O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet52/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

1.Ovqat hazm qilishning ahamiyati.


Ovqat hazm kilish sistemasi, hazm qilish organlaridan va hazm bezlaridan iborat. Ovqat hazm kilish murakkab fiziologik protsessdir, Hazm yullariga tushgan ovqat fizik va ximiyoviy о‗zgarishlariga uchrab, ozuka moddalar qon va limfaga suriladi.


Ovqatning fizikaviy о‗zgarishi uniig mexanik ishlanishi, maydalanishi, aralashishi va erishidan iborat. Ximiyaviy о‗zgarishlar esa oqsil, yog‗ uglevodlarni gidrolitik fermentlar ta‘sirida parchalanadi. Hazm apparatining asosiy funksiyasi sekretor, motor va sо‗rish.
Sekretor funksiyasi - ba‘zi hujayralar hazi shiralarini: sо‗lak me‘da shirasi, me‘da osti bezining shirasi, о‗t safroni ishlab beradi.
Motor funksiyasi - hazm apparatining muskullarini harakatlantirishidir.
Sekretor funksiyasi - me‘da, ingichka ichak yugon ichak shilliq pardasi ozuka moddalarini surib, qonga va limfaga utkazadi. Hazm kilish kanali 8-10 m bо‗lib og‗iz bо‗shlig‗i, kizilungach, me‘da, ingichka va yugon ichaklardan iborat.
Hazm a‘zolarining taraqqiyoti. Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‗lib, homilada u og‗iz bo‗shlig‗i, halqum, qizilo‗ngach, me‘da va ichaklarga bo‗linadi. Hazm tizimi homila hayotining 4-oyidan faoliyat ko‗rsata boshlaydi. Bu davrda homila ichagida bargrang mekoniy bo‗lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari, shilliq, o‗t, hamda homila yutgan amnion suyuqligi tarkibidagi moddalar bo‗ladi. Homila davrining so‗ngida hazm tizimi yangi tug‗ilgan bolaning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‗ladi.Birlamchi ichak nayining
boshlang‗ich qismidan rivojlanuvchi a‘zolar hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi.
Bosh miyaning oldingi qismi tez o‗sishi natijasida peshona bo‗rtig‗i, uning ostida esa botiqlik-og‗iz ko‗rfazi hosil bo‗ladi. Og‗iz ko‘rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo‗lgan birlamchi ichak nayini oldingi uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan qo‗shilib epitelial halqum pardasini (membrana pharyngea) hosil qiladi. Homila hayotining 3-haftasida bu parda so‗rilib, og‗iz ko‗rfazi birlamchi ichak bo‗shlig‗i bilan qo‗shiladi. Og‗iz ko‗rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari bilan chegaralangan. Bu ravoqning yuqori jag‗ o‗simtasidan: yuqori jag‗, tanglay, yuqori labning tashqi qismi, lunj, burun bo‗shlig‗ining yon devori hosil bo‗ladi. Juft pastki jag‗ o‗simtasining birikishidan esa pastki jag‗, pastki lab, og‗iz bo‗shlig‗ining tubi hosil bo‗ladi. Yuqori jag‗ o‗simtalari orasiga peshona bo‘rtig‗ining o‗rta burun o‗simtasi kiradi va undan qattiq tanglayning keskich qismi va yuqori labning o‗rta qismi hosil bo‗ladi. Agar shu o‗simta yuqori jag‗ o‗simtalari bilan birikmasa, yuqori lablar birikmay quyon lab (labium leporinum), yuqori jag‗ o‗imtasining tanglay plastinkasi birikmay qolsa, bo‗ri og‗iz (palatum fissum) hosil bo‗ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i bezlariga (glandulae oris) naychalari og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladigan katta va kichik so‘lak bezlari kiradi. Kichik so‘lak bezlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib kattaligi 1-5 mm bo‘ladi. Joylashgan joyiga qarab lab bezlari (glandulae labiales), lunj bezlari (glandulae buccales), tanglay bezlari (glandulae palatinae) va til bezlari (glandulae linguales) tafovut qilinadi.
Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab so‘lak bezlari seroz, shilliq va aralash bezlarga bo‘linadi. Seroz bezlar (til bezlari) oqsilga boy suyuqlik, shilliq bezlari (tanglay bezlati) shilliq, aralash bezlar (lab, lunj bezlati) aralash suyuqlik ishlab chiqaradi.
So‘lak bezlari birlamchi og‘iz bo‘shlig‘ini qoplagan ektoderma epiteliyidan rivojlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i yon devori epiteliyi o‘sib mayda lunj so‘lak bezlarini, yuqori devori epiteliyi tanglay, lab sohasi epiteliyi esa lab bezlarini hosil qiladi.
Katta so‘lak bezlariga quloq oldi, jag‘ osti va til osti so‘lak bezlari kirib, ular og‘iz bo‘shlig‘idan tashqarida joylashsada, naylari og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi.
Quloq oldi bezi (glandula parotoidea) seroz suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez bo‘lib, og‘irligi 20-30 g. U eng katta so‘lak bezi bo‘lib, noto‘g‘ri shaklga ega. Quloq oldi bezi quloq suprasini oldida va pastida, pastki jag‘ suyagi shoxining tashqi yuzasida joylashib, qisman chaynov mushagini yopib turadi. Uni tashqi tomondan fastsiya va teri qoplagan. Yuqorida bez yonoq ravog‘igacha borsa, pastda pastki jag‘ burchagigacha tushadi. Orqa tomondan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak va so‘rg‘ichsimon o‘simtagacha etib boradi. Quloq oldi bezida yuzaki qismi (pars superficialis) va chuqur qismi (pars profunda) tafovut qilinadi. Uning chuqur qismi pastki jag‘ shoxi orqasidagi chuqurlikda yotadi. Quloq oldi bezi yumshoq konsistentsiyaga ega, bo‘laklari yaxshi ko‘ringan. Bez tuzilishi jihatidan murakkab alveolyar bez bo‘lib, tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan. Uning tolalari bezni bo‘lakchalarga ajratadi. Bez bo‘lakchalari naychalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan quloq oldi bezining nayi (ductus parotideus, stenon
nayi) bezning oldingi chekkasidan chiqadi. U chaynov mushagining ustidan yonoq ravog‘idan 1-2 sm pastroqda yo‘nalib, lunj mushagini teshib o‘tadi va yuqori jag‘ning ikkinchi katta oziq tishi sohasiga ochiladi. Chaynov mushagining yuzasida quloq oldi bezi nayi yonida ko‘pincha qo‘shimcha quloq oldi bezi (glandula parotis accessoria) yotadi.
Ovqat hazm kilish kanallari 3 kavatdan iborat, ichki shilimshik kavat va shilliq osti, о‗rta muskul va tashki seroz kavatlardan iborat. Shilliq kavat epiteliya tо‗qimasi bilan koplangan bо‗lib, shilliq (chо‗ziluvchi sekret) modda ishlab beradi, Asosiy kavat burmalarini hosil kiladi va juda kup qon tomirlar, nerv bilan ta‘minlangan. Muskul kavat -hazm kanalining tuzilishi ya‘ni tomok va kizilungachni yuqori kundalang targil muskullardan, kolganlari tekis-tolali muskuldan tuzilgan. Ovqatlanishni ahamiyati birinchidan plastik ikkinchidan energiya manbai hisoblanadi. Ovqat moddalariga oqsil, yog‗, karbonsuvlar kiradi. Bulardan tashqari suv, tuz, vitaminlar kiradi. Ovqat moddalari (oqsil, karbonsuv va yog‗lar) mexanik va ximik ta‘sirotlar natijasida eziladi, maydalanadi va suvda eriydigan holga kelgandan sо‗ng qonga va limfaga suriladi va organizmga sarf etiladi. Hazm fermentlarni vazifasi ovqat moddalarining hazm qilish protsessida katalizatorlik vazifasini va ximik reaksiyalari tezlashtiradi. Fermentlar hazm shirasining asosiy tarkibiy qismlaridir. Fermentlarni ta‘sir etishi uchun muayyan optimal sharoit mavjud bо‗lishi kerak ya‘ni temperatura, muhit reaksiyasi ma‘lum darajada bо‗lishi kerak Hazm sharoitlaridagi fermentlarni uch gruppaga bо‗linadi:

  1. Proteaza fermenti oqsil mayda molekulalarni aminokislotalarga parchalaydi.

  2. Lipaza fermenti - yog‗larni glitserin va yog‗ kislotalarga parchalaydi.

  3. Amilaza fermenti -karbonsuvlari glyukozaga parchalaydi.

Fermentlar 38-40% temperaturili muhitda eng aktiv ta‘sir kursatadi. 70 ° dan oshganda u parchalanib ketadi, temperatura pasayganda ularni ta‘siri tuxgab koladi, ammo fermentlar parchalanib ketmaydi. Fermentlarni ba‘zilari Masalan: pepsin, fermenti kislotali muhitda ptialin fermenti ishqoriy muhitda ta‘sir kо‗rsatadi.
Og‗izda ovqat hazm bо‗lishi: Og‗izga tushgan ovqat fizik va ximik о‗zgarishlarga uchraydi. Fizik о‗zgarishlar ovatni tish bilan maydalash va ezishdan iborat. Ximik о‗zgarish sо‗lak fermentlariiing ta‘sirida о‗zgaradi. Bir sutkada katta kishilarda 1,5 l sо‗lak ajraladi. Sо‗lak tarkibida 98,5-99% suv qolgan 1-1,5 protsent organik va anorganik moddalardan tuzilgan.
Sо‗lak bezlari: Og‗iz 6о‗shlig‗ini shilimshiq qavatida mayda sо‗lak bezlari va 3-juft yirik sо‗lak bezlarini puli kelib ochiladi.Quloq oldi, 2-til osti, 3-jag osti sо‗lak bezlari Quloq oldi bezi, tashqi kuloqni oldida, atrofida joylashgan, Uning sо‗lak yо‗li yuz terisi ostidan о‗tib yuqorigi 11-jag tish sathi uchiga ochiladi. kuloq oldi bezi - oqsilli sо‗lak ajratadi. Bu bez qon tomir nervlari bilan ta‘minlangan bu bezi epiteliy tо‗qimasidan tuzilgan bо‗lib, sо‗lak ajratadi. Uning yо‗llari bir qavatli silindirsimon, yassi epiteliylardan tuzilgan.

  1. Jag‗ osti sо‗lak bezi: buyinni yuqori qismida jag osti chukurchalarida joylashgan. Uning sо‗lak chiqarish yuli til ostiga ochiladi.

  2. Til osti sо‗lak bezi: Jag bilan til ostida joylashgan bо‗ladi. Sо‗lak chikuvchi yо‗li 10-12 ta mayda teshik hosil qilib, til osti burmasiga ochiladi, Bu bezni sо‗lak yuli, jag osti,sо‗lak osti yuliga qо‗shilib ketadi. Sо‗lakda mutsin oqsil globulin,

aminokislota, kreatinin, siydik kislota, mochovina va anorganik tuzlar bо‗ladi. Sо‗lak reaksiyasi sо‗lak ishqoriydir, Sо‗lakda uglevodlarni parchalaydigan 2-xil
.ferment, bor ptialin,kraxmalga (polisaxaridga) ta‘sir etib, uni maltozaga (disaxaridga) parchalaydi. Maltaza: ferment disaxaridga ta‘sir etib uni glyukozaga parchalaydi. Sо‗lak fermentlari ishqoriy va optimal sharoitda ta‘sir etadi. Ovqat og‗izda turmaydi 15-18 sekund turadi, shuning uchun ferment ta‘sirida kraxmal batamom parchalanmaydi. Fakat bir qismi narchalanadi.
Sо‗lak bezlarini kо‗zgalish mexanizmi. Og‗izga olingan ovqat til nervi, til xalqumi nerv retseptorlariga ta‘sir etib, bu qо‗zgalish til va uchlik nervlar orqali markazga ya‘ni uzunchok miyada joylashgan sо‗lak ajratish markazga boradi. Sо‗lak ajratish sekretor nervlar orqali sо‗lak beziga yetib keladi va sо‗lak ajraladi. Sо‗lak bezining sekretor nervlari simpatik va parasimpatik tolalardir. Parasimpatik nerv elektr toki bilan ta‘sirlansa, kup sо‗lak ajraladi. Simpatik nerv ta‘sirlanganda kо‗proq va kam miqdorda sо‗lak ajraladi.
Odatda sо‗lakni yig‗ib olish uchun jag osti yoki quloq oldi bezining yо‗li ochiladigan joyga kapsula - Leshli -Krasnogorskiy kapsulasi qо‗yib sо‗lak yig‗ib olinadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish