O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet31/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

GEMODINAMIKA ASOSLARI


Qonning qon tomirlardagi harakatini o‘rganuvchi fan gemodinamika, deb ataladi. Bu fan gidrodinamikaning bir qismi.
Gidrodinamika qonuniyatiga ko‘ra , naylarda suyuqlikning oqishi ikki kuchga: suyuqlik xarakatini yuzaga keltiruvchi bosim, yani nayning boshi va oxiridagi bosim farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatiladigan qarshilikka bog‘liq.
Bu kuchlarning birinchisi — bosimlar farqi — suyuqlikni xarakatga keltirsa, ikkinchisi — gidravlik qarshilik — suyuqlik xarakatiga tusdinlik qiladi. Bosimlar farqining qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan oqayotgan suyuqlik hajmini, yani suyuqlik oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Qon tomirlarda qon oqishiga qarshilik tomirlarning uzunligi, diametri, qonning yopishqoqligiga bog‘liq .
Turli tomirlardagi qarshilikni ularning uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik qancha katta bo‘lsa , tomirda qonning xarakatiga shuncha ko‘p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko‘p pasayadi.
Tomirlardagi qon bosimini bevosita o‘lchash yirik va o‘rta arteriyalarda uning atigi 10 foiz, arteriolarda va kapillyarlarda esa 85_ foiz pasayishini ko‘rsatadi.
Qon oqishining ikki tezligi o‘rganiladi. Birinchisi — chiziqli tezlik. Chiziqli tezlik qonzarrachalarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi. Uning o‘lchash birligi
— mm/s yoki sm/s. Ikkinchi — hajm tezlik, u qon tomirdan vaqt birligida oqib o‘tgan qonning hajmini ko‘rsatadi va ml/s da o‘lchanadi.
Aorta yoki kovak venalar orqa li, o‘pka arteriyasi yoki o‘pka venalari orqali 1 daqiqada o‘tadigan qon hajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan qonning miqdori o‘nga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish doirasining butun arterial tizimi yoki barcha arteriolalar, yoxud barcha kapillyarlar yoki butun venoz tizimi orqali 1 daqiqada o‘tgan qon hajmi bir xil.
Tomirlar tizimining xar qanday umumiy ko‘ndalang kesimidan o‘tgan qonning hajmi doimiy bo‘lgani holda qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo‘lmasligi kerak. Chiziqli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga (eniga) bog‘liq . Qon tomirlar tizimining eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, xar bir tarmoq o‘zini ajratgan arteriyaga nisbatan torroq bo‘lishiga qaramaydi, tarmoqlar yig‘indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar turi hammadan keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yig‘indisi aorta diametridan taxminan 600—800 baravar katta. Shunga ko‘ra , aortada qon kapillyarlardagiga qaraganda juda tez
xarakatlanadi.
Qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun arteriyalardagi qon oqimi uzlukli tabiatda bo‘ladi. Arteriola, kapillyar va venalardagi qon oqimi uzluksiz, doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishida.
Odatda boshqa yupqaroq elastik membrana (membrana elastica externa) o‘rta va tashqi qavatlar orasida joylashadi. Arteriyalar joylashishiga qarab (asosan elastik va asosan muskul arteriyalari) aralash elastik tolalarni o‘z ichiga oluvchi yaxshi rivojlangan muskul qavat bilan farqlanadi. Bu qavat qon tomirlarining harakatlantiruvchi kuchidir (Rasm.5.17): qon tomirlari diametrining kengayish (vasodilatatsiya) va torayishi (vasokonstriktsiya) orqali qon oqimi va qon bosimi boshqariladi. Yurakka yaqin joylashgan arteriyalar elastik tolalarning katta qismini o‘z ichiga oladi va bu elastik qaytarishni chaqiradi. Sistola vaqtida haydalgan qon arteriya devorlarining kengayishi orqali yig‘iladi va keyin elastik qaytarish orqali diastola davomida haydaladi, shunday qilib uzluksiz qon oqishi ta‘minlanadi. Venalar arteriyaga qaraganda kengroq lumina va torroq devorlarga ega. Uchta qavat kamroq rivojlangan, ayniqsa muskul qavat. Ko‘pchilik venalarda yurakka yaqin joylashganlaridan tashqari vena klapanlari mavjud (Rasm.5.17). Bu endoteliy chiziqlari, qon tomir hujayrasi bo‘shlig‘i ichidagi xaltachalarga o‘xshab ko‘rinadi, qonni yurak tomon haydovchi va orqa tomonga oqib ketishdan saqlovchi bir tavaqali klapanga o‘xshaydi.
Kapillyarlar tuzilishi. Eng mayda qon tomirlari, ya‘ni kapillyarlarda qavatlar bittagacha kamaygan, faqat tunica intima (Rasm.5.16va 5.17); bu esa suyuqlik va gazlar almashinuvini osonlashtiradi. Moddalar almashinuvi asosan ikkala yo‘nalishda ham amalga oshiriladi: endoteliy orqali qondan va asosiy membranadan atrofini o‘rab olgan to‘qimalarga va aksincha.
Limfa tomirlari. Limfatik sistema vena sirkulyatsiyasiga parallel ravishda oqadi (Rasm.5.25 ga qarang). U kapillyarlar yonidan xuddi “ko‟r” limfatik kapillyarga o‘xshab boshlanadi, qon tomirlarining to‘qimalari o‘zlashtirmagan suyuqlikni reabsorbsiya qiladi (limfatik suyuqlik [limfa], moddalar almashinuvi davomida filtrlangan suyuqlikning 10 % - 249 betga qarang). Mayda va yirik limfatik tomirlar keyin limfa suyuqligini vena qoniga qaytaradi. Limfatik
tomirlarning devori endoteliy, ritmik ravishda qisqaruvchi silliq muskul to‘qimalarining yupqa qavatidan tashkil topgan.



        1. Download 0,74 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish