord
Muallifini top
Bilamiz…bilib oldik
Birinchi guruh barchasi kelishgan holda bitta raqam tanlaydilar. Shartlar quyidagi tartibda bajariladi va baholanadi.
Test sinovi
Har bir guruhga qog’ozlarda testlar tarqatiladi. Jami 5 ta test bo’lib, tast savollari I chorakda o’tilgan mavzular yuzasidan tuziladi. Testni yechish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi. 5 daqiqadan keyin testlar yig’ib olinib, kompyuterda test javoblari proektor orqali ko’rsatiladi, o’qituvchi darhol testlarni tekshirib ballarni tahtaga qayd qilib qo’yadi. Bu orada o’quvchilar ham ekranda o’z testlari javoblarini, xatolarini ko’rib chiqadi.
Krossvord
O’tilgan mavzular asosida tuzilgan krossvord guruhlarga tarqatiladi. Jami 5-6 savoldan iborat bo’ladi. 5 daqiqa vaqt beriladi, har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi. 5 daqiqadan keyin krossvordlar yig’ib olinib, javoblar ekran orqali ko’rsatiladi va o’qituvchi tezda javoblarni tekshirib, ballarni tahtaga yozib qo’yadi. O’quvchilar o’z xatolarini tekshiradilar.
Muallifini top!
I chorakda o’rganilgan ijodkorlarning she’rlaridan, g’azal va ruboiylaridan, hikmatli so’zlaridan parchalar yozilib guruhlarga tarqatiladi. Guruhlar parcha tagidagi belgilanga joyga uning muallifini yozadilar. Jami 3-4 ta parcha keltiriladi. 3 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to’g’ri javob uchun 2 ball beriladi. 3 daqiqadan keyin qog’ozlar yig’ib olinadi va har galgidek o’quvchilar ekran orqali javoblarni ko’radilar. O’qituvchi esa ballarni tahtaga yozib qo’yadi.
“Bilamiz…bilib oldim”
Tahtada kartochkalar yopishtirilgan bo’lib, ular orqasiga kundalik hayotda, o’quvchilar uchun kerakli, ma’lum bo’lgan rus, ingliz tillaridagi savollar yozilgan bo’ladi. Har guruhdan navbat bilan bir o’quvchidan chiqib savolni oladi va guruhiga yuzlanib avval savolning qaysi tilde ekanligini aytadi va o’zi o’zbek tilida savolga javob beradi.
Masalan: Как тебя зовут?
O’quvchi: Savol rus tilida. Javob: Mening ismim Aziza.
Guruh ushbu javobga qarab rus tilidagi savolni topishi kerak bo’ladi. O’ylash uchun 20 soniya vaqt beriladi. Javob bo’lsa guruhdan bir o’quvchi “bilamiz” deya javob beradi. Agar tahtaga chiqqan o’quvchi savolga tushunmasa, o’qituvchi yordam beradi, o’quvchi esa “bilib oldim” deya guruhiga yuzlanadi. Har bir to’g’ri javob uchun 2 ball beriladi.
Gaplar adashdi
Bunda har bir guruhga,ular uchun notanish bo’lgan matn gaplari parcha qog’ozlarda aralashtirilgan holda tarqatiladi. Ular gaplarni ketma-ketlikda joylashtirib, matnni butun qilishi kerak bo’ladi. Matn 7-8 gapdan iborat bo’lishi kerak. 7-8 daqiqa vaqt beriladi, har bir to’g’ri qo’yilgan qator uchun 2 ball beriladi. Vaqt tugagach matnlar yig’ib olinadi, o’quvchilar butun matnni ekran orqali tomosha qilishadi. O’qituvchi matnlarni tekshirib ballarni tahtaga yozadi.
Dars yakuni: Umumiy ballar hisoblanib, g’olib bo’lgan guruh oq’uvchilari rag’batlantiriladi. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |