5. Tovar ishlab chiqaruvchilar soni. Ishlab chiqaruvchilar qancha ko’p bo’lsa, ular shunchalik ko’p tovarlarni taklif etadilar. CHunki ular ishlab chiqarishni kengaytirib ko’proq daromad olishga intiladilar. Ishlab chiqaruvchilar sonining oshishi, umumiy taklif chizig’ini o’ngga siljitadi.
6. Moliya vositalari. Soliqlar xarajatga kiradi.SHu boisdan soliq stavkalari ortsa, taklifga ta’sir ko’rsatadi.
Taklif elastikligi hamma tovarlarga xos emas, shunday noyob tovarlar ham borki, ya’ni qaytadan yaratib bo’lmaydigan tvarlarni narxi qanchalik oshmasin, baribir taklifi ko’paymaydi.Noyoblik xususiyatiga ega bo’lgan yer, yer osti boyliklari, adabiyot va san’at asarlarining narxi qanchalik oshmasin ularni taklifi ko’paymaydi, chunki ular betakrordir.
SHu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz (3.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |