O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Download 10,35 Mb.
bet19/138
Sana25.01.2022
Hajmi10,35 Mb.
#410323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
Bog'liq
УУМ ТАРИХ 2021-22 лотинча

Qoraqalpog’iston Respublikasining o’ziga xos belgilari: 1) Konstitutsiyasiga ega. 2) Respublika parlamenti mavjud. 3) Respublikaning maqomi O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Konstitutsiyalari tomonidan belgilanadi.

Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.

Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o‘rni aniq bayon etib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘limda (50 modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan.

Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin tutmoqda.

Birinchi Prezident I.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus komissiya tuzildi. Prezidentimizning Asosiy Qonunni ”...bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganishni barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga topshiriq tariqasidagi...” ko‘rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik Konstitutsiyasini tashviqot va targ‘ibot qilishning dasturi bo‘ldi.


Download 10,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish